Parijni bir bor ko’rsam, armonim qolmasdi deydiganlar nafaqat o’zbeklar orasida, balki butun dunyoda juda ko’p topiladi. Odamlarning bu shaharga bo’lgan muhabbati sabablari ko’p: betakror obidalar, shaharning romantik atmosferasi, fransuz taomlari, vinosi, fashion… Agar siz doimiy sayohatchi bo’lmasangiz ham, Eyfel minorasini yoki Luvr muzeyini o’z ko’zingiz bilan ko’rishni xohlaysiz. Agar shunday bo’lsa, vaqtni yo’qotmang. Unutilmas sayohatingiz uchun tayyorgarlikni hozirdan boshlang. Sayohatingiz uchun kerakli barcha ma’lumotlarni mana shu yerdan topasiz.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
O’zbekiston fuqarosi Fransiyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil, oson olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.
Pul
Fransiyada yevro (€) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.
Aeroport Tranferi
ROISSY CHARLES DE GAULLE AEROPORTI (CDG)
Avtobus: €6-11
Poyezd: €10
Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €40 dan
PARIS ORLY AEROPORTI (ORY)
Avtobus: €17-24
Poyezd: €13. Ish vaqti: 06:00 – 23:00
Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €40 dan
PARIS BEAUVAIS AEROPORTI (BVA)
Avtobus: €15. Joyni oldindan bron qiling.
Poyezd: €15. Beauvais poyezd vokzaliga aeroportdan avtobus (€1) yoki taksi bilan yetib olasiz. Shundan so’ng, poyezd orqali Parijga jo’naysiz. Yo’lga o’rtacha 2 soat vaqt ketadi.
Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €40 dan
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi uchun)
PARIJ €29 DAN
HOTELLAR €38 DAN
Transport
SHAHAR ICHIDA
Parijning diqqatga sazovor joylari juda kompakt joylashgan. Shuning uchun ko’p sayyohlarning transportga ehtiyoji bo’lmaydi. Shunday bo’lsa-da, jamoat tranportlaridan foydalanish qulay. Metro va avtobuslar uchun bir martalik chiptalar €1.80 va uni bekatlarda joylashgan avtomatdan yoki chipta ofislaridan sotib olasiz. Bundan tashqari, Parijda bike-sharing (jamoat velosipedlari) ham sayyohlar tomonidan keng foydalaniladi. Bir kunlik ijaraga olish €1.70 ammo qo’shimcha haq to’lamaslik uchun har 30 daqiqada velosipedni yaqin stansiyaga qaytarib, qaytadan olishingiz kerak. Taksi uchun minimalka taxminan €6 va har bir km uchun €2.20. Bundan tashqari, turistlar uchun maxsus Hop-on Hop-off avtobuslari xizmat qiladi. Ularning vazifasi turistlarni Parijning eng mashhur diqqatga sazovor joylari bo’ylab sayr qildirish. Sayohat vaqti va marshrutga qarab ularning narxi €25 dan €50 gacha bo’lishi mumkin. Agar Parij markazidan oqib o’tuvchi Sena daryosi bo’ylab qayiqda sayr qilishni istasangiz, unda Batobus xizmatidan foydalaning. U 8 ta daryo bekati (Eiffel Tower, Musee’ D’Orsay, Saint-Germain-des-Pres’, Notre-Dame, Jardin des Plantes, Hotel de Ville, Louvre, Champs-Elysees) bo’ylab doimiy qatnovlarni amalga oshiradi. Siz kun davomida istagan bekatda qayiqqa chiqib, tushishingiz mumkin. Bir kunlik chipta narxi €16.
Hop-on Hop-off avtobuslar: yurishni yoqtirmaysizmi? Undan ushbu sayyohlar uchun maxsus usti ochiq avtobusda qulay sayohat qiling. Bir kunlik bilet €38 dan boshlanadi va 24 soat davomida istalgan diqqatga sazovor joyda avtobusdan tushib, istalgan joyda yana chiqib sayohatingizni davom ettirishingiz mumkin.
SHAHARLARARO
Fransiya go’zalligini chinakam kashf qilmoqchi bo’lsangiz, turistlar bilan to’lib-toshgan Parijdan tezroq ayrilib, yon-atrofdagi shaharlar va qishloqlarga sayohat qiling. Poytaxt Fransiyaning boshqa hududlari bilan juda yaxshi bog’langan. Sayohat uchun avtobuslar, poyezdlar va albatta samolyotlardan foydalanishingiz mumkin. Sayohatingiz rejadagidek o’tishi uchun, biletlarni oldindan bron qilishni unutmang. Quyida misol tariqasida Fransiyaning ikki mashhur shaharlariga transport xarajatlarini keltirib o’tamiz:
Parij – Lyon: avtobus €15 dan, poyezd €45 dan, samolyot €70 dan
Parij – Nitsa: avtobus €34 dan, poyezd €24 dan, samolyot €50 dan
Yeb-ichish Xarajatlari
Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy ovqatlar o’rtacha €15 dan boshlanadi. Fast foodlarni €5 dan sotib olishingiz mumkin. Numbeo.com orqali xarajatlar haqida batafsilroq ma’lumot olasiz.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Nyu-Yorkdagi Ozodlik Haykali yoki Londondagi Big Ben kabi Eyfel Parijni tamsil qiluvchi obidadir. 1889-yilgi “Dunyo Ko’rgazmasi” (World Exhibition) tadbiri uchun fransuz injineri Gustave Eyfel tomonidan maxsus qurilgan ushbu minora aslida 20 yildan so’ng olib tashlanishi rejalashtirilgan edi. Hozir esa Parijni Eyfelsiz tassavur qila olmaymiz. Ushbu minorani tomosha qilish uchun har kuni minglab sayyohlar tashrif buyuradilar. Minora bo’ylab yuqoriga ko’tarilish uchun esa ba’zan kun bo’yi navbatda turishga majbur bo’lasiz. Chipta €11. Agar eng yuqorida joylashgan obzervatoriyaga ko’tarilmoqchi bo’lsangiz, yana €6.
Yaqin metro bekatlari: Alma-Marceau, Trocadero, Passy
Notrdam fransuz me’morchiligi durdonasi. Ibodatxonaning qurilishi yigirma yildan ko’proq vaqt olgan. Juda muhim tadbirlar, masalan, Napoleonga toj kiydirish marosimi ham aynan shu yerda o’tkazilgan. Yiliga 20 milliondan ortiq sayyohlar bilan Notrdam qasri Parijning eng ko’p tashrif buyuriluvchi obidasidir. Kirish bepul.
Yaqin metro bekatlari: Hôtel de Ville, Saint-Michel, Pont Neuf
Parijda ekansiz qayiqda Sena daryosi bo’ylab sayrga chiqishni unutmang. Kunduzimi yoki quyosh botgandan so’ngmi, farqi yo’q. Daryoning ikki qirg’og’ida juda ko’p diqqatga sazovor joylarni va boshqa go’zalliklarni kash qilasiz va bir paytning o’zida yoqimli atmosferada xordiq chiqarasiz.
Dunyodagi eng mashhur ko’chalardan bir desak mubolag’a bo’lmaydi. Bir tomonida fransuzlarning vatanparvarlik belgisi G’alaba Arki, ikkinchi tomonida mashhur Teyler Bog’lari, ikki yonida esa do’konlar va restoranlar joylashgan.
Yaqin metro bekatlari: Charles de Gaulle – Étoile, Tuileries
Bir necha asr qirollik qarorgohi vazifasini o’tagan ushbu go’zal va hashamatli bino XVIII asr oxirida Fransiyaning birinchi milliy muzeyiga aylantirildi. Yildan yilga muzey kollektsiyalari tobora kengayib bordi va bugun u dunyoing eng katta muzeylaridan biriga aylandi. Luvr shu qadar kattaki, ko’rgazmadagi har bir san’at asarini ko’rib chiqish uchun to’qqiz oy vaqt kerak bo’ladi. Eng ko’p tashrif buyuriladigan san’at asarlari: Mona Liza, Venera Milo, Samotratsning qanotli g’alabasi… Kirish €17.
Yaqin metro bekatlari: Louvre – Rivoli, Solférino
Tarixiy uylar, do’konlar, restoran va kafelar joylashgan Parijning gavjum dahasi.
Yaqin metro bekatlari: Rambuteau, Arts et Métiers
Parijning eski dahalaridan biri. U yerda mashhur Luksemburg Bog’lari joylashgan. Bundan tashqari, Parijning an’anaviy uylari va kafelari bo’ylab sayrda siz haqiqiy parijliklar hayotining guvohi bo’lasiz.
Yaqin metro bekatlari: Saint-Germain-des-Prés, Mabillon, Saint-Sulpice
Montmartre dahasi Parijning eng baland qismida joylashgan. Shuning uchun u yerdan shaharning ponaramik manzarasini tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, mashhur Sacré Courur Bazilikasi ham shu yerda joylashgan.
Yaqin metro bekatlari: Abbesses, Pigalle, Anvers, Blanche
FRANSUZ GASTRONOMIYASI
Parij sayohatini fransuz oshxonasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Fransuz vinosi, begatasi, krosanti, sirlari va shirinliklari dovrug’ini eshitmagan odam deyarli yo’q. Parijdagi eng mashhur gastronomik ko’chalar: Rue des Rosiers (metro bekati: Saint-Paul), Rue Saint-Dominique (metro bekati: Invalides or La Tour Maubourg), Rue Montorgueil (metro bekati: Etienne-Marcel), Rue Des Martyrs (metro bekati: Pigalle)
Parijdan 23 km narida joylashgan Versal shahridan unutilmas taassurotlar olishingiz tayin. Bu yerda betakror dizayni, hashamati va bog’lari bilan butun dunyoga tanilgan Versal qasri joylashgan. Versal qasri bir paytlar Fransiya imperiyasi qirollari Lui XIV, Lui XV va Lui XVI ning qarorgohi bo’lgan. Qasrda joylashgan Ko’zgular Zalini o’tkazib yubormang. Aynan shu yerda Birinchi Jahon Urushini tugatgan Versal Kelishuvi imzolangan. Navbatda uzoq kutmaslik uchun biletni oldindan bron qiling.
Transport (4 kishi): Parij – Versal €70 dan
Parijdan taxminan 40 km masofada sayyohlar orasida eng mashhur joylardan biri Disneylend joylashgan. 343 ta atraksionlar, hamma uchun tanish bo’lgan Disney qaxramonlari shousi sizga ajoyib zavq ulashadi. Kosmik Tog’, Alisa Mo’jizalar Mamlakatida, Karib Dengizi Qaroqchilari kabi mashhur atraksionlar, Uxlayotgan Malika Qasri, ko’plab restoran va kafelar bilan bir kuningiz qanday o’tganini sezmay qolasiz. Kuningizni behuda navbatda o’tkazmaslik uchun biletni onlayn bron qiling.
Transport (4 kishi): Parij – Disneylend €70 dan
Qachon borgan ma’qul?
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari
Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi
Busbud.com: Arzon avtobus biletlari
Trainline.com: Arzon poyezd biletlari
tiqets.com: diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h
Comment here
You must be logged in to post a comment.