BlogShahar

VENA, AVSTRIYA $309 DAN

Bu shaharga berilgan ta’riflar ko’p: musiqa shahri, orzular shahri, betaktror binolar shahri… Doimiy ravishda dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlar qatorida birinchilardan bo’lgan Avstriya poytaxti Vena Markaziy Yevropadagi sayyohlar uchun eng sevimli manzillardan biri hisoblanadi. Motsart, Betxoven kabi buyuk kompozitorlar ijod qilish uchun bejiz Venani tanlamaganini sayohat davomida o’zingiz anglab yetasiz.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Avstriyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Avstriyada yevro () amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Aeroport Transferi

VENA AEROPORTI (VIE)

Avtobus: €8

Poyezd (Schnellbahn S7): €4

Poyezd (City Airport Train): €12

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Uber yoki Bolt mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €25 dan

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

VENA €22 DAN

HOTELLAR €40 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Vena katta shahar bo’lishiga qaramasdan, jamoat transportlari a’lo darajada ishlaydi va manzilingizga tez va qulay yetib olasiz. Shahar aylanishda siz asosan metro va tramvaylardan foydalanasiz. Chiptani kioskalardan (€2) yoki bekatda joylashgan avtomatlardan (€2.7) naqd yoki to’lov karta bilan sotib olish mumkin. Bilib oling: avtomatlardan bir martalik bilet sotib olishda boradigan bekatingiz yoki manzilingiz nomini kiritishingiz kerak va bilet faqat shu yo’nalishga yetib olish uchun amal qiladi. Sayohat qilishda qulay va erkinroq bo’lish uchun 24 soatlik (€8) yoki 48 soatlik (€14) bilet sotib oling. Taksilar uchun minimalka €4 va har bir km uchun €1.4. Venada yana bir keng foydalaniladigan transport – velosiped. Ko’chalarda xavfsiz va qulay velotrassalar mavjud.

SHAHARLARARO

Vena sayohat qilish uchun juda qulay joyda joylashgan. Bratislava, Praga, Budapesht kabi mashhur shaharlarga avtobus yoki poyezdlar orqali 2-4 soatdan yetasiz. Mashina bilan sayohat qilish ham yaxshi variant: magistral yo’llar sifatli va istagan joyda to’xtab Yevropaning yashil tabiati, tog’lar havosidan bahra olasiz. Har xil kutilmagan vaziyatlarni oldini olish uchun mashina yoki biletlarni oldindan bron qilishni tavsiya qilamiz.

Vena – Salzburg: avtobus €25 dan, poyezd €19 dan

Vena – Bratislava: avtobus €1 dan

Vena – Praga: avtobus €15 dan

Vena – Budapesht: avtobus €9 dan, poyezd €19 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar o’rtacha €10 dan boshlanadi. Espresso €2.7, cappuccino €3.9, 0.5l pivo €4, mineral suv €1 atrofida. Supermarketlarda oziq-ovqat ancha arzon. Numbeo.com dan xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

SCHONBRUNN

klook.com

XVII asrda imperator Karl VI va uning qizi Mariya Tereza Vena chetida joylashgan ovchilar uyini bugungi bog’lar va favvorlar bilan to’la qasrga aylantiradilar. Hatto, dunyodagi eng birinchi hayvonot bo’gini ham tashkil qiladilar. XIX asrda mashhur imperator Sisi Schonbrunnga ko’chib keladi va keyinchalik qasr kegaytirilib, 1471 ta xona va katta zallarga ega hashamatli binoga aylanadi. Binoning tashqi va ichki dizayni uchun juda katta mablag’ va kuch sarflangani yaqqol seziladi. Schonbrunnga sayohatingizda bunga o’zingiz amin bo’lasiz. Saroyga kirish uchun uzoq navbat kutmaslik uchun biletni onlayn bron qiling.

AVLIYO STEFAN SOBORI

planetware.com

XII asrda qurilishni boshlagan Stefan cherkovi bir necha asrlar davomida juda bahaybat soborga aylandi va hozirda Vena arxitekturasi ikonalaridan biri hisoblanadi. Sobor ichki dizayni Uyg’onish Davri san’atining va qurilish mahoratining naqadar betakror bo’lganini namoyon qiladi. Vena eski shahrining panoramik manzarasidan bahra olishni istasangiz, zinapoya orqali soborning yuqori qismiga sayr qiling. Soborga kirish bepul.

HOFBURG

experimentalplanner.com

Avstriya imperiyasini 650 yil boshqargan Habsburg sulolasi saroyi. XII asrda qurilishni boshlagan saroy, vaqt o’tib har bir imperator tomonidan kengaytirildi va hozirgi ko’p qirrali saroy-kompleksga aylandi. Hapsburg imperatorlari qudratni arxitektura orqali ko’rsatish kerak deb hisoblashgan va buning mahsullaridan biri shubhasiz Hofburg saroyidir.

MUZEYLARI MAYDONI

globalblue.com

Museumsquartier nafaqat o’zining boy kolleksiyalari bilan, balki go’zal arxitekturasi bilan ham diqqatga sazovor. XIX asr oxirida imperator Frans Jozef Avstriyaning qudratini yana bir bor namoyish qilish uchun o’zining ulkan lohiyasi Kaiserforum kompleksini qurdirishni boshlaydi. Bu loyiha yakunida Hofburg Saroyidan ham kattaroq saroy-kompleks yaratilishi kerak edi. Ammo monarxiya tugatilib, loyiha o’z yakuniga yetmagan bo’lsa-da, uning hozirgi holati ham sizni hayratga tushirmasdan qolmaydi.

VENA OPERA UYI

getyourguide.com

Musiqa va san’at bilan mashhur shaharda bu kabi chiroyli va katta Opera Uyining bo’lishi tabiiy. XIX asrda ochilga ushbu Opera Uyi hozirgacha eng nufuzli tadbirlar va tomoshalarga mezbonlik qiladi. Opera ichiga sayohat qilib, go’zal arxitekturadan va hashamatdan bahra olish mumkin. Faqat biletni oldindan bron qilishni tavsiya qilamiz.

SHOPPING

tripadvisor.com

Vena shahriga sayohat qilib, uning mashhur savdo ko’chalarini aylanmagan sayyohlar topilmasa kerak. Kiyim-kechak, kosmetika yoki suvenirlar sotib olish uchun yoki shunchaki Venaning hayot qaynagan ko’chalarida sayr qilish uchun ba’zi mashhur joylar nomlari va koordinatalarini berib o’tamiz: Hoher Markt, Kärntner ko’chasi, Graben va Kohlmarkt.

BELVEDERE SAROYI

lonelyplanet.com

Ko’pincha, chet ellik sayyohlar e’tiboridan chetda qoladigan Belvedere saroyi XVII asrda shahzoda Yevgeniy Savoy tomonidan qurdirilgan. Nemis tilida Go’zal Manzaralarni anglatuvchi Belvedere ikkiga: Yuqori Saroyga (Yevgeniy ko’ngil ochar tadbirlar o’tkazadigan) va Quyi Saroyga (uning bog’ villasi) bo’linadi. Sizda ko’p taassurot qoldiradigan Yuqori Saroy bo’lsa-da, atrofdagi chiroyli gullar bilan bezatilgan bog’lar, hovuzlar sizning e’tiboringizni tortmay qolmaydi. Saroyga kirish uchun uzoq navbat kutmaslik uchun biletni onlayn bron qiling.

PRATER PARK

tripadvisor.com

1949-yilda suratga olingan va Oskar mukofotiga sazovor bo’lgan Uchinchi Odam filmidagi ba’zi epizodlar aynan shu parkda, 2 asrdan ko’proq tarixga ega Prater parkida sahnalashtirilgan. Orolchada joylashgan park 1766-yilda ommaga ochilishidan oldin qirollik oilasi ov maydoni bo’lgan. Parkka kirish bepul va oilaviy dam olish uchun ajoyib joy. Yoshi katta sayyohlar uchun parkdagi eng mashhur joy – Schweizerhaus (Shvet Uyi) pivoxonasi.

NASCHMARKT

parkinnblog.com

Agar oddiy venaliklarning har kungi hayoti bilan tanishmoqchi bo’lsangiz, Venadagi eng katta ochiq bozor Naschmarktga tashrif buyuring. Dushanbadan shanbagacha bu yerga venaliklar o’z uyida yetishtirgan mahsulotlarini sotgani kelishadi. Bozor ertalab 6 dan kechki 6 gacha ochiq. Bu yerga qorningiz och bo’lib kelishi kerak. Sababi, bu yerda fresh rastalardan tashqari, mahalliy va mazzali street foodlar ham juda ko’p.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in Vienna (Vienna (state ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

Comment here