Filippin shunday mamlakatki, bu yerga tashrif buyurgan har bir mehmon xordiq chiqarish uchun barcha narsani topadi: dengiz, go’zal sohillar va plyajlar, betakror va yovvoyi tabiat, mazzali taomlar, zamonaviy shahar hayoti va tarixiy obidalar, mehmondo’st mahalliy insonlar v.h. Filippinni barcha diqqatga sazovor joylarini aylanish ta’tilingiz davomida deyarli imkonsiz. 7 mingdan ortiq orollarga ega bu mamlakatning atigi 2 mingtasida insonlar yashaydi va bu orollar o’zining takrorlanmas go’zalligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Xullas, bu mamlaktga sayohatingiz sermazmun bo’lishi aniq.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
Filippin bilan vizasiz rejim amal qiladi.
Pul
Xalqaro to’lov kartalaridan bemalol foydalanishingiz yoki bankomatdan pul yechib olishingiz mumkin. Filippin milliy valyutasi Peso yagona naqd pul to’lov vositasidir. Kunlik xarajatlaringiz uchun albatta naqd pul olishni unutmang. Aeroportda, valyuta almashtirish shoxobchalarida yoki bankomat orqali peso sotib oling. Hozirda 1 dollar taxminan 50 peso. Amaldagi kursni xe.com orqali bilib olishingiz mumkin.
Aeroport Transferi
MANILA NINOY AQUINO AEROPORTI (MNL)
Avtobus: bilet narxi $1. Biletni onlayn bron qiling.
Taksi: eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz, ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz va qo’shimcha, arzon narx, hotelgacha olib borish va bepul kutib turish kabi qulayliklarga ega bo’lasiz. Yoki Janubiy Osiyo mamlakatlarida mashhur bo’lgan Grab Taxi mobil ilovasi Filippinda ham ishlaydi.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha $35 dan.
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)
HOTELLAR $10 DAN
Transport
Filippin bo’ylab sayohatingizda asosan taksilardan foydalanasiz. Sababi qulay, tez va arzonligi uchun. Faqat o’tirishdan oldin taksometr bilan jihozlanganligiga amin bo’ling. Yoki mobil ilova orqali chaqiring. Grab Taxi mobil ilovasi butun mamlakat hududida keng ishlatiladi. Jamoat transportlaridan eng mashhuri bu Jeepney (qisqacha Jeep) kichik avtobus. Narxi $0,25. Eng qizig’i, bu transport o’zining ajoyib dizayni va doim tiqilinch bo’lishi bilan mashhur. Uni istagan joyda to’xtatib chiqish va tushib qolish mumkin, huddi O’zbekistonning yo’nalishli damas yoki marshrutkalari kabi. Filippinning orollardan tashkil topganini hisobga olsak, bu yerda albatta bir oroldan ikkinchi orolga sayohat qilishda samolyot yoki qayiq (kema, kruz)lardan foydalanishingizga to’g’ri keladi. Agar sayohatingiz davomida uchishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, aviabiletlarni oldindan bron qilib oling. Oroldan orolga qayiq, kema va kruzlar orqali sayohat qilish nafaqat arzon balki dengiz va tabiatdan zavq olishning ajoyib yo’lidir. Har bir orolda doimiy marshrutlar bo’yicha qatnovlarni amalga oshiruvchi shunday kemalar turadiga portlarni topasiz. Odamlar bajonidil sizga eng yaqin portga yo’lni ko’rsatib yuborishadi. Yo’l uchun chiptani ham shu yerdan olish mumkin. Narxlar masofaga qarab $0.5 dan boshlanadi.
12GO.asia Janubiy Osiyodagi eng mashhur transfer portali. Filippinda bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, ushbu portaldan avtobus, poyezd, parom yoki samolyot orqali transferlarni oldindan bron qilishingiz mumkin.
Yeb-ichish xarajatlari
Filippin turistlar uchun Osiyoning eng arzon mamlakatlaridan biri. Street-foodlar o’rtacha $2, qimmat bo’lmagan restoranda tushlik $4-5 atrofida turadi. Numbeo.com dan boshqa turdagi xarajatlarni ham batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Palawan oroli dunyodagi eng ko’p tashrif buyuriluvchi orollardan biri hisoblanadi. Orol o’zining tabiati, chiroyli plyajlari va suv osti marjonqoyalari bilan xordiq chiqaruvchilarni o’ziga jalb etadi. Eng chiroyli plyajlari: Nacpan Beach, Sabang Beach, Seven Commandos Beach, Long Beach, Las Cabanas Beach, Nagtabon Beach, Duli Beach, Pamuayan Beach, Banol Beach Coron.
Turar joylar $8 dan
Maniladan Palawanga transport $21 dan
Boracay kichkina bo’lsa ham Filippindagi eng mashhur orollardan biri. Tashrif buyuruvchilarning ko’pligidan bir muncha vaqt avval orol 6 oyga yopildi. Orolni asl holiga qaytarish uchun. Bir paytlar bazmlar oroli bo’lgan Boracayda bugun qattiq qoidalar amal qiladi: jamoat joylarida ichish, chekish qat’iyan taqiqlangan. Orol endi sokinlik va tinch xordiqni xush ko’ruvchilar uchun ideal joyga aylandi. Orolda jami 17 ta plyaj bo’lib, eng diqqatga sazovori bu White Beach, ya’ni Oq Plyaj. Orolda g’ovvoslik, surfing va boshqa suv sportlari bila shug’ullanish uchun barcha sharoitlar bor.
Turar joylar $22 dan
Maniladan Boracayga transport $20 dan
Bantayan Sebu orolining g’arbida joylashgan Visayan dengizidagi tanho orol. Orolning turistlar uchun jozibadorligi uning oq qumli plyajlari va sokin atmosferasidir. Agar sizga shovqinlardan xalos, tinch xordiq yoqsa, demak Bantayan ta’tilingiz uchun mos joydir. Mashinalar juda kam, shuning uchun bu yer turistlar bilan gavjum emas. Orolda chiroyli qishloqlar bor. Vaqtingizni suzish, velosipedda sayr qilish, kichik ammo go’zal orolchalar bo’ylab sayohatlarga sarflashingiz mumkin.
Turar joylar $12 dan
Transport: Maniladan Cebu oroliga, so’ng orolda joylashgan Hagnaya portidan paromda Bantayan oroliga yetib olasiz ($5).
Caramoan orollari filippinliklar tomonidan ham ko’p tashrif buyuriladigan joydir. Shuning uchun u yerda mahalliy aholini tez-tez uchratasiz. Go’zal toshli qoyalar, qumli plyajlar va rangli baliqlarga mo’l dengiz barchani o’ziga jalb qilmay qolmaydi. Qayiqda yon-atrofdagi orollarga sayohat qilish va atrofdagi go’zallikni tomosha qilish Caramoandagi eng yoqimli mashg’ulotlardan. Bunday qayiq va kruzlar sayohatini asosan Paniman kurortidan boshlaydi.
Turar joylar $25 dan
Maniladan Naga shahriga ($9) yoki Legaspi shahriga ($15), so’ng paromda Caramoan orollariga yetib olasiz.
Bohol oroli nafaqat chiroyli sohillari bilan, balki mo’jizaviy tabiati bilan ham sizni lol qoldiradi. UNESCO merosiga kiruvchi Shokolad tepaliklari (Chocolate Hills), guruch terassalari, sharsharalari, g’ovvoslar uchun go’zal suv osti mavjudotlari, chiroyli plyajlari bilan bir necha kun ta’til o’tkazish uchun juda qulay joy.
Turar joylar $8 dan
Transport Maniladan Boholgacha $21 dan
Koronning landshaftlari zich, deyarli o’tib bo’lmaydigan o’rmon, ko’l va lagunalar bilan ajralib turadi. Vaqtingizni Kayangan ko’lida suzish, Barracuda ko’lida g’ovvoslik, Banol plyajida quyoshda toblanish bilan o’tqazasiz. Koron ko’rfazi Ikkinchi Jahon urushidagi sirli yapon kemalari bilan mashhur – suv osti sayohati uchun haqiqiy jannat.
Turar joylar $12 dan
Transport Maniladan Corongacha $45 dan
Malcapuya oroliga yetib olish uchun Palawandagi Koron shahridan atigi bir soat qayiqda suzasiz. Bu orol haqiqiy tropik jannat: toza tiniq suv, filippin qayiqlari, palma daraxtlari va oq-qumli plyajlar. Malcapuya o’z asl holatini saqlab qolgan. Bu yerda hotellar, magazinlar yoki asfalt yo’llarni kam uchratasiz. Kunlaringizni quyosh botishi, suzish va dengiz hayoti bilan o’tkazish uchun ajoyib joy. Qayiqlarda Banana oroli va Bulog Dos oroliga sayohat qiling va zavq oling.
Turar joylar $12 dan
Transport: Maniladan Coron oroliga ($40), so’ng paromda Malcapuya oroliga yetib olasiz ($10).
Uzoq mamlakatlardan parvozlar asosan Filippin poytaxti Manila aeroportiga amalga oshiriladi. Manila shubhasiz mamlakatning biznes markazi va tarixiy obidalarga ham boy shahar. Albatta bu yerda hech bo’maganda bir kungizni o’tkazishni tavsiya qilamiz. Diqqatga sazovor joylari – Fort Santiago (Manilaning Eski Shahari), Binondo Chinatown, Bonifacio Global City, Poblacion (eski shahar va ko’ngil ochar markazlar), Maginhawa Street (ko’plab street-foodlar makoni), Tiendesitas (milliy bozorlar)…
Qachon borgan ma’qul?
Yomg’irli sezon iyundan oktabrgacha, quruq sezon oktabrdan maygacha davom etadi. Asosiy turistlar sezoni dekabrdan fevralgacha, bu paytda havo harorati 24℃-31℃ ni tashkil qiladi.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar
Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi
Comment here
You must be logged in to post a comment.