BlogShahar

BUDAPESHT, VENGRIYA $299 DAN

Vengriya poytaxti va Sharqiy Yevropaning Pariji sifatida ta’riflanadigan Budapesht qit’adagi eng chiroyli shaharlardan biri va ko’plab UNESCO ro’yxatiga olingan yodgorliklarning uyi hisoblanadi. Shahar tarixi tosh asriga borib taqalsa-da, Budapesht rasmiy ravishda 1872-yilda uchta shahar (Buda, Obuda, Pest) ning birlashishidan tashkil topgan va Vengriyaning madaniy, iqtisodiy va boshqaruv markaziga aylangan. Dunay daryosining ikki qirg’og’ida joylashgan shahar shifobaxsh termal buloqlari bilan ham juda mashhur. Budapeshtda ko’rishingiz va qilishingiz kerak bo’lgan narsalar shu qadar ko’pki, 1-2 kun sizga kamlik qiladi. Go’zal qasrlar, ibodatxonalar, eski shahar, mazali taomlar, tungi hayot, termal SPA, shopping bilan sayohatingiz mazmunli o’tishi aniq.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Vengriyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Vengriyada o’zining milliy pul birligi forint (HUF) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 321 forint. Xalqaro to’lov kartalaridan Yevropaning boshqa davlatlarida bo’lgani kabi to’lovda va bankomatlardan pul yechib olishda muammosiz foydalanishingiz mumkin.

Aeroport Transferi

BUDAPESHT FERENC LISZT AEROPORTI

Avtobus: €3. 100E raqamli avotbus to’g’ridan-to’g’ri shahar markazidagi metro bekatiga (Deak Ferenc) olib borsa, 200E raqamli avtobus esa aeroportga eng yaqin bo’lgan metro bekatiga (Kobanya-Kispest) eltib qo’yadi. So’ng, M3 metro liniyasi orqali shahar markaziga yetib olasiz.

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Bolt mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €25 dan

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

BUDAPESHT $17 DAN

HOTELLAR €30 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Budapeshtni asosan piyoda aylanasiz. Jamoat transportlari, ayniqsa metro va tramvaylar shahar kezish uchun juda qulay. Bir martalik bilet €3. Biletni bekatda joylashgan avtomatardan yoki kioskalardan sotib olish mumkin. Avtobus yoki tramvayga chiqqandan so’ng, bilentni validatorga tiqib, aktivlashtirib oling. Maslahatimiz, bir yo’la bir kunlik bilet sotib oling va stressiz sayohat qiling (€5 yoki guruh (1-5) uchun €11). Taksilar uchun minimalka €3 va har bir km uchun €1. Yana bir qulay transport – velosiped yoki skuter. Bir kunlik ijaraga olish (oldindan bron qilsangiz) o’rtacha €10 dan boshlanadi.

SHAHARLARARO

Budapeshtdan tashqariga sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, poyezd, avtobus, mashina yoki samolyotdan foydalanasiz. O’zingiz uchun joyni doimo oldindan bron qilishni tavsiya qilamiz. Quyida ba’zi yo’nalishar bo’yicha transport xarajatlari va biletni qayerdan bron qilish mumkinligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz:

Budapesht – Gyor: avtobus €16 dan,

Budapesht – Bratislava: avtobus €8 dan (4 soat)

Budapesht – Praga: avtobus €18 dan (6 soat)

Budapesht – Vena: avtobus €10 dan (3 soat), poyezd €19 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranlarda asosiy taomlar narxi €6 dan boshlanadi. Street foodlar €2-5 atrofida: McDonald’s €3, KFC €3, kebab €3, bir bakal vino €3, pivo €1.5. Numbeo.com dan xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

BALIQCHI QO’RG’ONI

ancientorigins.com

Halászbástya shaharni bosqinchilardan himoya qilgan baliqchilar sharafiga XIX asr oxirida qurilgan. Ertaklardagi kabi arxitektura sizni hayratga solmasdan qolmaydi. Bino yuqorisiga ko’tarilib, Dunay daryosining va shaharning panoramik manzarasidan bahra oling. Bino ichiga kirish bileti €3.

QAL’A CHO’QQISI DAHASI

travelato.com

Hech bir sayyoh Dunay daryosining g’arbiy sohilida joylashgan Várhegy dahasiga tashrif buyurmasdan ketmaydi. UNESCO Butun Jahon Merosi ro’yxatiga olingan bu hududa XIII asrda qurilgan Buda Qal’asini (Budavári Palota) topasiz. Mongol va Tatarlarlardan himoya vazifasini o’tagan ushbu qal’a XVIII asrda kengaytirilib 200 ta xonali qasrga aylantiriladi. O’zining go’zal arxitekturasidan tashqari, qal’a hududidan butun Budapeshtning to’liq manzarasi ko’z oldingizda gavdalanadi. Varhegy dahasiga piyoda ko’tarilish ancha-muncha kuch talab qiladi. Eng oson yo’l, Batthyány tér metro bekatidan chiqib, an’anaviy lift (funikular) orqali yuqoriga ko’tarilasiz (€4).

ZANJIR KO’PRIK

dreamstime.com

1849-yilda qurilgan, Budapeshtning g’arbiy va sharqiy qismini bog’lab turuvchi Széchenyi Lánchíd Vengriya uchun milliy g’urur va iqtisodiy progres timsoli hisoblanadi. Ikkinchi Jahon Urushi paytida ko’p zarar yetgan bo’lsada, ta’mirdan so’ng ham o’zining asl holatini saqlab qoldi. Ko’prik Budapesht sayyohlari uchun piyoda yoki velosipedda sayr qilish, rasmga tushish uchun sevimli joylarda biriga aylangan.

QAHRAMONLAR MAYDONI

itinari.com

Hosök Tere Budapeshtning eng muhim joylaridan biri va shaharning eng katta jamoat maydoni. 1896-yilda barpo etilgan yodgorligik Vengriya davlatchiligi uchun kurashgan va halok bo’lganlar hotirasiga qurilgan. Baland ustun ostidagi yetti haykal venger davlati asoschilari hisoblanadi. Aytishlaricha, bu venger sarkardalari vengerlarni asl yashash joyi O’rta Osiyodan Yevropaga boshlab kelganlar.

VENGRIYA PARLAMENTI

michelintravel.com

1902-yilda qurib bitkazilgan Vengriya parlamenti binosi Budapeshtning eng mashhur joylaridan biri. Go’zal arxitektura, haykallar va rasmlar tashrif buyurvchilarda katta taassurot qoldiradi. Vengerlar uchun bu bino mustaqillik va demokratiyaga sodiqlik ramzi hisoblanadi. Parlament ichkarisiga kirish uchun biletni oldinroq bron qiling.

TERMAL SPA

hellojetlag.com

Budapesht bekorga SPA shahri deb ham tariflanmaydi. 100 dan ortiq issiq buloqlarga ega shaharda SPA salonlar, hammomlarda dam olish Budapeshtga sayohatingizning eng muhim qismi bo’lishi kerak. Tungi hayot ishqibozlari uchun hatto termal buloqli diskotekalar ham bor. Eng yaxshi termal hammomlar qatoriga: Széchenyi Thermal Baths, Gellért Baths, Rudas Baths, Lukács Baths, Király Baths, Császár Baths

DUNAY DARYOSI BO’YLAB QAYIQDA SAYR

tiqets.com

Quyosh botgan so’ng Dunay daryosi bo’ylab romantik sayrga chiqing. Daryodan shaharning diqqatga sazovor joylarini va Budapesht go’zalligini to’laligicha kashf qilasiz. 1-1.5 soatga cho’ziladigan qayiq yoki kruz sayrlari o’rtacha €10 dan boshlanadi. Biletni oldindan bron qiling va o’zingiz uchun bo’sh joyni kafolatlang.

TERROR UYI

divento.com

Terror uyi XX asrda Vengriyani boshqargan fashistik va kommunistik rejimlardan qolgan eksponatlar, hujjatlar va boshqa turdagi ko’rgazmalarni o’z ichiga oladi. Bino dastlab fashistlar shtab-kvartirasi, so’ng kommunistlar vaqtida xavfsizlik xizmatlari uchun qamoqxona va qiynoqlar qo’llash joyi bo’lgan. Bino ichidagi qamoqxonalarga kirishingiz, ba’zi mahbuslarning kundalik va ko’rsatmalari bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda ikki rejimning qanday faoliyat olib borgani haqida yaqinroq tasavvurga ega bo’lasiz.

DOHANI KO’CHA SINAGOGI

flickr.com

Dohány utcai Zsinagóga hozirgi kunda Isroildan tashqaridagi dunyodagi eng katta ibodatxonalardan biri hisoblanadi, garchi Ikkinchi Jahon Urushi paytida Vengriyaning yahudiy aholisi sezilarli darajada kamayib ketgan. Sinagog ichki qismi va bog’i 1990-yilda qayta tiklangan va unga sarflangan mablag’ dunyo bo’ylab tarqalib ketgan venger yahudiylari tomonidan yig’ilgan. Bu yerda yahuduylarni fashistlardan qutqarishda yordam bergan shved diplomati Roual Uollenberg yodgorligi ham o’rin olgan.

VAYRONA PABLAR

ruinpubs.com

Budapesht o’zining vayrona sifat pivoxonalar (Ruin Pubs) bilan ham mashhur. Buzilgan devor, yirtilgan portret va pardalar, eski divanlar bilan bezatilgan g’ayrioddiy dizayn sizda ajoyib taassurot qoldiradi. Har bir pivoxona o’ziga xos dizayni va atmosferaga ega. Ularning eng mashhurlari: Szimpla Kert, Instant & Fogas Ház, Mazel Tov, UdvarRom

MARKAZIY BOZOR MAJMUASI

hellojetlag.com

Shahar markazidagi Great Market Hall Budapeshtning eng mashhur bozori hisoblanadi. Bozor nafaqat mahalliy aholining, balki turistlarning ham sevimli joylaridan biri. Birinchi qavatda asosan fresh mahsulotlar, yuqorida qavatda kiyimi-kechak, suvenirlar va boshqa aksessuarlar do’konlarini topasiz. Bundan tashqari, venger milliy taomlari va street foodlari ham sizning e’tiboringizdan chetda qolmaydi.

CITY PARK

locationscout.com

City Park oilaviy hordiq chiqarish uchun ajoyib maskan. Sport inshootlari, termal basseynlar va qayiqda sayr qilish uchun ko’lni o’z ichiga oladi. Qish oylarida ko’l Yevropaning eng yirik muzda konki uchish maydoniga aylanadi. Parkda, shuningdek, Budapesht Hayvonot Bog’i va Botanika Bog’lari, Budapesht Sirki kabi qiziqarli joylarni topasiz. Park tashqarisida dunyodagi eng katta qum soatlaridan biri Time Wheel bilan suratga tushishingiz mumkin. Qiziqarli fakt: ushbu qum soatida barcha shisha donalari yuqori qismdan pastga tushishi uchun 1 yil vaqt ketadi.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in Budapest (Pest), Hungary

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

Comment here