BlogPlyajViza talab qilinmaydi

MALDIV OROLLARI $499 DAN

Maldiv orollari o’zining moviy dengiz suvlari, palma daraxtlarga to’la sohillari va oq qumli plyajlari bilan ko’pchilikka yaxshi tanish. Ayniqsa, dengiz ustida qurilgan bir-biridan chiroyli hotel va rezortlarda bir kecha dam olish ko’p turistlarning orzusidir. Yilning deyarli istagan payti shahar hayotidan yiroq, sokinlikda dam olmoqchi bo’lsangiz, 1000 dan ortiq orollardan tashkil topgan Maldivda siz uchun mos joy albatta topiladi. Orollarning hajmi kichik bo’lgani sabab, atrofingizda mashina va shovqinni deyarli sezmaysiz, chunki orolni deyarli barcha piyoda yoki velosipedda sayr qiladi. Atrofda go’zal dengiz va tabiatdan boshqa narsa sizni bezovta qilmaydi. Ta’tilingiz yanada maroqli o’tishi uchun bu yerda turli xil suv sportlari bilan, suvostidagi betakror marjon qoyalar va rang-barang suv jonzotlarini tomosha qilish, qayiqda yon atrofdagi kimsasiz orollarga qayiqda sayr qilish bilan shug’ullanishingiz mumkin. Ko’pchilik sayyohlar romantik atmosferasi sabab, Maldiv orollarini asal oyi uchun jannat deb ham atashadi. Tog’ri, Maldiv orollari o’zining luxury turar joy va xizmatlari bilan tanilgan bo’lsa-da, kamxarj sayohatchilar uchun ham eshiklar doim ochiq. So’nggi yillarda qimmat hotel va rezortlardan tashqari, mahalliy maldivliklar tomonidan taklif qilinayotgan cho’ntakbop guest-houselar kundan kun ortib bormoqda.

Bilarmidingiz? Maldivning 100% aholisi musulmon. Shuning uchun bu yerda masjidlarni, hijobga burkangan ayollarni uchratishingiz tabiiy hol. Jamoat joylarida (hotel, restorandan tashqari) alkogol ichish va olib yurish mumkin emas. Bikini bilan yurish ba’zi jamoat plyajlarida ruxsat etilmaydi. Ko’chada yelka va tizzadan yuqori qismlarni ochib yurish ham taqiqlanadi.

tripadvisor.com

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarolari Maldiv orollariga vizani uchib kelgandan so’ng, bevosita aeroportdan oladilar (visa on arrival). Agar ta’tilingiz 30 kundan kam bo’lsa, hech qanday davlat boji ham olinmaydi.

Pul

Mamlakatning rasmiy pul birligi Rufiyaa. Shunday bo’lsada, AQSH dollari ham keng muomalada. Xalqaro to’lov kartalari deyarli barcha joylar (hotel, restoran, magazin v.h) da qabul qilinadi. Lekin shunday bo’lsa-da, yetarlicha naqd pul ($ yoki rufiyaa) olib yurishni tavsiya qilamiz. Ba’zi kichik orollarda to’lov kartalari bilan muammo bo’lishi mumkin. Ma’lumot uchun: hozirda 1 dollar taxminan 15 rufiyaaga teng. Amaldagi kursni xe.com dan tekshirib oling.

Aeroport Transferi

VALENA (MALE) AEROPORTI (MLE)

Male shahridagi Velana Xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoki Maleda joylashgan hotelga avtobus ($1), parom ($1.5) yoki taksida ($3) yetib olishingiz mumkin.

GAN (ADDU) AEROPORTI (GAN)

Addu shahridagi Gan Xalqaro aeroportidan hotelga faqat privat taksilar orqali yetib olishingiz mumkin. Ko’pgina hotellar mijozlari uchun bunday xizmatlarni bepul yoki qo’shimcha haqga taklif qiladi. Buni tekshirib oling. Taksilar arzon. Shaharning istagan nuqtasiga maksimum $2-3 yetib olasiz.

Tavsiya: Aeroportdan mahalliy sim karta sotib oling. Sababi barcha joyda ham Wi-Fi topolmasligingiz mumkin.

Transport

Maldivning 1000 dan ortiq orollaridan atigi 200 tasi o’zlashtirilgan, ya’ni insonlar yashaydi. Eng katta orol Gan oroli, uzunligi taxminan 14km. Shuning uchun Maldivning ko’p orollarida jamoat transportlari mavjud emas, chunki orollar hajmi kichkinaligidan bunga hojat yo’q. Paromlar bu yerda foydalaniladigan eng asosiy va arzon transport vositasidir. Bu yerda sayyohlarning asosiy mashg’uloti yon atrofdagi go’zal orollarga sayohat qilishdir. Shuning uchun kundalik hayotda paromlarga bir necha marta ehtiyoj sezishingiz mumkin. Orollarning uzoq-yaqinligiga qarab, chipta narxlari $3-25 atrofida bo’ladi. Masalan, Male orolidan Maafushi oroliga taxminan $3 ga yetib olasiz. Chiptani oldindan sotib olsih shart emas. Paromlar bormaydigan orollarga yoki ularning ishlash javalidan tashqari sayohat qilmochi bo’lsangiz tez yurar qayiqlardan foydalanasiz, lekin ularning xizmat haqi eng kamida $200-300 atrofida bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, Maldiv orollarida uzoqroq masofaga samolyot orqali ham yetib olishingiz mumkin. Maldiv orollarida 8 dan ortiq xalqaro va bir nechta mahalliy aeroportlar xizmat ko’rsatadi. Lekin esda saqlab qoling, Maldiv orollarida nafaqat uchish, balki uzoq masofaga (orollarga) suv orqali (parom yoki tez yurar qayiqda) sayohat xarajatlari ham odatda ancha yuqori. Agar budjetingiz cheklangan bo’lsa, turar joyni uchib kelish aeroportingizga yaqin masofadan qidiring va sayohat uchun uzoq orollarga bormang.

Paromlar, tez yurar qayiqlar va transferlar jadvalini atolltransfer.com orqali tekshirib olishingiz mumkin.

Yeb-ichish xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda tushlik uchun o’rtacha $4 dan $10 gacha sarflashingiz mumkin. Iloji bo’lsa, albatta 3 mahal ovqat bilan ta’minlaydigan (yoki all-inclusive) turar joyni tanlang. Numbeo.com dan boshqa turdagi xarajatlar haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin.

CHO’NTAKBOP MALDIV OROLLARI

MAAFUSHI

agoda.com

Maafushi Maldivning turistlar gavjumroq orollaridan. Sababi, bu yerda turar joylar, restoran va barlar, turli xil ko’ngil ochar mashg’ulotlar bo’yicha tanlov katta. Shu bilan birga, orol chiroyli suvosti marjon qoyalari, g’ovvoslar uchun juda ko’p sho’ng’ish joylari, oq qumli plyajlar bilan sayyohlarning ko’nglini qoldirmaydi.

Orolga Male shahridan atigi 1.5 soatda paromda yetib olasiz. Paromlar juma kunidan tashqari har kuni soat 15:00 da Maafushiga qatnovlarni amalga oshiradi. Chipta narxi $1.5. Orol haqida batafsil shu yerda.

Maafushidan turar joy $50 dan (1 kecha, 2 kishi)

THODDOO

maldives-magazine.com

Juftliklar va oilaviy ta’til uchun mos orol. Ko’plab suv sportlari, oq qumli plyajlari va go’zal tabiati bilan sizni o’ziga maftun qilmasdan qolmaydi. Ekonom hotel va guest houselar yetarlicha topiladi.

Male shahridan har kuni (jumadan tashqari) 23:45 da parom to’g’ridan-to’g’ri Thoddoo oroliga yo’lga chiqadi. Taxminan 5 soatlik masofa. Chipta $10. Orol haqida batafsil shu yerda.

Thoddoo orolida turar joy $50 dan (1 kecha, kishi)

UKULHAS

maldives-magazine.com

Ukulhasda bankomatlar hozircha mavjud emas, shuning uchun yetarlicha naqd pul olishni unutmang. Orol Maledan taxminan 75km uzoqlikda joylashgan. Har kuni (dushanbadan payshanbaga qadar) 09:00 da Ukulhasga to’g’ridan-to’g’ri parom yo’lga chiqadi. Chipta narxi $4 va taxminan 4 soatlik yo’l. Orol haqida batafsil shu yerda.

Ukulhas orolida turar joy $45 dan (1 kecha, 2 kishi)

DHIGURAH

maldives-magazine.com

Dhigurah oroli atrofida dunyodagi eng mashhur g’ovvoslik joylari mavjud. Go’zal marjon qoyalar orasida kit akulalar bilan yonma-yon suzish sizga unutilmas taassurot tuhfa etadi.

Orol Maleda taxminan 97km narida joylashgan. Dushanba, chorshanba va shanba kunlari soat 09:00 da Dhigurah oroliga parom yo’lga chiqadi. Chipta narxi $3.5 va yo’lga o’rtacha 6 soat sarflaysiz. Orol haqida batafsil shu yerda.

Dhigurah orolida turar joy $70 dan (1 kecha, 2 kishi)

THULUSDHOO

holidify.com

Orol Maledan atigi 25km uzoqlikda joylashgan. Parom har shanba, yakshanba, dushanba, chorshanba, payshanba kunlari soat 15:30 da, seshanba kuni 14:30 da, juma kuni esa 22:30 da Thulusdhooga yo’lga chiqadi. Chipta narxi $3 va yo’lga o’rtacha 1.5 soat vaqt sarflaysiz. Orol haqida batafsil shu yerda.

Thulusdhoo orolida turar joy $40 dan (1 kecha, 2 kishi)

OMADHOO

maldives-magazine.com

Maledan 4.5 soatlik yo’l. Parom har shanba, dushanba va chorshanba kunlari soat 09:00 da Omadhoo oroliga sizni to’g’ridan-to’g’ri eltib qo’yadi. Chipta narxi $7. Orol haqida batafsil shu yerda.

Omadhoo orolida turar joy $50 dan

BODUFOLHUDHOO

booking.com

Bodufolhudhoo kam budjet bilan dam olish mumkin bo’lgan yana bir Maldiv oroli. Paromlar faqat dushanba va payshanba kunlari Maledan Bodufolhudhooga yo’lga chiqadi. Taxminan 5 soatlik yo’lga chipta narxi $5. Orol haqida batafsil shu yerda.

Bodufolhudhoo orolida turar joy $45 dan

THINADHOO

maldives-magazine.com

Maledan 77km uzoqlikda. Paromlar har yakshanba, seshanba va payshanba kunlari soat 10:00 da Thinadhooga yo’lga chiqadi. Chipta narxi $7 va taxminan 5 soatlik yo’l. Orol haqida batafsil shu yerda.

Tinadhoo orolida turar joy $80 dan (1 kecha, 2 kishi)

ADDU

kayak.com

Addu shahrida joylashgan Gan Xalqaro Aeroporti ham Maldivning asosiy aeroportlaridan bir hisoblanadi. Shuning uchun arzon aviabiletlar qidirayotganingizda ushbu orolni ham muqobil variant sifatida esdan chiqarmang. Addu shahri Gan, Feydhoo, Maradhoo, Hithadhoo va Hulhumeedhoo kabi katta orollarni o’zi ichiga oladi. Gan Aeroportidan bu orollarning barchasiga (Hulhumeedhoodan tashqari) avtobus yoki taksida ham yetib olishingiz mumkin. Adduning avfzalliklaridan biri bu yerda turar joy tanlovining ko’pligidadir. Luxury rezort va hotellardan tashqari, arzon hostel va guest-houselar ham yetarlicha topiladi.

Addu shahrida turar joylar $35 dan (1 kecha, 2 kishi)

Qachon borgan ma’qul?

Maldiv orollari yil bo’yi issiq va quyoshli, o’rtacha harorati 23º – 31ºC. Shunday bo’lsada, Maldiv orollariga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt noyabrdan aprelgacha. Eng ko’p turistlar mavsumi dekabr va mart oylariga to’g’ri keladi.

Best Time to Visit Maldives: Maldives Weather By Months - Wiki ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Comment here