BlogPlyajViza talab qilinmaydi

TAILAND $399 DAN

Tailandga albatta tashrif buyurshingiz uchun sabablar keragidan ortiq. Butun dunyoda sevimli tay taomlari, tay massaj, go’zal plyajlar, yil bo’yi yoqimli tropik iqlim, arzon yashash xarajatlari, yuzidan tabassum tushmaydigan mehmondo’st odamlar, behisob ibodatxonalar, o’ziga xos an’anaviy bozorlar, tungi hayot… Bu ro’yhatni ko’p davom ettirish mumkin. Shuning uchun ham bu go’zal diyorga yiliga 30 milliondan oshiq sayyohlar tashrif buyurishadi. Luxury kurortda dam olishni xohlaysizmi yoki budjetingiz cheklanganmi farqi yo’q. Tailand barchaga ta’tilni o’zi istagandek o’tkazishi uchun ideal joylardan biri.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

Tailand bilan vizasiz rejim amal qiladi (15 kungacha).

Pul

Xalqaro to’lov kartalaridan mamlakat bo’ylab to’lovlarda va bankomatlardan pul yechib olishda bemalol foydalanishingiz mumkin. Albatta, ba’zi joylarda naqd pulga ehtiyojingiz bo’lishi tayin. Shuning uchun, bankomatlardan yoki valyuta almashtirish shoxobchalaridan yetarlicha naqd pul olishni unutmang. Tailanda milliy valyuta Baht (THB) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 32 bahtga teng. Amaldagi kursni xe.com dan tekshirib olishingiz mumkin.

Aeroport Transferi

BANGKOK SUVARNABHUMI AEROPORTI (BKK)

Avtobus: bilet narxi $1.2.

Poyezd: bilet narxi $1.5.

Taksi: hotelingizga yetib olish uchun eng qulay variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz, ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz va qo’shimcha, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish va bepul kutib turish kabi qulayliklarga ega bo’lasiz. Yoki Janubiy Osiyo mamlakatlarida mashhur bo’lgan Grab Taxi mobil ilovasi Tailandda ham ishlaydi.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha $20 dan.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

BANGKOK $8 DAN

HOTELLAR $12 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Shahar ichida arzon jamoat transportlari (avtobus, metro) dan tashqari, mototsikl taksi, Tuk-Tuk taksi (uch oyoqli) va klassik taksilar ham ancha cho’ntakbop narxlarda xizmat qiladi. Masalan, mototsikl taksilar shahar bo’ylab masofaga qarab $0.60 dan $2 gacha xizmat haqi olishadi.

SHAHARLARARO

Shaharlararo ko’chmoqchi bo’lsangiz, eng arzon va qulay transport bu poyezdlar. Temir yo’llar orqali deyarli Tailandning barcha shaharlariga sayohat qilishingiz mumkin. Faqat bu mamlakatda tez yurar poyezdlar yo’qligini hisobga oling. Chiptani sayohat kuni poyezdvokzaldan bevosita sotib olishingiz mumkin. Chipta narxi, masalan, 8 soatlik (600km) yo’l uchun taxminan $25 ga tushishi mumkin. Tailand bo’ylab havo yo’llari orqali tez va qulay sayohat qilasiz. Masalan, Bangkokdan Puketga samolyotda $20 ga yetib olasiz. Aviabiletni qancha erta sotib olsangiz shuncha yutasiz. Bundan tashqari, Tailand orollari bo’ylab sayohatingizda paromlar (kema, qayiq) dan ham foydalanishingiz mumkin. Masalan, Puketdan Koh Phi Phi oroligacha masofa uchun o’rtacha $25 sarflaysiz. Biletlarni bevosita portlardan yoki onlayn sotib olishingiz mumkin.

12GO.asia Janubiy Osiyoda, shu jumladan Tailandda ham mashhur transfer portali. Mamlakat bo’ylab avtobus, poyezd, parom yoki samolyot orqali transferlarni oldindan bron qilishingiz mumkin. Joyni oldindan naqd qilib, xotirjamlikda sayohat qiling.

Yeb-ichish xarajatlari

O’rtacha qimmatlikdagi restoranda tushlik uchun taxminan $4 -7 sarflaysiz. Masalan, tay lag’moni oddiy restoranda $3-3.5 turadi. Shundaq qilib, bir kunlik yeb-ichish xarajatlari $15-20 atrofida bo’lishini kuting. Numbeo.com dan boshqa turdagi xarajatlarni ham tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

BANGKOK

dinemagazine.com

Tailand poytaxti Bangkok ko’pchilik tashrif buyuruvchilar uchun bu mamlakat bilan ilk uchrashuv nuqtasidir. Bir tomonda, son-sanoqsiz tarixiy joylar, ko’rkam ibodatxonalarni, ikkinchi tomonda, osmono’par binolar bilan bezalgan zamonaviy shaharni ko’rasiz. Bangkokda hech bo’lmasa 2-3 kun to’xtang va albatta Wat Arun, Wat Saket, Wat Pho, Wat Phra Kaeo ibodatxonalarini, Qirollik Saroyini borib ko’ring, Chao Phraya daryosida qayiqda sayr qiling va Lumphini Parkiga tashrif buyuring. Albatta, bu butun shaharni o’rganish uchun yetarli vaqt emas, lekin bu sizga Tailand haqida birinchi va albatta yoqimli taassurot olishingiz uchun kifoya qiladi.

Tiqets.comBangkokdagi sayohatingiz uchun qiziqarli idealar

PATTAYA

seventravels.com

Bangkokdan janubi-sharqda, taxminan ikki soatlik yo’lda Tailandning tungi poytaxti Pattaya shahri joylashgan. Uning ikkita katta plyajlari bo’lsada, sayyohlar uchun eng qiziqarlisi bu emas. Ko’pchilikni bu yerga yetaklaydigan narsa Pattayaning ajoyib tungi hayoti, klublari va ko’ngil ochar markazlari. Quyosh botgandan so’ng, Walking Street deb ataluvchi ko’cha bo’ylab sayr sizning yodingizda uzoq payt saqlanib qolishi aniq. Agar siz shunchaki sokinlikda xordiq chiqarmoqchi bo’lsangiz, Pattayaning dengiz sohillaridan o’zingiz istagan joyni albatta topasiz.

Pattayada turar joylar $9 dan

Bangkokdan Pattayaga transfer $7 dan

PHUKET OROLI

planetware.com

Tailandning eng katta oroli va mamlakatning eng mashhur sayyohlik joylaridan biri bo’lgan Phuket ko’p qirralarga ega. Orolga birinchi bor tashrif buyurgan ko’plab sayyohlar o’zining go’zal plyajlar, suv sportlari va ayniqsa tungi ko’ngil ochar bazmlari bilan tanilgan Patong sohillariga yo’l oladi. Sevimli plyajlar qatoriga Freedom Beach va Karon Beach kabilarni qo’shishimiz shart. Phuketda ko’plab shoulardan, Muay-Tay janglaridan va turli xil milliy va internatsional taomlardan bahramand bo’lishingiz mumkin. Bundan tashqari, o’rmonlarda sayr qilish, fillar shousini tomosha qilish, baliq ovlash, g’ovvoslik bilan shug’ullanish bu oroldagi hamma mashg’ulotlar emas. Vaqtingizni ayamay albatta tarixiy joylar Wat Chalong va Big Buddhaga tashrif buyuring. Bundan tashqari, Phuket eski shahrini ham chetlab o’tmang, aylaning va ajoyib atmosferadan bahra oling.

Phuketda turar joylar $9 dan

Bangkokdan Phuketga transport $20 dan

KOH SAMUI OROLI

tripadvisor.com

Koh Samui Tailandning ikkinchi eng katta oroli, u boshidan bu boshigacha taxminan 23km. Sohil boyida joylashgan luxury rezortlar, oq qumli va palmalarga to’la plyajlar, moviy dengiz bu orolning eng asosiy plyuslari hisoblanadi. Tailandning turistlar orasida eng mashhur joylaridan biri. Orolning asosiy qismini tropik o’rmonlar egallagan va bu esa sizga shahar hayoti va shovqinidan holi haqiqiy tropik atmosferada xordiq chiqarish imkonini beradi. Chawen Beach, Lamai Beach, Bhoput Beach plyajlari, qayiqda yon orollarga sayr va orolning ekzotik hayvonlari sizga unutilmas taassurotlar ulashadi.

Koh Samuida turar joylar $8 dan

Bangkokdan Koh Samuiga transport $20 dan

KOH PHI PHI OROLI

nomadicmatt.com

Koh Phi Phi ikki oroldan tashkil topgan va umuman Tailandning boshqa plyaj bilan mashhur orollariga qaraganda kichikroq teritoriyaga ega. Tungi bazmlar, shovqin shahar hayoti siz qidirayotgan narsalar bo’lmasa, Phi Phi oroli siz uchun yaxshi tanlov bo’ladi. Orolning turistlar uchun eng mashhur mashg’uloti bu suv osti sayohati hisoblanadi (g’ovvoslik qilish). Dengiz rang-barang baliqlarga, marjon qoyalarga, toshbaqalarga to’la. Bunday go’zal landshaft bo’ylab sayohat qilish juda katta zavq bag’ishlaydi. Bundan tashqari, qayiqda orol atrofini sayr qilish va baliq ovlash bilan ham shug’ullanishingiz mumkin.

Koh Phi Phi orolida turar joy $14 dan

Bangkokdan Koh Phi Phi oroliga transport $30 dan

Qachon borgan ma’qul?

Tailandga turistlar asosan quruq mavsum noyabrdan aprel oyigacha tashrif buyuradilar. Bu paytda havo harorati 32-36℃ atrofida bo’ladi. Odatda iyuldan oktabrgacha, ba’zan may va iyul oylari ham yomg’irli kunlar ko’p bo’ladi. Lekin bu davrda turar joy va avibiletlarning narxi past bo’lishi saba, cheklangan budjet bilan sayohat qilish uchun ayni muddaodir.

Climate and average monthly weather in Pai (Mae Hong Son Province ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar

Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi

Comment here