BlogShahar

BERLIN, GERMANIYA $349 DAN

Hozirda Yevropaning eng liberal shahri Berlin qachonlardir o’zining boshqacha qarashlarga toqatsizligi bilan dunyoni ostun-ustun qilgan edi. Qudratli davrlarni, shu bilan birga yer bilan yakson bo’lgan kunlarni boshidan kechirgan Berlin sayohat uchun Yevropaning eng yaxshi shaharlaridan biri. O’tmish, hozir va kelajak bir-birini to’ldirib turadigan arxitektura, behisob muzeylar, yashil bog’lar, hech ham uxlamaydigan shahar hayoti va albatta pivo Berlinga sayohatingiz unutilmas taassurotlarga boy bo’lishini ta’minlaydi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Germaniyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Germaniyada yevro () amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Aeroport Transferi

BERLIN TEGEL AEROPORTI (TXL)

Avtobus (TXL Express): €3. Avtobus sizni to’g’ri shahar markazidagi avtovokzalga olib boradi.

Avtobus (X9 yoki 109): €3. Avtobus sizni yaqin metro bekatigacha (Zoo station) olib boradi.

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Uber yoki MyTaxi mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €15 dan

BERLIN SCHONEFELD AEROPORTI (SXF)

Avtobus (X7 Express): €4. Shaharga yetib olish uchun eng tez avtobus

Avtobus (N60, N7, 163, 171): €4

Poyezd (S-Bahn S9): €4

Poyezd (Airport Express Train): €4

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Uber yoki MyTaxi mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €15 dan

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

BERLIN €27 DAN

HOTELLAR €35 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Berlinda sayyohlar asosan U-Bahn (metro) dan foydalanishadi. Lekin S-Bahn (shahar poyezdi), tramvay va avtobuslar ham juda yaxshi ishlaydi. Bir martalik bilet zonaga qarab €1.70 dan €3.40 gacha. Maslahatimiz, ortiqcha stresdan qutilish uchun bir kunlik bilet sotib oling (€7). Biletlarni kioskalardan, bekatlarda joylashgan avtomatlardan sotib olishingiz mumkin. Yana bir mashhur transport – velosiped. Shahar bo’ylab bike-sharing (velosipedni qisqa muddat ijarag olish) stansiyalarini ko’plab uchratasiz. Taksi uchun minimalka €4 va har bir km uchun taxminan €2.

SHAHARLARARO

Berlindan tashqariga sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, poyezd, avtobus, mashina yoki samolyotdan foydalanasiz. O’zingiz uchun joyni doimo oldindan bron qilishni tavsiya qilamiz. Quyida ba’zi yo’nalishar bo’yicha transport xarajatlari va biletni qayerdan bron qilish mumkinligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz:

Berlin – Myunxen: avtobus €15 dan, poyezd €35 dan (4 soat)

Berlin – Praga: avtobus €19 dan, poyezd €29 dan (4 soat)

Berlin – Varshava: avtobus €14 dan, poyezd €27 dan (7 soat)

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar €9 dan boshlanadi. Fast food, masalan, kebab (shovurma) €4, 0,5L pivo €4, carrywurst (grill sosiska) €2.5 turadi. Numbeo.com dan xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

BRANDENBURG DARVOZASI

wikipedia.com

Afinadagi Akropolga o’xshab qurilgan Brandenburger Tor (Brandenburg Darvozasi) Berlindagi turistlar tomonidan eng ko’p suratga olingan joylardan biri. Pariser maydonida joylashgan ushbu yodgorlik XVIII asrda qirol Frederik Vilgelm II uchun qurilgan bo’lib, shundan beri Napaleon istilosini, Natsistlar davrini yashab o’tdi. Sovuq Urush davrida G’arbiy va Sharqiy Germaniyani ajratib turgan Brandenburger Darvozasi hozirda Germaniya birligini anglatuvchi timsolga aylangan.

REICHSTAG

tripsavvy.com

Reichstagsgebäude 1894-yilda qurilgan bo’lib, Germaniya Imperiyasining saroyi vazifasini o’tagan. 1933-yildagi yon’gin sabab, bino 1990-yilga qadar bo’sh yotadi. 10 yillik ta’mirdan so’ng 1999-yilda Reichstag Germaniya parlamentining uyiga aylanadi. Parlament turistlar uchun ochiq, faqat oldindan registratsiyadan o’tsangiz bas.

MUZEY OROLI

bestwallpapers.com

Spree daryosi va Kupfergraben kanali o’rtasida joylashgan Spree oroli (Muzey Oroli nomi bilan ko’proq tanish) UNESCO Jahon Merosi ro’yxatidan joy olgan. Bu erda siz shaharning eng qadimgi va eng muhim muzeylari bilan tanishasiz: Eski Muzey, Yangi Muzey, Eski Milliy Galleriya, Bode Muzeyi, Islom San’ati Muzeyi, Humboldt Forumi v.h. Barcha muzeylarga kirish uchun yagona biletni onlayn sotib olishingiz ham mumkin.

BERLIN DEVORI

artnetnews.de

1961-yilda qurilgan Berlin Devorining vazifasi, Sharqiy Germaniya aholisining G’arbiy Germaniyaga o’tib ketishini oldini olish edi. 155 km ga cho’zilgan, 55 ta ko’chadan kesib o’tgan, 293 ta kuzatuv minoralari va 57 ta bunkerlari bilan Berlin Devori 1989-yilda oradan salkam 30 yil o’tibgina quladi va nemis xalqi birlashdi. Hozirda ushbu devorning faqat 1.4km cho’zilga qismi Berlin Devori Yodgorligi sifatida saqlanib qoldi.

BERLIN TV MINORASI

pindicator.om

2020-yilda o’zining 50 yilligini nishonlashiga qaramay, balandligi 368 metr bo’lgan Berliner Fernsehturm (Berlin Televizion Minorasi) shaharga tashrif buyuruvchilar uchun hech bir ahamiyatini yo’qotmadi. 1970-yilda sovetlar tomonidan qurilgandan beri, Yevropaning uchinchi eng baland minorasi 60 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni qabul qildi. Minoradan Germaniya poytaxtining panoramik manzarasi sizga o’zgacha zavq ulashadi. Navbatda uzoq kutmaslik uchun biletni onlayn bron qiling.

CHARLI NAZORAT PUNKTI

tripateurope.com

“Charli” nazorat-o’tkazish joyi (Museum Haus am Checkpoint Charlie) yana bir diqqatga sazovor joy. Sharqiy va G’arbiy Berlin o’rtasidagi eng taniqli chegara-o’tkazish nuqtasi. Uning yonida tashkil qilingan muzeyda siz ikki ajratilgan nemis xalqi boshidan kechirgan voqealarga oid artifaktlar, eksponatlar va ushbu nazorat punkti bilan bo’lgan voqea-hodisalarga oid qiziqarli dalillarni topasiz. Masalan, komunistlardan uyda yasalgan havo shari orqali qochgan odamning ishlanmasi ham shu yerda joylashgan.

SHARLOTTENBURG SAROYI VA PARKI

planetware.com

Berlindagi eng qadimgi va eng yirik Prussiya Imperiyasi mulki, XVII asr oxirida Sharlottenburg saroyi Germaniya qirolligining asosiy qarorgohi bo’lgan. Ta’mirlanib qayta tiklangan bu ulkan saroy betakror arxitekturasi, 50 metr balandlikdagi ulkan gumbazi, hashamatli zallari va katta bo’gi bilan sizni hayratga soladi.

GENDARMENMARKT

dasberlinreiseportal.de

Berlindagi eng katta maydonlardan biri bo’lgan Gandarmenmarkt uchta tarixiy ahamiyatga ega binolarni o’z ichiga oladi: Konsert Uyi (Konzerthaus), Fransuz Sobori va Nemis Sobori. XVII asrda qurilgan ushbu go’zal maydon turistlarning eng sevimli joylaridan biriga aylangan. Bu yerda ko’plab tadbirlar, konsertlar va dekabr oyidagi Berlindagi eng katta Rojdestvo yarmarkasi o’tkaziladi.

YEVROPANING O’LDIRILGAN YAHUDIYLARI YODGORLIGI

afar.com

Ushbu yodgorlik nemis xalqining o’tmishda bo’lib o’tgan qora kunlarni unutmaslikni maqsad qilganining yana bir misoli. 2711 beton plitalardan iborat ushbu majmuaga ziyorat uchun millionlab sayyohlar tashrif buyuradilar. Yodgorlik yonida Xolokost qurbonlari xatlari, kundaliklari va fotosuratlari saqlanadigan ma’lumotlar bazasi joylashgan.

TERROR TOPOGRAFIYASI

spracheteilen.de

Gestapo Muzeyi sifatida ham tanilgan Terror Topografiyasi natsistlarning Maxfiy Davlat Politsiyasi qarorgohi va qamoqxonasi bo’lgan. Bu yerda siz natsistlar hukmronligi paytida sodir etilgan jinoyatlar va ularning qanday faoliyat olib borganiligi haqida tasavvurga ega bo’lasiz. Ko’rgazmada hujjatlar, fotosuratlar, audio va filmlar o’rin olgan.

MARKTHALLE IX

tagespiegel.de

XIX asrning oxirida an’anaviy ochiq bozorlar o’rniga gigiena standardlariga ko’proq mos yopiq bozorlar qurish boshlandi. Oxirgi an’anaviy bozor 2009-yilda developerlarga sotilish arafasida 3 ta mahalliy aktivistlar tomonidan petitsiya uyushtirilib, saqlab qolinadi. Bir necha yil o’tgach, Markthalle yanada go’zal shaklda aholi uchun ochiladi. Bu yerda nemislar sevadigan deyarli barcha mahsulotlarni topasiz: meva-sabzovotlar, go’sht mahsulotlari, yangi pishitlgan nonlar v.h.

Qachon borgan ma’qul?

Average monthly temperature in Berlin (Berlin Federal State ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

Comment here