BlogPlyajShahar

BARSELONA, ISPANIYA $349 DAN

Barselonani faqat futbol sabab sevishadi desangiz adashasiz. Dunyodagi eng ko’p tashrif buyuriluvchi shaharlardan biri bo’lgan Barselona betakror arxitekturasi, madaniy va tarixiy boyliklari, ajoyib an’analari, mazali taomlari va go’zal plyajlari bilan sayyohlar ko’nglini zabt etgan. Yevropadagi eng katta katolik cherkovi va eng chiroyli dengiz akvariumlari aynan shu shaharda joylashgan. Mo’tadil iqlim yilning istagan paytida Barselona safariga otlanishingiz mumkinligini anglatadi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Ispaniyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil, oson olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Ispaniyada yevro () amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Aeroport Transferi

BARSELONA EL PRAT AEROPORTI (BCN)

Avtobus: €6

Metro: €4. Tatnovlar ertalab 5:00 dan yarim tungacha (00:00) davom etadi. Faqatgina shanba kunlari 24 soat ishlaydi.

Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €20 dan

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi uchun)

BARSELONA $29 DAN

HOTELLAR $40 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Metro, tramvay va avtobuslar shahar aylanish uchun eng qulay jamoat transportlaridir. Chiptalarni bekatda joylashga avtomat yoki chipta ofislaridan sotib olasiz. Bir martalik chipta €2.40. Yoki bir yo’la 10 martalik chipta sotib olishingiz ham mumkin (€12). Barselona shahrida velosiped yoki skuterda sayr qilish juda qulay va sayyohlar uchun allaqachon sevimli transportga aylangan. Taksilar boshqa Yevropaning katta shaharlari bilan solishtirganda ancha arzon. Ba’zi taksilarga to’lov kartasi bilan ham to’lashingiz mumkin. Minimalka taxminan €3 va har bir km uchun €1.17. Uber, MyTaxi kabi mobil ilovalar ham taksi chaqirishda muqobil variant.

SHAHARLARARO

Barselonaga sayohatingizni boshqa shaharlar bilan davom ettirmoqchi bo’lsangiz, avtobus, tez yurar poyezdlar va samolyotlar sizning og’iringizni yengillashtiruvchi asosiy transport vositalaridir. Sayohatingiz davomida kutilmagan vaziyatlarni olish uchun, imkon bo’lsa, biletlarni oldindan bron qiling. Quyida Ispaniyaning bir nechta mashhur shaharlariga transport xarajatlarini keltirib o’tamiz:

Barselona – Madrid: avtobus €30 dan, samolyot €40 dan

Barselona – Valensiya: avtobus €5 dan, samolyot €25 dan

Barselona – Palma de Mallorca: samolyot €25 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar o’rtacha €11 dan boshlanadi. Fast foodlarni €5-9 ga sotib olasiz. Numbeo.com dan xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

SAGRADA FAMILIA

viator.com

Sagrada Familia bazilikasi 1882-yilda boshlangan ulkan loyiha bo’lib, 1 asrdan ko’p vaqt o’tsa ham to’liq bitgani yo’q. Lekin u allaqachon dunyodagi eng ko’p tashrif buyuriluvchi joylardan biriga aylanib ulgurdi. Bu go’zal obidaning muallifi mashhur arxitektor Antoni Gaudi o’z asarini oxiriga yetkazmay 1926-yilda vafot etadi. Xabarlarga ko’ra, binoni to’liq bitkazish 2026-yilga mo’ljallangan. Bilib qo’ying: binoga kirish uchun har kuni cheklangan miqdorda chiptalar chiqariladi va ular bir necha kun oldin onlayn sotib bo’linadi. Shuning uchun chiptani hech bo’lmaganda 1 xafta oldin onlayn bron qilib qo’ying. Masalan, tripadvisorda bunday takliflarni ko’p topasiz.

CASA BATLLO

tiquets.fr

Arxitektor Antoni Gaudining yana bir buyuk ijodi mahsuli. Casa Batlloning ichki va tashqi dizayni sizni hayratlantirmasdan qoldirmaydi. Bekorga u Barselonaning ikkinchi eng ko’p tashrif buyurluvchi diqqatga sazovor joyi emas.

GOTIK DAHASI

tripadvisor.com

Gotik dahasi qadimda rimliklar qishlog’i bo’lgan. Shuning uchun bu yerda Rim imperiyasiga taalluqli madaniy boyliklar, uylar va ko’chalarni zamonaviy binolar bilan uyg’unlashib ketganini ko’rasiz. Huddi shu miks arxitekturani ko’rish uchun bu yerga sayyohlar yopirilib keladi. Mashhur xiyobonlar: Placa Reial va Plaka Sent Jaume ham Gotik dahasida joylashgan. Atrof go’zalligidan zavqlanib hordiq chiqarish uchun juda mos joy. Mashhur rassom Pikasso o’zining birinchi ko’rgazmasini aynan shu yerda namoyish qilgan.

CAMP NOU

klook.com

Barselona futbol shahri ekanligini sizga deyarli har qadamda sotilayotgan Messi futbolakalari eslatib turadi. Barselona sayohatingizni, shuning uchun, shaharning o’sha mashhur stadioni Camp Nousiz tasavvur qilish qiyin. Camp Nou deyarli 100 ming o’rinli Yevropaning eng katta stadioni hisoblanadi. Shunday bo’lsa-da, bu o’rindiqlarning deyarli barchasi yillik VIP abonentka sifatida sotib bo’linadi. Omma uchun chiptalarni aynan shunday abonentka egalari chiqaradi, agar o’zlari biror o’yinga borishni xohlamasa. Xullas, dunyodagi eng muvaffaqiyatli jamoalardan bo’lgan Barcelona FC ning uyini yaqindan ko’rish, his qilish o’zgacha taassurot. Stadionga kirish chiptasi €36 dan boshlanadi. Stadionga maxsus turlarni tripadvisordan bron qilishingiz ham mumkin.

MERCAT DE LA BOQUERIA

gatehotelbarcelona.com

Barselonaning ta’mini tatib ko’rmoqchimisiz? Unda to’g’ri La Rambla ko’chasida joylashgan Mercat de la Boqueria bozori tomon yuring. Barselonaning eng yaxshi gastronomik taassurotlarini shu yerdan olasiz.

CASA MILA

psntravel.com

La Pedrera nomi bilan ham tanilgan binoning old qismi huddi ishlov berilgan olmosga o’xshaydi. Casa Mila 1912-yilda qurib bitkazilgan Gaudining yana bir buyuk asari. Bu bino UNESCO ro’yxatiga kiritilgan Kataloniyaning kam sonli yodgorliklaridan.

MONTJUIC

tripadvisor.com

Montjuic shaharchasi aslida 1929-yilgi Xalqaro Ko’rgazma uchun qurilgan bo’lib, sayyohlar uchun eng sevimli joy shaharcha markazida qurilgan Sehrli Favvora hisoblanadi. Tunda ajoyib musiqa va yorug’liklar bilan tomosha ko’rsatadigan favvora sizga ajoyib hordiq beradi. Bundan tashqari, shaharchada Katalon San’at muzeyi, Arxeologiya muzeyi, Etnologiya muzeyi, 1192-yilda qurilgan Olimpiya maydoni, ekzotik bog’lar va XVII asrda qurilgan ajoyib qal’a ham joylashgan.

GRACIA

barcelonabcn.com

Agar siz barselonaliklar qanday hayot kechirishini yaqindan kuzatmoqchi bo’lsangiz, unda Gracia xiyoboniga tashrif buyuring. Kafelar, barlar, do’konlar bilan to’la hiyobonda talabalardan tortib, ko’cha rassomlarigacha barchasini uchratasiz.

GUELL PARKI

barcelonahacks.com

Guell parkida o’zingizni huddi ertaklar ichidan his qilasiz. Bu yerda quyosh chiqishi va botishini tomosha qilish uchun qiziqish juda katta. Shuning uchun parkka kelishdan avval, oldindan chipta sotib olishni unutmang.

PLYAJLAR

pinterest.com

Barselona ta’tilingiz uchun “all-inclusive” shahar: go’zal tarixiy obidalar, qaynoq shahar hayoti, san’at, madaniyat va albatta dengiz sohilida maroqli hordiq. Barselonaga sayohatingizni albatta uning chiroyli plyajlarida quyoshda toblanish va dengizdan to’yib-to’yib rohat olish bilan yakunlang. Eng yaxshi plyajlari: Barceloneta Beach, Nova Icaria Beach, Bogatell Beach, Mar Bella Beach, Ocata Beach, Caldetes Beach, Sant Pol de Mar Beach, Castelldefels Beach, Garraf Beach, Sitges Beach

Qachon borgan ma’qul?

Average monthly temperature in Barcelona (Catalonia), Spain (celsius)

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

BikesBooking.com: Velosiped, skuter, mototsikl va hokazolarni ijaraga olish

Comment here