BlogShahar

MILAN, ITALIYA $299 DAN

Milan haqida o’ylasangiz, hayolingizga birinchi keladigan fikr fashion va shopping. Haqiqatda shahar mashhur fashion haftaliklari va dizayner butiklari bilan ko’proq tanilgan bo’lsa-da, Milan sizni o’zining go’zal arxitekturasi va madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylari bilan ham o’ziga rom etadi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Aeroport Transferi

Malpensa Aeroporti

Avtobus: €6 dan – onlayn bron

Poyezd: €13 dan. Biletni aeroportda joylashgan kioskalardan yoki bekat yonida joylashgan avtomatlardan sotib olasiz

Taksi: €90. Barcha taksilar uchun o’zgarmas bir xil narx o’rnatilgan. Taksini oldindan bron qilishingiz mumkin.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €15 dan

Linate Aeroporti

Avtobus: €1.5 jamoat avtobuslari uchun, yoki €5 xususiy avtobuslar uchun

Taxi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €15 dan

Bergamo Orio Al Serio Aeroporti

Avtobus (Terravision Bus): €5. Avtobusga talab yuqorilig sabab, biletni oldindan bron qilishni tavsiya qilamiz.

Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €15 dan

Viza

O’zbekiston fuqarosi Italiyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza olish uchun kerakli hujjatlar va uni qanday mustaqil olish yo’llari haqida avvalroq yozib o’tdik.

Pul

Italiyada yevro (EUR) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

MILAN $ 30 DAN

HOTELLAR $ 50 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Milan shahrini aylanishda eng qulayi avtobus, tramvay va metro. Bir marttalik bilet €1.5, 24 soatlik €5. Velosiped yoki skuter ijarasi ham sayyohlar orasida juda mashhur.

SHAHARLARARO

Milanga sayohatingiz davomida boshqa shaharlarni ham ko’rmoqchi bo’lsangiz, avtobus, tez yurar poyezdlar va samolyotlar sizning og’iringizni yengillashtiruvchi asosiy transport vositalaridir. Sayohatingiz davomida kutilmagan vaziyatlarni olish uchun, imkon bo’lsa, biletlarni albatta oldindan bron qiling. Quyida bir nechta yo’nalishlarga transport xarajatlarini keltirib o’tamiz:

Milan – Turin: avtobus €6 dan, poyezd €10 dan (2 soat)

Milan – Venetsiya: avtobus €12 dan, poyezd €32 dan (4 soat)

Milan – Rim: avtobus €18 dan, poyezd €39 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar narxi o’rtacha €15, pivo €5, capuccino €1.55, fast foodlar €8 atrofida bo’ladi. Batafsilroq ma’lumotni numbeo.com portalidan olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

MILAN KATEDRASI

holeinthedonut.com

Piazza del Duomo maydonida joylashgan bu tarixiy yodgorlik shaharning simboli hisoblanadi. 1386-yilda boshlangan qurilish deyarli 500 yil davom etdi. Nihoyat, u Napoleon Bonapartning buyrug’iga binoan qurib bitkaziladi. Sababi, aynan shu yerda u toj kiydirish marosimini o’tkazishni istagan edi. Ushbu me’moriy mo’jiza dunyodagi uchinchi eng katta katedra hisoblanadi, Vatikanda joylashgan Avliyo Pyotr va Sevillada joylashgan katedradan so’ng. Yodgorlikka kirishda uzoq navbatda turmaslik uchun biletni oldindan onlayn sotib oling

LA GALLERIA VITTORIO EMANUELE II

locationscout.com

Piazza del Duomo maydonida yana bir mashhur diqqatga sazovor joy, Galleria Vittorio Emanuele II ga ham tashrif buyurishni unutmang. Bu ulkan, yorug’, hashamatli kompleksning har bir burchagini rasmga olishni xohlab qolasiz. Ichkarida siz Vuitton va Prada singari eng mashhur moda dizaynerlari do’konlarini, shuningdek yuqori darajadagi ko’plab restoranlarni topishingiz mumkin.

LA SCALA DE MILAN

hotelcovour.com

Galleria Vittorio Emanueleni aylanib bo’lganingizdan so’ng, undan uncha uzoq bo’lmagan mashhur maydon Piazza della Scala tomon yuring. Bu yerda nomidan ko’rinib turganidek Milan Opera UyiLa Scala joylashgan. La Scala Neapolning San-Karlo teatri va Venetsiyadagi “Fenice” operasi bilan bir qatorda Italiyaning uchta eng nufuzli operalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda Italiya operasining durdonalari, masalan, Vincenzo Bellinining “Norma” yoki Verdining “Otello” kabi sahna asarlari yaratilgan. Shuningdek, barcha davrlarning eng buyuk klassik xonandalaridan biri Mariya Kallas La Skalada konsert bergan. Opera binosiga kirish uchun biletni shu yerdan bron qilishingiz mumkin.

SFORZA QAL’ASI

flickr.com

Shahar markazida yana bir asosiy diqqatga sazovor joy Sforza qal’asi joylashgan. U 1358-yilda mashhur Viskonzi oilasi tomonidan shaharni Vetetsiyalik dushmanlardan himoya qilish uchun qurdirgan. Shunday bo’lsa-da, qal’a bir necha bor vayron qilingan va qayta tiklangan. Bu qal’a Uyg’onish Davrida Leonardo Da Vinchi ustaxonalariga mezbonlik qilgani bilan ham mashhur.

PARCO SEMPIONE

flawless.life.com

Sforza qal’asining orqasida siz shaharning yashil markazini topasiz. Parco Sempione Milandagi eng katta jamoat bog’i va biroz dam olish uchun juda mos joy. Atrofda sayr qilsangiz bir nechta qiziqarli binolarga ko’zingiz tushadi: Milan Akvariumi, Triennale, Arena Civica, Arco Della Pace (Milanning G’alaba Arki) v.h

SANTA MARIA DELLE GRAZIE

lastsupertickets.com

Shubhasiz, Milandagi eng mashhur cherkov Santa Mariya delle Grazie nafaqat o’zining me’moriy go’zalligi bilan, balki Leonardo Da Vinchining eng chiroyli asarlaridan bir bo’lgan So’ngi Ziyofat rasmiga egalik qilishi bilan ham tanilgan. Leonardo da Vinchi ushbu asarni cherkovning oshxonasida yaratganligi aytiladi. Har yili minglab sayyohlar Iso Masihning so’nggi kechasi aks ettirilgan ushbu rasmni tomosha qilish uchun bu yerga kelishadi.

LEONARDO DA VINCHI MUZEYI

museoscienza.it

Leonardo da Vinchiga bag’ishlangan ulkan muzeyga tashrif buyurib, uning ishlanmalari bilan tanishing va zavq oling. Muzeyning to’liq nomi – Museo nazionale della Scienza e della Tecnologia Leonardo Da Vinci (Fan va texnologiyalar muzeyi – Leonardo Da Vinchi). Bu Milandagi eng yaxshi diqqatga sazovor joylaridan biri. XVI asrda qurilgan monastir o’rnida tashkil etilgan muzeyda Leonardo Da Vinchining jangovar mashinalaridan tortib, o’lchash asboblarigacha bo’lgan ajoyib ixtirolarini tomosha qilasiz.

SANT’AMBROGIO BAZILIKASI

getarounditaly.com

Leonardo da Vinchi muzeyiga yaqin bo’lgani sabab, Sant’Ambrogio Bazilikasiga ham tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. 1099-yilda qurilgan ushbu yodgorlik shahardagi eng qadimiy cherkovlardan biri hisoblanadi.

CIMITERO MONUMENTALE

itinari.com

Milanda tashrif buyuradigan g’ayrioddiy joy qidiryapsizmi? Unda siz albatta Cimitero Monumentale di Milano (Monumental Qabristoni) ga tashrif buyurishingiz kerak. Qabriston oddiy qabristonlardan katta farq qiladi. U huddiki ochiq muzeyga o’xshaydi. Bu yerga Milanning eng badavlat va muhim odamlari dafn qilingani sabab, har bir qabr maqbarasi o’ziga hos arxitektura va hashamat bilan ishlangan.

MILAN QIROLLIK SAROYI

youtube.com

Ko’p yillar Milan hukmdorlariga qarorgoh vazifasini o’tagan ushbu saroy shaharning muhim madaniy markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda har yili san’at, moda yoki dizaynga bag’ishlangan yirik ko’rgazmalar o’tkaziladi. Qirollik Saroyi 7000 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi va dunyodagi ba’zi nufuzli muzeylar tomonidan taqdim etilgan ko’plab rasmlarga ega. Shuningdek, saroy muzeyiga tashrif buyurishingiz mumkin.

NAVIGLI TUMANI

travelnotes.com

Milanda o’tkazib yuborish mumkin bo’lmagan joylardan biri Navigli tumani. Bu yerda Milanning kanallardan tashkil topgan eng go’zal ko’chalarini kashf qilasiz. Bu yerning asosiy arxitektori Da Vinchi. Kanallar bo’ylab sayr qilib, restoran terassalarida ichimlik ichib yoki ovqatlanib behisob zavq olasiz. Navigliga, eng yaxshisi, kun botgandan so’ng boring.

SHOPPING

hotelbaglioni.com

Milan haqida yozganimizda shopping haqida bir eslamaslik mumkin emas. Shoppingni sevuvchilar Via Montenapoleone, Via della Spiga, Via Sant’Andrea va Via Manzoni ko’chalariga borishini tavsiya qilamiz. Cho’ntagi chuqur bo’lmaganlar uchun Milan markazida joylashgan Highline Outlet savdo markazi mos joy. U yerda siz chegirmali narxlarda ko’plab brendli mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in Milan, Italy

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

BikesBooking.com: Velosiped, skuter, mototsikl va hokazolarni ijaraga olish

Comment here