Ispaniya poytaxtiga sayohatingiz davomida bu shaharning tarixi naqadar buyuk va boy bo’lganligiga guvoh bo’lasiz. Go’zal saroylar, noyob artifaktlar va san’at asarlarini o’zida jamlagan muzeylar, ispan madaniyati va taomlari sizda chuqur taassurot qoldirishi tayin. Va albatta, dunyodagi eng boy va eng ko’p fanatlarga ega futbol klubi Real Madridning ishqibozi bo’lsangiz, sayohatingizni biror matchga moslab rejalashtirishni unutmang. Haqiqiy Yevropa futbolini o’z ko’zingiz bilan ko’ring va zavqlaning.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
O’zbekiston fuqarosi Ispaniyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil, oson olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.
Pul
Ispaniyada yevro (€) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.
Aeroport Transferi
MADRID BARAJAS AEROPORTI (MAD)
Metro: €3
Poyezd: €2.6
Avtobus: €5
Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €25 dan
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi uchun)
MADRID $ 30 DAN
HOTELLAR $40 DAN
Transport
SHAHAR ICHIDA
Madrid Yevropadagi eng yaxshi yo’lga qo’yilgan jamoat transporti tizimiga ega. Shaharni aylanish uchun eng qulay va arzon transport – metro. Bir marttalik bilet narxi €1.5-2. Bir kunlik bilet esa taxminan €9. Taksilar uchun minimalka taxminan €3 va har bir km €1.2 dan. Taksida yo’lga chiqishdan oldin unda taksometr ishlayotganligiga amin bo’ling. Yana bir zamonaviy va qulay sayohat qilish usuli velosiped yoki skuterni ijaraga olish.
SHAHARLARARO
Madridga sayohatingizni boshqa shaharlar bilan davom ettirmoqchi bo’lsangiz, avtobus, tez yurar poyezdlar va samolyotlar sizning og’iringizni yengillashtiruvchi asosiy transport vositalaridir. Sayohatingiz davomida kutilmagan vaziyatlarni olish uchun, imkon bo’lsa, biletlarni oldindan bron qiling. Quyida bir nechta mashhur shaharlarga transport xarajatlarini keltirib o’tamiz:
Madrid – Barselona: avtobus €39 dan, samolyot €60 dan
Madrid – Lissabon: avtobus €12 dan, samolyot €41 dan
Madrid – Parij: samolyot €20 dan
Yeb-ichish Xarajatlari
O’rtacha qimmatlikdagi restoranda asosiy taomlar €10-11 dan boshlanadi. Fast foodlarni €5-9 ga sotib olasiz. Numbeo.com dan xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Madridning markazida joylashgan ushbu maydon sizga shaharning haqiqiy atmosferasini taqdim qiladi. Kafe va barlar bilan o’ralgan Plaza Mayorda tushlikdan so’ng rosa hayot qaynaydi. O’zingizga qulay stulga o’tiring-da kofe simirib, o’tgan-ketgan odamlarni, jonli musiqa va qo’shig’i bilan atrofga ajoyib kayfiyat ulashayotgan ko’chmanchi san’atkorlarni tomosha qiling. Bu yerda deyarli har kuni turli xil ko’ngil ochar tadbirlar uyushtiriladi.
Madridning 300 gektarlik yashil markazi va hashamatli bog’lari joylashgan park. Bu joy XIX asr oxirigacha faqatgina qirollar dam oladigan maskan bo’lgan. Park chiroyli bog’lari va ko’llaridan tashqari bir nechta diqqatga sazovor yodgorliklarni ham o’z ichiga oladi. Ko’l bo’ylab qayiqda Atirgullar Bog’i tomon suzing va ajoyib landshaftdan bahra oling.
Madridning eng mashhur muzeylaridan va albatta tashrif buyurish kerak bo’lgan joylaridan biri bo’lgan hashamatli Museo Nacional del Prado 1819-yilda qirolicha Mariya Izabel de Braganzaning (qirol Ferdinand VII ning rafiqasi) rahnamoligida ochilgan. Muzeyda 8.600 rasm va 700 dan ortiq haykallar mavjud bo’lib, ularda ispan, italyan va flamand san’at uslublari aks etgan. Eng taniqli asarlar qatoriga Velazkesning “Las Meninas”, Goyaning “1808 yil uchinchisi”, El Grekoning “Cho’ponlarning hurmati” asarlarini qo’shishimiz mumkin. Muzey ertalab 10 dan kechki 8 gacha ishlaydi va bilet €15 dan turadi. Agar uzun navbatda turishni istamasangiz, biletni oldindan onlayn sotib oling.
Puerta del Sol Madridning qoq markazi – 0 km. Ajoyib favvoralar, do’konlar, restoranlar va odamlarga to’lib-toshgan maydon. Agar siz uzoq kunlik sayohatdan charchab, sokinlikda biroz hordiq chiqarmoqchi bo’lsangiz Puerta del Sol siz qidirayotgan joy emas. Maydon har doim gavjum bo’ladi, ayniqsa tunda shahar jonlanganda. Odamlar maydon bo’ylab Madridning eng qaynoq restoranlari va tungi klublariga shoshilishadi. Ammo, Madridning hayoti va jo’shqinligini tatib ko’rish uchun bu yerdan yaxshiroq joy topolmaysiz.
Palacio Real 1700-yillar o’rtalaridan 1900-yillarga qadar Ispaniya qirollariga qarashli edi. Garchi qirol oilasi hozirda bu saroyda yashamasa-da, u hali ham ularning rasmiy qarorgohi hisoblanadi. Palacio Real G’arbiy Yevropadagi eng yirik qirollik saroyi bo’lib, 3000 ortiq xona , qurol-aslaga ombori, qirollik dorixonasi va boshqa ko’plab zallarni o’z ichiga oladi. Saroyning hashamati sizni lol qilmasdan qolmaydi. Uzoq navbatni chetlab o’tish uchun biletni onlayn sotib olishni tavsiya qilamiz.
Futbol ispanlar hayotining ajralmas qismi. Bunga misol shaharda joylashgan 85 ming o’rinlik Bernabeu stadioni. Yevropaning eng muvaffaqiyatli jamoasi Real Madrid mashg’ulotlari va o’yinlari o’tkaziladigan bu stadionga sayohat bu klubga muxlis va muxlis bo’lmagan barchada unutilmas taassurot qoldiradi. Ekskursiya davomida siz stadionning eng yuqori qismiga chiqasiz va maydonning panoramik manzarasidan rohatlanasiz. Shundan so’ng, kiyinish xonasiga va klubning kuboklari jamlangan zalga yo’l olasiz. Bunday turni onlayn bron qilishingiz mumkin.
Gran Via restoranlar, shopping va go’zal arxitekturani o’zida birlashtirgan Madridning markaziy ko’chasi. Ko’cha bo’ylab sayrni Circulo de Bellas Artes madaniyat markazi binosidan boshlang. 4 yevro to’lab binoning tom terassasiga ko’tariling va atrofdagi panoramik manzaradan zavqlaning. Tarixga qiziquvchilar Monasterio de las Descalzas Reales monastiriga tashrif buyurishlari mumkin. Uning yonida Telefonica Building, qachonlardir Yevropaning eng baland binosi joylashgan. Ko’cha bo’ylab ispan milliy taomlari restoranlari, barlar, luxury kiyim-kechak butiklaridan tortib cho’ntakbop Bershka, Zara kabi do’konlarigacha barchasini topasiz.
Plaza de Cibeles Madridning eng mashhur maydoni hisoblanadi. Calle de Alcala va Paseo del Prado tutashgan chorrahada joylashgan bo’lib, uning ajoyib arxitekturasi sayyohlarda katta qiziqish uyg’otadi. Maydonda joylashgan asosiy bino Cibeles Saroyi qachonlardir pochta ofisi bo’lib ximat qilgan, lekin hozirda u shahar meriyasi binosi hisoblanadi. Plaza oldida joylashgan favvora Rim ma’budasi Cibele ya’ni davomiylikni ramzi Buyuk Ona haykali bilan bezatilgan. Qizig’i, mahalliy aholi ushbu ma’buda shaharning futbol muvaffaqiyatini ta’minlovchi deb ishonadi. Shahar klubi Real Madrid yoki milliy terma jamoa biror sovrinni qo’lga kiritsa, shahar ahli shu maydonda to’planishadi va bayram qilishadi.
Madridning diqqatga sazovor joylari bilan tanishib chiqqach, gavjum shahardan ozgina chekining va Toledo shaharchasiga yo’l oling. Madriddan atigi 30 daqiqalik yo’lda joylashgan qadimgi Rim shaharchasi go’zal arxitekturali binolari, ko’chalari va boy tarixi bilan sizni lol qiladi. Bir paytlar Ispaniyaning eng muqaddas joyi deb hisoblangan Toledo xristianlar, musulmonlar va yahudiy hukmronligini boshidan kechirgan. Shahar doim bag’rikenglik maskani sifatida tanilgan. Bunga xristianlar hukmronligi davrida musulmon arxitektorlari tomonidan yahudiylar uchun qurilgan Santa Mariya Blanka ibodatxonasi misol bo’la oladi.
La Latina metro stantsiyasidan chiqib, Calle de las Maldonadas ko’chasi tomon qadam bosing. U yerda siz Ispaniyaning eng mashhur ochiq bozorlaridan biri El Rastroni topasiz. XV asrdan beri yashab kelayotgan ushbu bozorda ajoyib suvenirilar, antikvariyatlar, kiyim-kechak va boshqa ko’plab mahsulotarni uchratish mumkin. Bozor faqat yakshanba va dam olish kunlari ertalab 9 dan 15:00 gacha ishlaydi.
Mercado de San Miguel chiroyli bezakli shisha va quyma temirdan qurilgan yopiq bozor. Bu bozorni ispan gastronomiyasidan bahramand bo’lishni xohlovchi sayyohlar ko’proq yaxshi ko’radi. Bu yerda juda ko’p ispancha milliy taomlar va street foodlarni topish mumkin va cho’ntakbop narxlarda to’yib ovqatlansa bo’ladi. Albatta, bu yerda yangi dengiz mahsulotlari, go’sht va non mahsulotlari va boshqa ko’plab yeguliklarni ham sotib olish mumkin.
Qachon borgan ma’qul?
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari
Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi
Busbud.com: Arzon avtobus biletlari
Trainline.com: Arzon poyezd biletlari
tiqets.com: diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h
BikesBooking.com: Velosiped, skuter, mototsikl va hokazolarni ijaraga olish
Comment here
You must be logged in to post a comment.