Yevropaga sayohat qilmoqchi bo’lganlar viza olish uchun turli xil agentliklar va “uchar yigitlar” xizmatidan ko’p foydalanadi. Buning sababi nima? Rostdan ham viza olish juda ko’p vaqt va harajat talab qiladimi? Quyida schengen viza olishda sizga yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta maslahatlarimiz bilan bo’lishamiz. Ishonamizki, maqola so’ngida bu siz o’ylagandek qiyin ish emasligini anglab yetasiz.
O’zbekistonda Schengen Vizani Rad Etish Statistikasi (2018-yil)
Davlatlar | Ariza topshirganlar | Rad etildi | Foizda |
---|---|---|---|
Vengriya | 1351 | 398 | 30% |
Chexiya | 2958 | 576 | 20% |
Polsha | 2445 | 376 | 15% |
Fransiya | 5383 | 731 | 14% |
Germaniya | 10302 | 1269 | 12% |
Latviya | 4946 | 492 | 10% |
Slovakia | 309 | 25 | 8% |
Italiya | 3105 | 200 | 6% |
Bu statistikaga asosan, nisbiy bo’lsada, ba’zi muhum savollarga javob olishimiz mumkin. Qaysi elchixonaga arizalar ko’p va navbat uzun? Qaysi elchixonalardan ijobiy javob olish ehtimoli yuqori va hokazo. Shunday qilib, schengen viza uchun arizalarni qaysi elchixonaga topshirish ma’qulroq ekanligini o’zingiz uchun bilib olasiz. Sizda tabiiy savol tug’ilishi mumkin: “Agar men Vengriya yoki Chexiyaga sayohat qilmoqchi bo’lsam, schengen vizani Slovakiya yoki Latviya elchixonasidan olishim mumkinmi?” – Albatta. Schengen viza bilan siz istagan schengen mamlakat (lar)iga bora olasiz.
Odatda schengen vizani sayohat davomida eng ko’p vaqt o’tkazmoqchi bo’lgan mamlakat elchixonasidan olish talab etiladi. Lekin amaliyotda viza bergan mamlakatga umuman tashrif buyurmaslik ham hech qanday qonun buzilishi hisoblanmaydi.
Faqat 2 ta muhim qoidaga rioya qiling:
- Sayohat manzilingiz qayer bo’lishidan qat’iy nazar, ariza topshirmoqchi bo’lgan elchixonangizni sayohat kunlaringiz aynan o’sha elchixona davlatida ko’proq bo’lishiga ishontiring. Bu juda oddiy. Elchixonaga aynan uning davlatida turar joyni ko’proq kunga (boshqa manzil(lar)ingizga qaraganda) rezervatsiya qilganligingizni ko’rsating. Qanday? Booking.com, Airbnb.com kabi platformalarda turar joyni istagancha rezervatsiya qilishingiz va keyinchalik bepul bekor qilishingiz mumkin.
- Aviachiptani o’sha elchixona mamlakatiga “bron” qiling. Istagan aviakassaga qayerga bormoqchiligingiz, borish-kelish sanasini aytsangiz, rezervatsiya qog’ozini sizga mutlaqo bepul tayyorlab beradi. Elchixona uchun aviachiptani rezervatsiya qilganligingiz yetarli. Uni sotib olishingiz shart emas.
Misol: Men Ispaniyaga 7 kunlik (01.10.2020-07.10.2020) sayohat uchun juda arzon aviachipta topdim va sotib oldim. Endigi qadam viza olish. Uni osonroq olish maqsadida Slovakiya elchixonasiga murojaat qilishga qaror qildim. Bunda men elchixona uchun biroz “boshqacha” sayohat rejasini tuzishim zarur. Ularni maqsadim Slovakiya tashrif buyurish va agar vaqt yetarli bo’lsa yon-atrofdagi mamlakatlarni ham ziyorat qilish ekanligiga ishontirishim kerak bo’ladi. Buning uchun Booking.com orqali Bratislava shahridan 7 kunga (01.10.2020-07.10.2020) hotel rezervatsiya qilaman. Hotelni albatta bepul bekor qilsa bo’ladigan variantini tanlayman. Borish-kelish aviachiptani ham Bratislava shahri orqali rezervatsiya qilaman (01.10.2020-07.10.2020). Qolgan hujjatlarni tayyorlab, sayohatimdan 2-3 oy oldin Slovakiya elchixonasiga topshiraman. Maksimum 15 kunda schengen viza tayyor. Vizani olganingizda so’ng, istagan mamlaktingizga uching va sayohat qiling (schengen mamlakatlari ichida).
Schengen viza olish tez va oson TOP 3 mamlakat
Hujjatlar:
- Ariza: Avval elektron to’ldirasiz. Keyin printerdan chiqarib, elchixonaga topshirasiz.
- Xorijga chiqish passporti va kopiyasi
- 2 ta rasm
- Tibbiy sug’urta polisi
- Bank hisobingizning oxirgi 3 oylik harakati. Hisobingizda sayohatning har bir kuni uchun min. €60 ekvivalantidagi (so’m yoki dollarda) mablag’.
- Turar joy
- Aviachipta
- Ish faoliyatingizni tasqidlovchi hujjat.
- Davlat boji
Italiya elchixonasi hujjatlarni ingliz tilida qabul qiladi. Shuning uchun kerakli hujjatlarni (bankdan ma’lumot va ish faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni) ingliz tiliga litsenziyali tarjimonda tarjima qildirib oling. Hujjatlar tayyor bo’lgandan so’ng, elchixonaga onlayn navbat rezervatsiya qiling. Sizda savol tug’ilsa, elchixonaga qo’ng’iroq qilishdan tortinmang.
- Ariza: Avval elektron to’ldirasiz. Keyin printerdan chiqarib, elchixonaga topshirasiz.
- Xorijga chiqish passporti va kopiyasi
- 2 ta rasm
- Tibbiy sug’urta polisi
- Bank hisobingizning oxirgi 3 oylik harakati. Hisobingizda sayohatning har bir kuni uchun min. €70 ekvivalantidagi (so’m yoki dollarda) mablag’.
- Turar joy
- Aviachipta
- Ish faoliyatingizni tasqidlovchi hujjat.
- Davlat boji
Hujjatlarni iloji boricha rus yoki ingliz tilida tayyorlang. Hujjatlar tayyor bo’lgandan so’ng, elchixonaga qo’ng’iroq qilib, navbatga yozilishni unutmang. Sizda savol tug’ilsa, elchixonaga qo’ng’iroq qilishdan tortinmang.
- Ariza
- Xorijga chiqish passporti va kopiyasi
- Tibbiy sug’urta polisi
- Bank hisobingizning oxirgi 6 oylik harakati (kirdi-chiqdi). Hisobingizda sayohatning har bir kuni uchun €56 ekvivalantidagi (so’m yoki dollarda) mablag’.
- Turar joy
- Aviachipta
- Ish faoliyatingizni tasqidlovchi hujjat
- Davlat boji
Hujjatlarni iloji boricha rus yoki ingliz tilida tayyorlang. Hujjatlar tayyor bo’lgandan so’ng, elchixonaga qo’ng’iroq qilib, navbatga yozilishni unutmang.
Comment here
You must be logged in to post a comment.