BlogShahar

RIM, ITALIYA $329 DAN

Rim, shubhasiz, dunyodagi eng mashhur shaharlardan biri hisoblanadi. U yerga bir marta bo’lsa ham tashrif buyurishni istamagan sayohatchilar deyarli topilmaydi. Dunyodagi eng kichik davlat – Vatikan joylashgan va asrlar davomida Rim Imperiyasining poytaxti bo’lgan bu shahar sizda unutilmas taassurotlar qoldirishi tayin. Siz bilgan o’sha mashhur Kolizey shaharning o’nlab shu kabi betakror yodgorliklaridan biri, xolos. Rimning mazali taomlari, go’zal favvoralari va salqin terassali kafelari sayohatingizni yanada mazmunli va yoqimli bo’lishiga hissa qo’shadi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Italiyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza olish uchun kerakli hujjatlar va uni qanday mustaqil, oson olish yo’llari haqida avvalroq yozib o’tdik.

Pul

Italiyada yevro (EUR) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Aeroport Transferi

FIUMICINO (LEONARDO DA VINCI) AEROPORTI (FCO)

Leonardo Express Poyezdi: bilet narxi €14. Ish vaqti aeroportdan: 6:23 dan 23:33 gacha, vokzaldan: 5:35 dan 22:35 gacha.

Poyezd (FL1): €8

Terravision Avtobusi: €6

SIT Avtobusi: €6. Avtobus Vatikanga boradi.

TAM Bus Ostiense: €7.

Rome Airport Bus: €7

Hotel Shuttle Bus: €20. Turistlar uchun maxsus avtobus. Rimning yirik hotellariga boradi.

Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

CIAMPINO AEROPORTI (CIA)

Terravision Bus: €5

SIT Bus: €6

Rome Airport Bus: €6

Atral Aiport Bus: €4. Yaqin metro bekatigacha. Barcha avtobuslarning ishlash vaqti aeroportdan: 4:00 dan 00:15 gacha, avtovokzaldan: 4:20 dan 00:00 gacha.

Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi uchun)

BARCHA TURDAGI €21 DAN

HOTELLAR €35 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Jamoat transportlari (avtobus va metro) bilan Rimning istalgan qismiga qulay sayohat qilish mumkin. Bir martalik chipta narxi €1.5 (100 daqiqa) va uni bekatlardan, kioskalardan sotib olasiz. Lekin shahar obidalari bir biriga yaqin bo’lgani uchun, ko’p sayyohlar shaharni piyoda aylanishni afzal ko’radi.

Hop-on Hop-off Avtobuslar: yurishni yoqtirmaysizmi? Undan ushbu sayyohlar uchun maxsus usti ochiq avtobusda qulay sayohat qiling. Bir kunlik bilet €26 dan boshlanadi va 24 soat davomida istalgan diqqatga sazovor joyda avtobusdan tushib, istalgan joyda yana chiqib sayohatingizni davom ettirishingiz mumkin.

SHAHARLARARO

Agar Rimdan tashqariga ham sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, unda mashina ijaraga olishni ham o’ylab ko’ring. Arzon va qulay sayohat qilasiz. Rimda mashinani kuniga €15 dan bron qilishingiz mumkin. Italiyada shaharlararo jamoat transportlari ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Quyida bir nechta mashhur yo’nalishlar bo’yicha transport xarajatlarini keltirib o’tamiz. Joyni oldindan bron qiling. Bu sizga, birinchidan, arzonroq tushadi, ikkinchidan, kutilmagan vaziyatlarni oldini olasiz: bo’sh joy yo’qligi, naqd pul yoki to’lov karta bilan muammo v.h.

Rim – Florensiya: avtobus €7 dan, poyezd €25 dan

Rim – Neapol: avtobus €9 dan, poyezd €35 dan

Rim – Venetsiya: avtobus €16 dan, samolyot €75 dan

Rim – Milan: avtobus €15 dan, poyezd €72 dan, samolyot €60 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar o’rtacha €15 dan boshlanadi. Fast foodlar (masalan, pizza) bir kishi uchun o’rtacha €5-10 turadi. Numbeo.com orqali xarajatlar haqida batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

KOLIZEY

spartanandgreenland.it

Kolizey Rim imperiyasi davrida qurilgan eng yirik amfiteatr. Milodiy 80 yilda ochilgan bo’lib, u gladiator jangi, hayvonlar bilan jang va qatl farmonlarini amalga oshirish joyi bo’lgan. Kolizeyga kirish uchun uzoq navbatda turishni hisobga oling. Shuning uchun, Skip The Line (Navbatsiz o’ting) biletini oldindan bron qilib oling.

RIM FORUMI

musement.com

Kollizeydan biroz narida joylashgan Rim Forumi maydoni rimliklarning siyosiy va ijtimoiy faoliyatlari markazi bo’lgan.

TREVI FAVVORASI

archinect.com

1762-yilda qurilgan ushbu favvorani ko’rish uchun millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Favvora haqiqatdan juda chiroyli san’at asari va Rimdagi eng chiroyli favvora.

NAVONA MAYDONI

walkofitaly.com

15-asrda qurilgan Piazza Navona ajoyib favvoralar, go’zal tarixiy binolar joylashgan maydon.

PYOTR MAYDONI – VATIKAN

vatikancitytravelguide.com

Rim shahri ichida dunyodagi eng kichkina mamalakat – Vatikan joylashgan. Piazza San Pietro ushbu shahar-mamlakatning markazi hisoblanadi va eng muhim tadbirlar aynan shu yerda o’tkaziladi.

PYOTR BAZILIKASI

worldalldetails.com

Dunyodagi eng katta cherkovlardan biri Basilica di San Pietro katolik xristianlarning eng muqaddas maskani hisoblanadi. Bino ichki va tashqi arxitekturasi juda chiroyli. Binoning yuqori qismiga ko’tarilib Vatikan shahrining go’zal manzarasidan bahra olishingiz mumkin. Navbatda turmaslik uchun biletni oldindan bron qiling.

SISTIN CHERKOVI

viator.com

Cappella Sistina ibodatxonasi Vatikan shahrining eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan. Ushbu bino dizayni shaxsan Mikelanjelo tomonidan yaratilgan. Papalarni tayinlash marosimi aynan shu yerda o’tkaziladi.

ISPANCHA ZINAPOYA

timeout.com

Piazza di Spagna Rimning ikkita asosiy xiyobonlarni birlashtirish uchun 1725-yilda barpo qilingan. Atrofida tarixiy binolar, kafe va do’konlar joylashgan.

PANTEON

Pbase.com

Rim Imperiyasidan eng yaxshi holatda saqlanib qolgan bino. 118-yilda imperator Hadrian tomonidan qurdirilgan bino tashqi va ichki chiroyli va toshga o’yib ishlangan naqshlarga boy. Bino oldidagi maydon biroz hordiq chiqarish va atrofdagi go’zallikdan bahra olsish uchun mos joy. Panteonga kirish bepul.

KATAKOMBALAR

getyourguide.com

Rim Imperiyasi davridan (II asrdan V asrgacha) qolgan yer osti qabrlari. Yer tanqisligi va qimmatligi sabab, odamlar aynan shunday yer osti qabrlarini o’ylab topishgan. Yurish uchun tunellar keng va qulay qilib qurilgan. Mashhur katakombalar: Catacombs of Priscilla, Catacombs of San Sebastiano, Catacombs of San Callisto, Catacombs of Domitilla. Agar Katakombalar bo’ylab mahalliy gid bilan sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, bunday turlarni shu yerdan bron qilishingiz mumkin.

MILLIY TAOMLAR, STREET FOOD VA VINO

buzz4tours.com

Italiyaning pazandalik qobiliyatiga hech kim shubha qilmaydi. Uning vinolari ham dunyoda eng yaxshilar qatorida. Shuning uchun Rimga sayohatingiz davomida har bir imkoniyatdan foydalaning va ishtahangizga to’liq erk bering.

Qachon borgan ma’qul?

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

Comment here