Indoneziyaning Bali oroli haqida eshitmagan va bu betakror orolda hech bo’lmaganda bir marta ta’tilni o’tkazishni istamaganlar juda kam topiladi. Lekin Bali faqat plyajda dam olish uchun xolos deydiganlar qattiq adashadi. Bu orol go’zal tog’larga, sharshalarga, turli xil madaniy boyliklar va tarixiy obidalarga, urf-odat va festivallarga, mazzali taomlar va yuzidan tabassum arimaydigan mehmondo’st insonlarga to’la. Bu orolning yana bir jozibali jihati yashash harajatlarining hammabopligida. Sohil bo’yidagi chiroyli hotellar va luxury rezortlarda maroqli ta’til siz tasavvur qilganchalik ko’p sarf-xarajat talab qilmaydi.
Aviachipta
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
Indoneziya bilan vizasiz rejim amal qiladi.
Pul
Indoneziya rupiyasi Balida qabul qilinadigan yagona valyutadir. Kattaroq hotellar va supermarketlarni hisobga olmaganda Balida asosan naqd pulda to’laysiz. Shuning uchun imkon bo’lganda (aeroportda yoki shahar markazlarida) yetarlicha rupiya sotib oling. Balida xalqaro to’lov kartalari orqali pul yechib olish uchun bankomatlar (ATM) yetarlicha. Hozirda $1 taxminan 15.000 rupiyaga teng.
Aeroport transferi
DENPASAR NGURAH RAI AEROPORTI (DPS)
Avtobus: chipta narxi 7.500 rupiya ($0.5). Aeroportdan shahar markaziga avtobus orqali, shahardan hotelingizga esa taksi orqali yetib olasiz. Avtobusga joyni har ehtimolga qarshi oldindan naqd qilib qo’ying.
Taksi: taksining turiga va manzilga qarab o’rtacha $5-20 (mototsikl taksi, klassik taksi). Taksini oldindan bron qilish ham mumkin. Taksidan foydalanish uchun eng arzon variant Janubiy Osiyoda mashhur bo’lgan Grab Taxi mobil ilovasidan foydalanish. Bunda sizga mahalliy sim karta kerak bo’lishi mumkin.
Mashina ijarasi: arzon variantlarni rentalcars.com portalidan topasiz.
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)
BALI $5 DAN
HOTELLAR $7 DAN
SOHIL BO’YI $5 DAN
ALL INCLUSIVE $46 DAN
Transport
Balini aylanish uchun eng qulay transport bu turistlar uchun maxsus yo’nalishli avtobuslar (shuttle bus). Bu avstobuslar aynan orolning diqqatga sazovor joylari bo’ylab harakatlanadi. Bundan tashqari, oddiy jamoat avtobuslari, taksi avtomobillar, taksi mototsikllar va Go-jek, Grab Taxi kabi mobil ilovalardan ham foydalanishingiz mumkin. Taksilardan foydalanish ancha arzon. 10 minutlik yo’lga (taxminan 5km) o’rtacha $1 to’laysiz. Tavsiyamiz faqat taksomer bilan jihozlangan taksilardan foydalaning.
Yeb-ichish xarajatlari
Balida bir kunlik o’rtacha ovqatlanish xarajatlari $10-15 ni tashkil qiladi. Arzon restoranlarda tushlik uchun taxminan 25.000 rupiya ($1.5) dan boshlanadi. Numbeo.com web-sahifasida boshqa yashash xarajatlarini ham tekshirib olishingiz mumkin.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Bali janubi-g’arbiy sohilida joylashgan Seminyak shaharchasi orolning eng mashhur va gavjum go’shalaridan biri. Shaharda ko’plab do’konlar, restoranlar va hashamatli hotellarni topasiz. Mayin qumli sohilda Hind okeanining panoramik manzaralaridan zavqlanish uchun ajoyib joy.
Tanah Lot dengizda, katta tosh ustida joylashgan hind ibodatxonasi. Ibodatxona Bali janubi-g’arbiy sohillari bo’ylab joylashgan 7 dengiz ibodatxonalaridan biridir. Tanah Lot atrofi ayniqsa kechki payt, quyosh botish arafasida juda gavjum bo’lishi mumkin. Avtomobil yo’lidan to ibodatxonagacha bo’lgan masofa turli xil suvenirlar sotuvchi do’konlar bilan to’la.
Balining eng baland Gunung Agung tog’lari etagida joylashgan ibodatxonalar kompleksi. Miflarga ko’ra, bu ibodatxonalar mahalliy aholini yozvuzliklardan himoya qilish uchun barpo etilgan. Majmuaga tog’lar ichida yashashi ishoniladigan ajdaholar xudosi nomi berilgan. Kompleks 28 dan ortiq binolarni o’z ichiga oladi. Atrofda go’zal tabiat, yashilga burkangan tog’lar va toza havo sizni rohatlantiradi.
Bir paytlar baliqchilar qishlog’i bo’lgan Kuta, hozirda Balining eng asosiy dam olish maskanlaridan biriga aylandi. Mayin qumli uzun va keng sohilda nafaqa kunduzi, balki quyosh botgandan so’ng ham hayot qaynaydi. Plyajda joylashgan restoran va klublarda ertalabgacha ko’ngilxushlik qilishingiz mumkin. Plyajning shimoliy tomoni esa ko’proq sokinlikni xohlovchilar uchun mosdir.
Balining janubiy chekkasida joylashgan Bukit yarim orolida Pura Luhur ibodatxonasi joylashgan bo’lib, u oroldagi to’qqizta asosiy hind ibodatxonalaridan biri hisoblanadi. XI asrda qurilgan ibodatxona poydevori dengizning shundoqqina tepasida joylashgan. Ibodatxona ichkarisiga faqat ruhonniylar kirishiga ijozat etilsa-da, tashrif buyuruvchilar ziyoratgohni tomosha qilishlari va tepalikdan atrofdagi go’zal manzarani guvohi bo’lishlari mumkin. Atrofda o’ynab yurgan maymunlar ham sizga qo’shimcha zavq ulashadi. Har oqshom quyosh botganda mehmonlar uchun ibodatxona oldida raqslar ijro etiladi.
Balining shimoliy sohilida joylashgan Lovina shaharchasi o’zining qora qumli plyaji va sokin suvi bilan orolning boshqa sohillaridan farq qiladi. 8km cho’zilgan plyajda o’zingiz uchun sokin joyni topish juda oson. Sohil yaqiniga tez-tez suzib keladigan delfinlarni kuzatishdan boshqacha taassurot olasiz. Balida suv osti sarguzashtlarini taklif qiluvchi g’avvoslik punktlari aynan shu yerda eng ko’p topiladi.
Bali provinsiyasining bir qismi bo’lgan Nusa Lembongan Bali materigining janubi-sharqiy sohilida joylashgan orolcha. Nusa Lembonganga tashrif buyuruvchilar butun orolni uch yoki to’rt soat ichida piyoda bosib o’tishlari mumkin. Kichik orolning chiroyli plyajlari tashrif buyuruvchilarni o’ziga jalb qiluvchi asosiy jihat hisoblanadi. Qumning oppoqligi va kristall kabi toza dengiz suvidan ko’zlaringiz quvonadi.
Denpasar qishlog’ida joylashgan Sanur Plajini “Hurrak otuvchi plyaj” (Snore Beach) deb ham atashadi. Sababi, bu yerga asosan sokinlik va tinchlik xohlovchi sayyohlarning ko’p tashrif buyurishidir. Plyaj atrofida bir qancha madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joylarning mavjudligi sizga kuningizni sermazmun o’tkazishingizga yordam beradi: Blanjong ibodatxonasi, Le Mayeur muzeyi v.h.
Maymunlar o’rmonida (Monkey Forest) 700 dan ortiq kulrang uzun quyruqli makakalar yashaydi. Ushbu yovvoyi tabiat qo’riqxonasida maymunlardan tashqari qadimiy ibodatxonalar, haykallar va chiroyli bog’larni kashf qilasiz. Qo’riqxonaga yaqqol ko’zga tashlanuvchu zargarlik buyumlarini yoki sumkalarni olib kirish tavsiya etilmaydi.
Double Six Beach quyosh botishini ajoyib atmosferada tomosha qilish uchun yaratilgandek. Live music, yotib dam olish uchun yumshoq yostiqlar, rang-barang soyabonlar va albatta yahna ichimliklar sizning kechangizni yanada yoqimliroq qilish uchun xizmat qiladi.
Qachon borgan ma’qul?
Balining iqlimi yil bo’yi tashrif buyurish uchun mosdir. Eng sovuq oy yanvarda ham havo harorati o’rtacha 23°C ni tashkil qiladi. Eng ko’p sayyohlar iyul, avgust va sentabr oylarida tashrif buyuradi.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar
Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi
Comment here
You must be logged in to post a comment.