BlogPlyajShahar

HINDISTON $299 DAN

Boburiylar yoki Toj Mahal haqida bilmagan, Bollywood filmlarini bir marta bo’lsa ham tomosha qilmagan o’zbeklar topilmasa kerak. Hindistonning ajoyib urf-odatlari va rang-barang festivallari, chiroyli raqs va kiyimlari, gavjum ko’chalari-yu go’zal tabiati haqida tasavvurga egamiz. Bu mamlakatga har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Kimningdir maqsadi dunyo mo’jizalaridan biri bo’lgan Toj Mahal va boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qilish bo’lsa, kimgadir hind taomlari va Mumbaining tungi bazmlaridan zavqlanish asosiy maqsaddir. Yana kimdir Goa oq qumli sohillarida dam olishni va yashil tabiatdan bahra olishni xohlaydi. Hindistonga sayohatingiz sizda unutilmas taassurot qoldirishi aniq. Eng asosiysi, Hindiston ekonom sayyohlar uchun ham eng yaxshi mamlakatlardan biridir.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarolari Hindistonga borish uchun eVisa olsa kifoya. Ya’ni ariza elektron shaklda to’ldiriladi va viza elektron pochtangizga jo’natiladi. Davlat bojini ($35) ham onlayn to’laysiz. Viza 72 soat ichida emailingizga yuboriladi. Shuning uchun vizaga arizani eng kamida 4 kun oldin to’ldiring. Vizaga ariza topshirish uchun yagona va rasmiy portal indianvisaonline.gov.in/evisa/.

Pul

Hindiston milliy purligi Rupi (Indian Rupee). Xalqaro to’lov kartalari ko’p hotel, restoran va do’konlarda qabul qilinsa-da, mayda xarajatlar uchun sizga albatta naqd pul (rupi) kerak bo’ladi. Aeroportda yoki shahar ko’chalarida valyuta almashtirish shoxobchalarini yetarlicha topasiz. Hozirda 1 dollar taxminan 76 rupi. Amaldagi kursni xe.com dan tekshirib oling.

Aeroport Transferi

MUMBAI AEROPORTI (BOM)

Taksi: aeroportdan shaharga to’g’ridan-to’g’ri yagona transport. Shuningdek, hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

DEHLI AEROPORTI (DEL)

Avtobus: bilet narxi $0.5.

Metro: bilet narxi $1. Ish vaqti 04:45 dan 23:30 gacha.

Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

GOA DABOLIM AEROPORTI (GOI)

Avtobus: bilet narxi $3-6.

Poyezd: bilet narxi taxminan $5. Poyezd bekati aeroportdan 1km narida joyashgan.

Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

DEHLI $5 DAN

MUMBAI $5 DAN

GOA $7 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Hindistonda shahar ichi jamoat transportlari (avtobus yoki poyezd) arzon va deyarli shaharning barcha nuqtalarini qamrab olgan bo’lsa-da, ko’p vaqtlarda ularning bo’sh va qulay bo’lishini kutmang. Hindistonda taksilar qimmat emas va ularning turlari ham xilma-xil: klassik taksi, riksha (3 oyoqli mototsikl), skuter va mototsikl taksi v.h. Taksiga chiqishdan oldin albatta narxni oldindan kelishing yoki taksometr bilan jihozlangan (va ishlaydigan) taksidan foydalaning. Tariflar 1km masofaga taxminan $0.25-35. Taksi chaqirishda mobil ilovalar (Uber, OLA) dan foydalanishingiz ham mumkin.

SHAHARLARARO

12GO.asia portalidan Hindistonning shaharlararo avtobus, poyezd yoki samolyot orqali transferlarini tekshirib, biletni oldindan bron qilishingiz mumkin.

Yo’llarning ko’p vaqt tirband va sifatsiz bo’lganligi sabab, mashina ijaraga olishni maslahat bermaymiz.

culturetrip.com

Yeb-ichish xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda tushlik uchun o’rtacha $5 sarflashingiz mumkin. Fast-foodlarni taxminan $1-2 dan sotib olasiz. Numbeo.com dan boshqa xarajatlar haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin

seventrip.com

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

GOA

hotels.com

Hindistonnning plyajda xordiq chiqarish uchun eng mashhur sohil bo’yi shahri. Yashash harajatlarining cho’ntakbopligi, go’zal plyajlar va tabiati sabab bu yerga har yili nafaqat mahalliy aholi, balki millionlab turistlar tashrif buyuradi. Quyoshda toblanishdan va cho’milishdan zeriksangiz, mahalliy bozorlarni, turli xil festivalar va tarixiy obidalarni tomosha qilib, vaqtni mazmunli o’tkazishingiz mumkin. Bundan tashqari, turli xil suv sportlari, g’ovvoslik yoki qayiqda suzish bilan ham shug’ullanishingiz mumkin. Dengizga baliq oviga chiqish yoki fil ustida sayr siz uchun yoqimli va unutilmas onlarni tuxfa etadi. Shahar hayoti, shopping va tungi ko’ngil ochar bazmlar Goaning ajralmas qismidir. Goada 48 tadan ortiq plyajlar bor va ularning eng mashhurlari – Anjuna Beach (Vagator), Baga Beach (Calangute), Candolim Beach (Aguada), Varca Beach, Palolem Beach.

DEHLI

Dehli – Hindistonning poytaxti, aholisi soni bo’yicha Mumbaydan keyin ikkinchi yirik shahar. Madaniy va tarixiy obidalar markazi, shoppingni yoqtiruvchilar uchun jannat va hind gastronomiyasidan zavq olish uchun eng yaxshi joy. Dunyoning yetti mo’jizasidan biri bo’lgan Toj Mahal ham shahardan atigi 200km narida, Agra shahrida joylashgan. Agra shahriga doimiy qatnovchi avtobus va poyezdlardan tashqari, tripadvisor.com dan Agra shahriga bir kunlik privat tur bron qilishingiz mumkin (taxminan $30 dan). Dehlida tashrif buyurishga arziydigan eng yaxshi joylar: Qutub Minorasi | Swaminarayan Akshardham | Humoyun Qabri | Hindiston Darvozasi | Lotus Ibodatxonasi | Qizil Qal’a | Chandni Chawk | Lodhi Bog’i | Gurudwara Bangla Sahib | Toj Mahal (Agra, 200km)

matadornetwork.com

Transport: Dehli – Agra $7 dan

Transport: Mumbay – Agra $80 dan

MUMBAI

britannica.com

Qachonlardir baliqchilar qishlog’i bo’lgan Mumbai hozirda Hindistonning eng hayot qaynagan markaziga aylangan. Tirband ko’chalar, har qadamda fast-foodlar, restoran va barlar, sanoqsiz savdo markazlari, betakror arxitekturaga ega tarixiy obidalar sizni hayratda qoldirmay qo’ymaydi. Mumbai Hindistonning tunda uxlamaydigan shahri deb ham ataladi. Bu yerdagi tungi hayot, ko’ngil ochar bazmlarning dovrug’i butun dunyoga yoyilgan. Mumbai Bollywood kino sanoati markazi hamdir. Dunyoda film ishlab chiqarish soni bo’yicha birinchi o’rinda turuvchi Bollywoodning eng katta povillionlari aynan Mumbaida joylashgan. Shaharda ekansiz, ularni o’z ko’zingiz bilan ko’rishingiz va omadli kun bo’lsa, biror filmning suratga olish jarayonini ham tomosha qilishingiz mumkin. Sayohatingiz davomida Bollywoodning eng mashhur aktyorlari yashayotgan hashamatli uylarni ham uchratasiz. Shahar aylanishdan toliqqan bo’lsangiz, Mumbaining go’zal dengiz sohillarida sayr qiling, afsonaviy bozorlarini aylaning. Quyida sizga Mumbaining eng diqqatga sazovor joylarini keltirib o’tamiz:

Marine Drive (quyosh botishida sayrga keling) | Film City (Bollywood) | Bandra-Worli Sea Link | Gateway of India | Chor Bozori | Elephanta Oroli | Chhatrapati Shivaji Terminus | Juhu Chowpatty (street-foodlar makoni) | Sanjay Gandhi Milliy Parki | Dharavi (Osiyoning eng katta xaroba qishlog’i)

Foydali Maslahatlar

  • Hindiston haqida har qanday salbiy stereotiplarni hayolingizdan chiqaring
  • Havo juda issiq bo’lsa ham judayam ochiq kiyinmang
  • Pul, sumka, telefon va boshqa narsalarga doim e’tiborli bo’ling
  • “Nai” (ya’ni yo’q) so’zini bilib oling. Chunki ko’p ishlatishga to’g’ri keladi
  • Narxlar bo’yicha doim savdolashing (taksi, suvenir v.h)
  • Imkon bo’lsa, tungi payt taksiga yolg’iz o’tirmang
  • Yoningizda doim naqd pul olib yuring
  • Kran suvini ichishdan saqlaning
  • Hind taomlaridan ko’proq ta’tib ko’rishni unutmang
  • Aeroportning o’zidayoq mahalliy sim-karta sotib oling

Qachon borgan ma’qul?

Hindistonga borish uchun eng qulay davr oktabrdan martgacha. Bu paytda havo iliq, quyoshli va quruq bo’ladi.

Climate and average monthly weather in New Delhi (Delhi NCR), India

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar

Comment here