BlogPlyaj

SANTORINI, GRETSIYA $299 DAN

Gretsiya orollari haqida biror reklama ko’rib qolsangiz va unda ko’k gumbazli, o’zi oqqa bo’yalgan sohil bo’yidagi uylar, moviy dengiz, go’zal plyajlar tasvirlangan bo’lsa, bilingki bu Santorini orolidan olingan kadrlar. Santorini oroli yoki Greklar tilida Tera (Thera) Gretsiyaning sayohatchilar uchun tashrif qog’ozi desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Ta’tilda faqat plyajda hordiq chiqaraman desangiz adashasiz. Santorini o’zining go’zal tog’lari, mazali taomlari, arxeologik yodgorliklari, shahar hayoti va dengiz sayri bilan sizni zeriktirmaydi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Gretsiyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Gretsiyada yevro () amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Aeroport Transferi

SANTORINI AEROPORTI (JTR)

Avtobus: €1.7

Taksi: o’rtacha €20-30. Taksini oldindan bron qilishingiz ham mumkin.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €15 dan. Orolni aylanish uchun ham eng qulay transport vositasi.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

SANTORINI $25 DAN

SOHILBO’YI HOTELLAR $35 DAN

Transport

Orol bo’ylab sayohatda eng qulay transportlar: mashina, skuter va jamoat avtobuslari (bilet €2.5).

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar o’rtacha €16, fast foodlar €7-8 turadi. Numbeo.com da xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

FIRA

planteware.com

Santorini poytaxti Fira (yoki Tira) qachonlardir vulqon hosil qilgan tepalikda joylashgan oq ranga bo’yalgan uylar va terassalar, moviy gumbazli cherkovlar va chiroyli tor ko’chalar bilan sizni o’ziga maftun qiladi. Ayniqsa, Fira va Oia hududlarini bog’lovchi sohil bo’yidagi 9 kmga cho’zilgan yo’lakcha bo’ylab sayrdan katta zavq olasiz. Fira aholisining asosiy daromadi turizmdan keladi. Shuning uchun, deyarli barcha mahalliy aholi uyini hotelga, restoran, kafe yoki suvenir do’konlariga aylantirgan.

OIA

planetware.com

Firadan 12km shimolda joylashgan Oia qishlog’i sayyohlar uchun nafaqat, plyajlari, oq uylari, luxury butik hotellari bilan mashhur, balki bu yerga quyosh botishini kuzatish uchun tashrif buyuruvchi millionlab sayyohlari bilan ham tanilgan. Quyosh botishi bilan mashhur. Oiadan Ammoudi ko’rfaziga zinapoyalar orqali tushishda juda go’zal manzaraga duch kelasiz: tor ko’chaning ikki yonida ajoyib restoranlar, oldingizda moviy dengiz va tog’lar joylashgan.

KALDERA

planetware.com

Qariyb 3.600 yil oldin orol markazida juda kuchli vulqon uyg’onadi. Vulqon natijasida dengiz suvi to’lgan ajoyib ko’l hosil bo’ladi. Vulqon hali ham harakatda bo’lgan ushbu ko’l o’rtasidan issiq buloq suvi tarqaladi va ayniqasa, erta bahor faslida bu yerga cho’milish uchun keladigan turistlar ko’payadi.

QIZIL PLYAJ

tripadvisor.com

Qizil qoyalar bilan o’ralgan bu plyajda o’zingiz uchun eng yaxshi joyni topish uchun ertalab barvaqt keling. Bu yerga kelishingizga yana bir sabab, plyaj yaqinida Akrotiri Arxeologik Yodgorligi joylashgan. Bundan 3.600 yil avval vulqon ko’mib yuborgan shahar qoldiqlari falokatdan oldin bu yerda hayot qaynaganligidan dalolat beradi.

PYRGOS

planetware.com

Santorinining Firadan avvalgi poytaxti Pyrgos uzoq payt turistlar nazaridan chetda qoldi. Qoyalar ustiga qurilgan oq rangli qavat-qavat uylari, chiroyli cherkovlari bilan maqtana oladigan Pyrgosda hozirda restoranlar va butik hotellar doimo dam oluvchilar bilan to’la.

PROFITIS ILIAS

anothersantorinitours.com

Santorinining eng baland joyi Profitis Iliasdan dengiz va orolning panoramik manzarasidan zavqlanish mumkin. Bu yerda XVIII asrda qurilgan monastir joylashgan bo’lib, bino omma uchun ochiq.

PERISSA PLYAJI

greeka.com

Santorinining eng mashhur plyaji Firadan taxminan 12km narida Perissa va Perivolos qishloqlari orasida joylashgan. Olti kilometr uzunlikdagi plyaj vulqon qora qumi, daraxtlar, restoran va kafelar bilan bezalgan. Ijaraga olish uchun shezlong, soyabonlar va suv sporti anjomlarini topasiz.

AMMOUDI KO’RFAZI

planetware.com

Ammoudi ko’rfazi toza tiniq suvi, yangi dengiz taomlari va tavernalar (greklarning mahalliy pubi) bilan xordiq uchun juda chiroyli joy. Adrenalin ishqibozimisiz, qoyalar bo’ylab sayr qiling. Yoki qayiqda dengiz bo’ylab sayrga chiqing va Santorinini chetdan kuzating.

VINO TUR

excursionsantorini.com

Mashhur vino mamlakatlari haqida gap ketganda hayolingizga birinchi bo’lib Fransiya yoki Italiya kelishi tayin. Xoh ishoning, xoh ishonmang, Gretsiyaning Santorinisi Yevropadagi eng yaxshi premium vino ishlab chiqaruvchi hudud hisoblanadi. Buning sababi, vulqon cho’kmasidan paydo bo’lgan Santorini tuprog’ida o’sgan uzumning tami boshqa biror joyda topilmaydi. Bundan tashqari, bu yerda o’sadigan uzum daraxtlari osilmaydi, balki ular o’z holicha yerda meva beradi. Okean shamollari ularga zarar yetkazishidan mana shunday himoya qilinadi. Degustatsiya uchun eng mashhur vino uylari: Santo Wines, Venetsanos Winery, Domaine Sigalas v.h

KAMARI PLYAJI

bellionissantorinihotel.com

Santorini vulqonlari orolda o’ziga xos noyob plyajlar yaralishiga sababchi bo’lgan. Shulardan biri Kamari plyaji. Firadan atigi 4km narida joylashgan plyaj Santorining eng katta plyajlaridan biri bo’lib, restoran, kafe, do’konlar va ijaraga olish uchun shezlong, soyabonlar yetarli.

PERIVOLOS PLYAJI

greeka.com

Agar siz romantik sayohatda bo’lsangiz, Perivolos plyaji albatta siz borishingiz kerak bo’lgan joylardan. Sohil bo’yidagi qaynoq hayot, o’yin-kulgi, musiqa va suv sportlaridan bahramand bo’lasiz.

MILLIY TAOMLAR

tripadvisor.com

Santorini orolining unumdor yerlari o’ziga xos ta’mga ega bo’lgan noyob mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Buning siri vulqon tasir qilgan tabiat. Sayohatingiz davomida fava, maydalangan pomidor (tomato fritters), melitzanosalata, grekcha salat va yangi dengiz taomlaridan albatta ta’tib ko’ring.

Qachon borgan ma’qul?

The First-Timer's Travel Guide to Santorini, Greece (2020) | Will ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

tripadvisor.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

BikesBooking.com: Velosiped, skuter, mototsikl va hokazolarni ijaraga olish

Comment here