BlogShahar

VARSHAVA, POLSHA $359 DAN

Toshkent 1966-yilgi yer qimirlashi natijasida qanday yer bilan yakson bo’lgan bo’lsa, Varshava ham Ikkinchi Jahon Urushidan so’ng huddi shunday holatda edi. Eski shahar bo’ylab kezar ekansiz, 1939-yilgi Germaniyaning ayovsiz bosqini, 1943-1944-yillarda bo’lib o’tgan Varshava qo’zg’olonlari xotiralari tez-tez ko’z oldingizda gavdalanadi. Shu bilan bir qatorda, XVII-XVIII asrlarda Yevropadagi eng katta imperiyaning poytaxti bo’lgan Varshavada gullab-yashnagan qirollikka oid go’zal saroy va binolar, muzeylar va bog’lar sayohatingizga o’zgacha joziba bag’ishlaydi. XXI asrga kelib yana Yevropaning eng muhim shaharlaridan biriga aylangan Varshava sizda chuqur taassurot qoldirish aniq.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Polshaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Polshada o’zining milliy pul birligi zloty (PLN) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 4 zlotyga teng . Xalqaro to’lov kartalaridan Yevropaning boshqa davlatlarida bo’lgani kabi to’lovda va bankomatlardan pul yechib olishda muammosiz foydalanishingiz mumkin.

Aeroport Transferi

Varshava Chopin Aeroporti (WAW)

Avtobus (175, 188): €1

Poyezd (S2): €1

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Bolt yoki Uber mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €10 dan

Tura Joy (1 kecha, 2 kishi)

VARSHAVA $10 DAN

HOTELLAR $20 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Shahar aylanishda avtobus, tramvay va metro eng qulay jamoat transportlari hisoblanadi. Biletni barcha metro va ba’zi tramvay bekatlarda joylashgan avtomatlardan naqd yoki to’lov karta bilan sotib olish mumkin. Bir martalik bilet (70 daqiqalik) €1 dan kamroq turadi va barcha jamoat transportlari uchun amal qiladi. Bir kunlik bilet (€4) sotib olishni maslahat beramiz. Biletni jamoat transportiga chiqqandan so’ng, validatorga tiqib aktivlashtirib olishni unutmang. Taksi uchun minimalka €2 va har bir km uchun €0.40 atrofida. Taksidan qulay foydalanish uchun Uber yoki Bolt mobil ilovasini o’rnatib oling.

SHAHARLARARO

Varshava atrofidagi shaharlarga sayohat qilish uchun avtobus, samolyot yoki mashinadan foydalanasiz. Qimmat narx yoki joy bo’lmasligini oldini olish uchun bilet yoki mashina ijarasini oldindan bron qilishni unutmang.

Varshava – Krakov: avtobus €6 dan (4 soat)

Varshava – Vilnyus (Litva): avtobus €14 dan (8 soat), samolyot €50 dan

Varshava – Minks (Belarusiya): avtobus €17 dan (10 soat), samolyot €80 dan

Varshava – Berlin (Germaniya): avtobus €14 dan (8 soat), samolyot €40 dan

Varshava – Praga (Chexiya): avtobus €16 dan (9 soat), samolyot €40 dan

Varshava – Bratislava (Slovakiya): avtobus €12 dan (9 soat), samolyot €60 dan

Varshava – Kiyev (Ukraina): avtobus €21 dan (20 soat), samolyot €30 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranlarda asosiy taomlar €6 dan boshlanadi. Fast foodlar o’rtacha €2-4, 0.5L pivo €2.5, kofe €1.5, kola €1.5 turadi. Numbeo.com dan xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

ESKI SHAHAR

booking.com

Biror shaharning tarixiy qismiga sayr qilar ekansiz, siz u yerda asrlar davomida asl holicha saqlanib qolgan arxitektura va yodgorliklarni ko’rishni istaysiz. Ammo Varshava Eski Shahrining Ikkinchi Jahon Urushidan so’ng bor-yo’g’i o’ndan birigina saqlanib qolgandi. Polsha ahlining mahorati va matonati sabab, 1962-yilgacha Eski Shahar qayta tiklandi va bu ajoyib yutuqdan so’ng qayta tug’ilgan shahar UNESCO Jahon Merosi ro’yxatiga ham kiritildi. Xiyobonlar, ko’chalar, cherkovlar bo’ylab sayohatingiz davomida ushbu hudud bundan atigi 70 yil muqaddam barpo etilganini sezmaysiz ham.

QIROLLIK YO’LI

billygraham.com

Varshavaning deyarli barcha tarixiy yodgorliklari 15 kilometrlik bitta liniya/yo’lda joylashgan: Qal’a Maydonidan boshlab to Vilanov Qasrigacha. Yo’l bo’ylab cherkovlar, parklar, saroylar, ilmiy muassasalar va kichik shaharchalar joylashgan. Yo’lga “qirollik” deb nom berilishining asosiy sababi hududda joylashgan Qirollik Qal’asi, Lazienki Saroyi va Vilanov Saroyi. Uchchala yodgorlik ham Polsha-Litva Qo’shma Qirolligining kuch-qudratini tamsil qiluvchi binolar hisoblanadi.

LAZIENKI PARKI

roberthard.com

Varshavadagi eng katta park. Dam olish kunlari oilangiz yoki juftingiz bilan yoqimli hordiq chiqarasiz. Dastlab bu park o’rnida qirollik hammomlari joylashgan bo’lgan (lazienka – polyakcha hammom). Qirol Stanislav II davrida park kengaytirilib, amfiteatr, ko’llar, villalar, planetarium va pavillionlar bilan to’ldirilgan.

ESKI SHAHAR BOZORI

outoftown.com

XVIII asr oxirida qirol Stanislav II ning yangi shahri qurilmasidan oldin, ushbu hudud tijorat qaynagan Varshava markazi edi. Bu Eski shaharning eng tarixiy qismi bo’lib, atrofda savdogralarning Uyg’onish Davri arxitekturasi bilan to’yingan baland uylari joylashgan. Bu binolarning hammasi qayta tiklangan nusxa hisoblanadi. Chunki urush vaqtida maydon fashistlar tomonidan bombardimon qilingan edi. Atrofda restoranlar, favvoralar sizga yoqimli atmosfera ulashadi.

QIROLLIK QAL’ASI

sunshineseeker.com

Eski shaharning janubiy kirish qismida asrlar davomida polyak monarxlariga qarorgoh vazifasini o’tagan 90 metrli devorlar bilan o’ralgan qal’ani uchratasiz. Qal’a 700 yil davomida ikkita vayronagarchilikni boshidan o’tkazidi: XVII asrda shvedlar va Ikkinchi Jahon Urushi paytida fashistlar tomonidan. O’tgan asrning 80-yillarida qayta qurilganidan beri qal’a muzey sifatida sayyohlarni o’ziga jalb qilib keladi. U yerda siz XVI asr qiroli Sigismund II Avgustus yashagan xonalarni va Parlament Uyini topasiz. Polsha-Litva qirolligi birlashgan vaqtda dunyoda birinchi bo’lib diniy bag’rikenglik moddasini konstitutsiyaga kirgizishni yoqlab ovoz berilgan voqea aynan shu yerda sodir bo’lgan.

QAL’A MAYDONI

insightguide.com

1596-yilda Polshaning poytaxti Krakovdan Varshavaga ko’chib o’tganda, qal’a yonidagi maydon Evropa Uyg’onish Davridagi eng yirik imperiyaning asosi bo’lib qoldi. Bu o’zgarishga qo’l urgan qirol Sigismund III Vasaning 8.5 metrlik bronzadan yasalgan haykali maydonni bezatib turadi. Bu maydon tarixning muhim voqealariga guvoh bo’lgan: 1861-yilgi ruslar tomonidan polyaklarning qirg’inbaroti, 1982-yilgi sovetlarga qarshi qonli qo’zg’olon, 1997-yilgi Polshaning NATOga qo’shilish tadbiri.

ILM-FAN VA MADANIYAT SAROYI

polishdestinationalliance.com

Varshavaning istalgan nuqtasida ko’rinib turadigan ushbu 237 metrlik ushbu bino 42 qavatdan iborat. Ichida 4 ta teatr zali, cinema, 2 ta muzey, 3000 o’rinli kongress zali, ilmiy muassalar va boshqa xususiy ofislar joylashgan. 1955-yilda Sobiq Ittifoqdan sovg’a qilingan ushbu osmono’par bino mahalliy aholi orasida doim ikki xil qarashlarga sabab bo’ladi. Nima bo’lganda ham, Varshavada o’tkaziladigan yirik tadbirlar asosan shu kongress zalida o’tishi odatga aylangan. Uning 30-qavatiga ko’tarilib, shahrning panoramik manzarasidan zavqlanish mumkin.

VILANOV SAROYI

getyourguide.com

Qirollik Yo’lining janubiy qismida joylashgan ushbu saroy Ikkinchi Jahon Urushidan deyarli zararsiz chiqdi. Vilanov Saroyi Polsha-Litva qirolligining naqadar ulug’vor bo’lganligining belgisi hisoblanadi. Saroyning tashqarisi va ichi haykallar, naqshlar, suv havzalari, bog’lar bilan bezatilgan. Qirol Yan III Sobieskining yozgi oromgohi bo’lgan ushbu saroyda yana shoh kutubxonasi, galereya va Oq Zal o’rin olgan.

KRAKOV XIYOBONI

skyscreapperpage.com

Qirollik Yo’li boshida joylashgan Varshavadagi eng gavjum Krakowskie Przedmieścieda Polsha Fanlar Akademiyasi, Varshava Universiteti, Prezident Qarorgohi va ko’plab restoran va do’konlarni sayr qilishingiz mumkin.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in Warsaw (Masovia), Poland

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

Comment here