Betonli jungli nomi bilan ham tanilgan Singapurning rivojlanish yo’liga necha mamlakatlar havas bilan qaraydi. Singapurni kezar ekansiz, beixtiyor zamonaviy ideal shahar shunday bo’lsa kerak deb o’ylab qolasiz. Yo’llar sifati, jamoat transporti, xizmatlar, ko’chalarda tartib va tozalik yuqori darajada yo’lga qo’yilgan. Singapur sizni aeroportning o’zidayoq shokka tushiradi. Singapur aeroporti dunyoning eng chiroyli aeroportlaridan hisoblanadi. Uning dizayni, insonlar uchun qulayliklar va aeroport ichida yaratilgan ulkan tabiiy yashil park bu mamlakat haqida sizda faqat iliq taassurotlar qoldiradi. Aholining katta qismini kelib chiqishi xitoylik, hind va malayziyalik bo’lgan turli millat vakillari tashkil qiladi. Shuning uchun, Singapurda turli millat ana’nalari, festivallari, madaniyati va taomlaridan bahramand bo’lasiz.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
O’zbekiston fuqarolari Singapurga viza uchun hujjatlarni elektron topshira oladilar. Buning uchun sizga pasport fotokopiyasi (elektron), rasm 3.5×4.5 (elektron) va viza uchun to’ldirilgan ariza kerak bo’ladi. Arizani onlayn topshirasiz. Arizani hech bo’lmaganda 30 kun oldin topshirish tavsiya qilinadi. Viza o’rtacha 2-3 kunda tayyor bo’ladi va sizning elektron pochtangizga yuboriladi. Davlat boji $21 (30 Singapur dollari) va faqat xalqaro to’lov kartasi bilan onlayn to’lanadi. Vizaga ariza topshirish uchun xususiy viza markazlaridan, masalan ivisa.com portalidan ham foydalanishingiz mumkin.
Pul
Singapurda deyarli barcha turdagi xalqaro to’lov kartalari amal qiladi va naqd pul sizga juda kamdan-kam hollarda kerak bo’ladi. Shunday bo’lsada, aeroportda yoki shahar markazidagi valyuta almashtirish shoxobchalarida biroz naqd pul sotib oling. Yoki bankomatlardan yechib olsangiz ham bo’ladi. Singapul dollari (SGD) rasmiy milliy valyuta. Hozirda 1 USD taxminan 1.5 Singapur dollariga teng. Amaldagi kursni xe.com dan tekshirib olishingiz mumkin.
Aeroport Transferi
SINGAPUR CHANGI AEROPORTI (SIN)
Metro: bilet narxi $2. Manzilingizga yetib olish uchun metro liniyalarini bir necha martta o’zgartirishingiz mumkin.
Shuttle avtobuslari: bilet narxi o’rtacha $7 dan boshlanadi.
Taksi: o’rtacha $25-40. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz, ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz va qo’shimcha, arzon narx, hotelgacha olib borish va bepul kutib turish kabi qulayliklarga ega bo’lasiz.
Mashina ijarasi: agar yoningizda xarajatlarni bo’lishadigan sheriklar bo’lmasa, mashina ijaraga olishni maslahat bermaymiz. Sababi, Singapurda qolgan xizmatlar kabi, mashina ijarasi narxi ham ancha qimmat: kuniga kamida $50 dan boshlanadi.
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)
HOTELLAR $32 DAN
Transport
Metro va avtobuslar shahar aylanish uchun juda qulay. Bir marttalik bilet narxi taxminan $1.5 va bekatlardan naqd pulga sotib olish mumkin. Yoki 1 kunlik bilet sotib oling, narxi taxminan $7. Taksilar uchun minimum to’lov taxminan $4 va har bir km uchun $0.70. Grab Taxi, Easy Taxi kabi mobil ilovalardan keng foydalaniladi.
Hop-on Hop-off avtobus: agar shaharning barcha diqqatga sazovor joylarini tez va qulay tomosha qilmoqchi bo’lsangiz, turistlar uchun mahsus avtobuslardan foydalaning. 2 yo’nalish bo’yicha 38 ta bekatlarda to’xtaydigan avtobuslarga xohlagan paytingiz chiqing, xohlagan paytingiz tushing. Biletni shu yerdan bron qilasiz.
Yeb-ichish xarajatlari
Qimmat bo’lmagan restoranda tushlik sizga taxminan $8-10 ga tushadi. Shunday qilib, bir kunlik xarajatlaringiz $25-30 atrofida bo’lishi mumkin. Istasangiz, Numbeo.com dan batafsilroq ma’lumotlarni tekshirib oling.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
101 gektar yerni egallagan Ko’rfaz Yonidagi Bog’ Singapurning eng ko’p turist tashrif buyuruvchi maskani. 2012-yilda ochilganidan beri bu yerga 20 milliondan ortiq mehmonlar tashrif buyurishgan. Park ertalab 5 dan tungi soat 2 gacha ochiq va kirish bepul. Bu unikal dizaynga ega parkning chiroyidan qorong’u tushgandan so’ng ko’proq bahramand bo’lasiz.
MARINA BAY WATERFRONT PROMENADE
3.5 kmga cho’zilgan ko’chada Singapurning bir nechta diqqatga sazovor joylari joylashgan. Bundan tashqari, muzikali favvoralar va mehmonlarni jaziramadan asrovchi tumanli suv purkagichlar o’rnatilgan ko’rfaz bo’ylab sayr qilish sizga katta zavq bag’ishlaydi. Osmono’par binolar tungi chiroqlar bilan ajoyib atmosfera hosil qiladi. Ko’pgina mahalliy tadbirlar va festivallar aynan shu yerda o’tkaziladi.
Orchard Road – bu Singapur markazida joylashgan 2,2 kilometrlik savdo va ko’ngilochar xiyobon. Xiyobon hashamatli savdo markazlari, restoran va hotellarga to’lib-toshgan. ION Orchard, Paragon, Orchard Central, Nghe Ann City, Plaza Singapura va Tangs – bu mashhur ko’chadagi eng sevimli savdo markazlari.
Bumboat Singapurda suvda sayr qilish uchun foydalaniladigan kichik kema. Agar piyoda yurishdan charchagan bo’lsangiz yoki Singapurning go’zalligini tashqaridan kuzatmoqchi bo’lsangiz, albatta bumboatlarda sayrga chiqing. Bir bekat sayr taxminan $4 turadi. Yoki biletni oldindan bron qilishingiz mumkin.
Sands SkyPark – bu shaharning mashhur diqqatga sazovor joyi bo’lib, Marina Bay Sands ko’rfazining yuqori qismida joylashgan. Kema shaklidagi tom ustidan Singapur va dengiz bo’ylab panoramik manzara sizga katta zavq ulashadi. Bir vaqtning o’zida 900 kishini qabul qila oladigan bu tom turistlarning sevimli maskanlaridan biri. Ayniqsa quyosh botish vaqtida. Kirish haqi kattalar uchun $17 va bolalar uchun $12. Uzun navbatda turmaslik uchun biletni oldindan bron qiling.
Singapurning markazida joylashgan Chinatownda shaharning qadimiy va hozirgi zamonaviy uyg’unligini guvohi bo’lasiz. Qadimiy ibodatxonalar, do’konlar va an’anaviy bozorlar zamonaviy butiklar, hotellar , restoranlar va barlarga ulanib ketgan.
Clarke Quay Singapurning tungi hayot qaynaydigan mavzeyi. Bu yerda hayot quyosh botgandan so’ng boshlanadi. Bu yerda avval savdo tovarlari uchun omborxonalar bo’lgan, endi esa bu omborxonalar Singapurning eng yaxshi tungi klublari va barlariga aylangan.
Sentosa oroli “Osiyoning eng sevimli o’yin maydonchasi” deb ham ataladi. U shahar markazidan atigi 15 minut narida joylashgan bo’lib, ajoyib atraksionlar, dam olish maskanlari va rezortlarni topasiz. Mahalliy aholi Sentosa orolini o’rmondagi Las-Vegas deb ta’riflashadi. Bu Sentosaning kazinolar va boshqa ko’ngil ochar markazlari ko’pligidandir.
Singapore Botanic Garden sizga bu shahar faqat osmono’par binolardan emas, balki go’zal tabiatdan iborat ekanligini isbotlaydi. Ajoyib ko’llar, hayvonlar, gullar, o’simliklar bilan to’lib-toshgan bu bog’ kuningizni maroqli o’takishingiz uchun borishga arziydigan joydir.
Qachon borgan ma’qul?
Singapur yil davomida iliq-tropik 25°- 31° C iqlim bilan yashaydi. Shuning uchun istagan vaqtda Singapurga sayohatingizni rejalashtirishingiz mumkin. Turistlar eng ko’p tashrif buyuruvchi oylar iyul, avgust va sentabr. Bu oylarda Singapurda juda ko’p festivallar o’tkaziladi.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar
Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi
Tiqets.com: atraktsionlar, arzon biletlar, bir kunlik turlar va qiziqarli mashg’ulotlar.
Comment here
You must be logged in to post a comment.