BlogShahar

LONDON, ANGLIYA $299 DAN

Har yili 30 millionga yaqin sayyohlar bilan London Yevropaning eng ko’p tashrif buyuriluvchi shaharlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun London ko’pchiligimiz uchun albatta ko’rish kerak bo’lgan joylar ro’yxatida birinchi bo’lsa, ajablanishga hojat yo’q. Tarixga boy, ko’p millatli, dunyoning moliyaviy va madaniy markazlaridan biri bo’lgan bu shaharda bir necha kun davomida bir daqiqa bo’lsa-da zerikmaysiz. Asrlar davomida yaxshi saqlanib qolgan ko’chalar, noyob arxitektura, hashamatli qasrlar, go’zal ko’priklar, muzeylar sizni hayratga solishdan charchamaydi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Buyuk Britaniyaga viza bilan boradi. Vizani qanday olish mumkinligi haqida alohida maqola tayyorlaganmiz.

Pul

Britaniyada milliy valyuta funt sterling (£) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.80 funt sterlingga teng. Xalqaro to’lov kartalaridan to’lovda va bankomatlardan pul yechib olishda muammosiz foydalanishingiz mumkin.

Aeroport Transferi

LONDON HEATHROW AEROPORTI (LHR)

Avtobus: manzilga qarab $2-15.

Poyezd (Heathrow Express Train): $27.

Metro (London Underground): $7.5.

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

LONDON GATWICK AEROPORTI (LGW)

Avtobus: $10

Poyezd (Gatwick Express): $25

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

LONDON LUTON AEROPORTI (LTN)

Avtobus: $13

Poyezd: $18. Poyezd bevosita aeroport hududida emas. Luton poyezd vokzaliga yetib olish uchun avtobusda 10 minutlik yo’l yurishingiz kerak ($3).

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

LONDON $25 DAN

HOTELLAR $50 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Londonni aylanish uchun piyoda yurishdan tashqari, metro va avtobus eng qulay transportlar hisoblanadi. Bir martalik bilet avtobus uchun 1.5 funt ($1.8) va metro uchun 2.40 funt ($3). Kontaktsiz Biletni bekatlarda joylashgan avtomatlardan naqd yoki kartada sotib olishingiz mumkin. Maslahatimiz, bir kunlik bilet (Oyster Card) sotib oling (taxminan 7 funt). Taksi uchun minimal to’lov 3 funt va har bir km uchun 1.70-2.30 funt.

SHAHARLARARO

Shaharlararo sayohatda avtobus, tez yurar poyezd, samolyot yoki mashina siz uchun eng asosiy transport vositalari hisoblanadi. Sayohatingiz davomida kutilmagan vaziyatlarni oldini olish uchun (joy bo’lmasligi, qimmat narx), bilet yoki mashinani oldindan bron qilib oling.

London – Manchestr: avtobus $10 dan (5 soat), poyezd $80 dan, samolyot $70 dan

London – Liverpul: avtobus $9 dan (5 soat), poyezd $80 dan

Manchester – Liverpul: poyezd $5 dan (1 soat)

London – Edinburg: avtobus $14 dan (12 soat), samolyot $50 dan

London – Paris: avtobus $18 dan (8 soat), poyezd $60 dan (2 soat), samolyout $40 dan

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha $30 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar narxi 10-15 funtdan boshlanadi. Fast foodlar 5-6 funt, 0.5L pivo 5 funt, cappuccino 3 funt, cola 1.5 funt atrofida turadi. Numbeo.com dan xarajatlar haqida batafsilroq bilib olasiz.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

BUCKINGHAM SAROYI

hellomagazine.com

Buyuk Britaniya qirollik oilasi qarorgohi Buckingham Palace turistlar uchun ochiq (ba’zi qismlaridan tashqari). Saroyga sayohatingiz davomida qirollik oilasining va hozirgi qirolichaning rasmiy uchrashuvlari o’tkaziladigan 19 Mamlakat Xonalari (19 State Rooms) ga ham kirib o’tasiz. Rembrand va Rubens tomonidan chizilgan rasmlar, fransuz mebellari, noyob qandillar bilan bezatilgan ushbu xonalar sizda chuqur taassurot qoldirishi tayin. Saroyga kirish bepul bo’lsa-da, ba’zi xonalarga kirish pullik. Buckingham Saroyini yaxshiroq o’rganish va ko’proq taassurot olish uchun maxsus turlar ham tashkil qilinadi.

WESTMINSTER ABBEY

discoverbritain.com

Ko’plab qirollik to’ylari va marosimlari o’tkaziladigan Westminster Abbey cherkovi Londonning o’rta asr tarixiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Cherkov kunning deyarli barcha vaqtlarida ham sayyohlar bilan to’lib toshishi odatiy hol. Kirish haqi 22 funt va rasmga olish mumkin emas.

WESTMINSTER SAROYI

buildingdesign.com

Parlament Uylari, Parlament Maydoni, Big Ben kabi muhim joylarni o’zida birlashtirgan Wesminster Palace kompleksiga tashrif buyurishni unutmang. Britaniya qonunlari qabul qilinuvchi xonalar bo’ylab sayr sizning yodingizda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Nelson Mandela va Cherchillning haykallari o’rnatilgan Parlament Maydoni biroz hordiq chiqarish uchun ham mos joy.

MINORA KO’PRIGI

swedishnomad.com

Parlament va Big Ben bilan bir qatorda Tower Bridge Londonning eng diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. Temza daryosini kesib o’tuvchi ushbu ko’prik qurilishi 1886-yilda boshlangan bo’lib, nafaqat o’zining noyob arxitekturasi, balki zamonaviy standardlarga javob berishi bilan ajralib turadi: yirik kemalar o’tish vaqtida ko’prik ko’tariladi. Ko’prik ustidan London Minorasi, Avliyo Paul Katedrali va Shard ko’shasida joylashgan osmono’par binolar yaxshi ko’rinib turadi.

LONDON KO’ZI

letenkyzababku.com

Temza daryosida joylashgan The London Eye (ulkan Ferris g’ildiragi) sizga shaharning unutilmas manzarasini taqdim qiladi. 120 metr balandlikka sekin-asta ko’tarilish mobaynida siz nafaqat dam olasiz, balki Londonning siz bilmagan diqqatga sazovor joylarini ham kashf qilasiz. Bilet uchun uzun navbatlar bu yerda odatiy hol. Vaqtingizni behuda sarflamaslik uchun biletni oldindan onlayn bron qilib oling.

CHERCHILL URUSH XONALARI

ticket.uk.com

Churchill War Rooms Ikkinchi Jahon Urushi vaqtida o’sha paytdagi bosh vazir Uinston Cherchillning bomba hujumlaridan himoya bunkeri bo’lgan. Labirintga o’xshash koridorlar bo’ylab sayr qilar ekansiz, urush davri haqida ko’proq tasavvurga ega bo’lasiz. Ko’pgina sayyohlar aynan shu yer Londonda ularga eng ko’p yoqqanligini e’tirof etishadi. Churchill War Rooms ertalab 9:30 dan kechki payt 6:00 gacha ochiq va kirish haqi 21 funt.

HYDE PARKI & KENSINGTON BOG’LARI

pacer.com

Kensington Saroyidan Oksford ko’chasigacha bo’lgan yashil hudud bir paytlar qirol Genry VIII ning oromgohi bo’lgan. Hozir esa jamoat uchun ochiq. Shahar shovqinidan dam olish uchun bu yerga keluvchi sayyohlar bog’lar, ko’llar bo’ylab piyoda yoki velosipedda sayr qilishni yoqtiradilar. Park juda ko’p muhim voqealarga guvoh bo’lgan: Karl Marks, Lenin, Jorj Orvel kabi arboblar shu yerda nutq so’zlagan, London tarixidagi katta namoyishlar ham shu yerda bo’lib o’tgan. Parkka kirish bepul.

BRITANIYA MUZEYI

culutralheriategonline.com

Britaniya muzeyi nafaqat me’moriy durdona, balki dunyodagi eng qadimiy antik asarlar to’plamini o’zida jamlagan joy hisoblanadi. Yaxshi tomoni shuki, muzeyga tashrif buyurish bepul. 8 milliondan oshiq eksponatlarga ega muzeyda bir necha soat qolib ketishingiz tayin. Hatto, siz muzey fanati bo’lmasangiz ham bu joyga tashrif buyurganingizdan achinmaysiz.

KAMDEN BOZORI

camdentownlondon.com

Londonliklar va shahar tashqarisidan kelgan odamlar Camden Marketda ertalab (yoki kunduzi) sayr qilishni yaxshi ko’radi. Kamden bozori aslida Kamden dahasi hududida joylashgab bir nechta bozorlar majmuasi. Har kuni ertalab soat 10 dan boshlab ochilib, mebeldan tortib to oziq-ovqatgacha va kiyim-kechak, suvenirlargacha taklif qiladigan 200 dan ortiq rastalarni o’zida jamlaydi. Bundan tashqari oshxonalar, bar va mahalliy street foodlardan ham bahramand bo’lasiz.

SOHO KO’CHASI

nightlifeinuk.com

Soho Londonning tungi hayot qaynagan eng mashhur ko’chasi. Bar va klublardan tashqari, teatr, jaz barlar va ko’plab restoranlar joylashgan. Hatto kunduz kuni ham Soho o’z jozibasini yo’qotmaydi. Musiqa do’konlari, kafelar, novvoyxonalarda vaqtingizni mazmunli o’tkazasiz.

SHOREDITCH

inlineremovals.com

Shoreditch Londonning eng hayot qaynagan zamonaviy ko’chasi. Moliyaviy baquvvat sayyohlar turar joyni aynan shu ko’chadan olishini xohlashadi. Barlar va restoranlar bilan to’lib-toshgan bu ko’chada kunduzi ham kechasi ham vaqtingizni yoqimli o’tkazasiz. Ajoyib live-music barlar, do’konlar ham bu ko’chaga qo’shimcha joziba bag’ishlaydi.

TEMZA BO’YLAB QAYIQDA SAYR

londonpassblog.com

Temza daryosi Londonning muhim qon tomiri hisoblanadi. Shaharning iqtisodiy rivojlanishi uchun asosiy ro’l o’ynagan Temza Angliyadagi eng uzun daryo hisoblanadi va so’ngda, Shimoliy Dengizga borib quyiladi. Temza juda qadim zamondan beri shahar asosini qurgan rimliklar uchun ham, ingliz qirollari uchun va XX asrdagi urushlar mobaynida ham strategik ahamiyatga ega bo’lgan. Temza bo’ylab qayiqda yoki kruzda sayr qilish Londonning diqqatga sazovor joylarini boshqa nuqtadan yana bir bor kashf qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu yoqimli va o’ziga xos tajriba. Sayohat uchun biletni oldindan bron qilib kelishni maslahat beramiz.

BAKER KO’CHASI

wikipedia.com

Londonning madaniy markazlaridan biri Baker ko’chasi Artur Konan Doylning ashaddiy tergovchisi Sherlok Xolms yashagan ko’cha sifatida tanilgan. Sherlok Xolms muzeyi, Madame Tussauds (dunyoga mashhur kishilar suratlari bilan suratga tushish) muzeyi ham aynan shu jo’chada joylashgan. Ko’chadan Londonning go’zal manzarasini tomosha qilish uchun Primrose Tepaligiga (Primrose Hill) ham chiqishingiz mumkin.

ELEKTRIK XIYOBONI

flickr.com

Electric Avenue London janubidagi Brixtonda joylashgan ko’cha bo’lib, aynan shu ko’chaga Londonda birinchi bo’lib elektr energiyasi olib kelingan. Elektr xiyobonida Brixton bozori ham joylashgan. Qo’l mehnati mahsulotlari, suvenirlar, restoran va live-music barlar bilan to’lgan ushbu xiyobonda kungingiz juda maroqli o’tishi aniq.

LESTER MAYDONI

stjameshotelandclubs.com

Ko’plab Gollivud blokbaster filmlarining primyerlariga mezbonlik qiladigan mashhur joy. Aslida bu maydon 1670-yildan beri shaharning eng hayot qaynagan mazkazlaridan biri bo’lgan. Maydonda shahardagi eng katta kinoteatrlar, turli xil restoranlar, yozning issiq kunida salqinlash uchun bog’ va do’konlar joylashgan. Lester maydonida yilda bir marta Xitoyning an’anaviy Yangi Yili tantanalariga ham guvoh bo’lasiz.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in London (Buckinghamshire ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

Comment here