BlogShaharViza talab qilinmaydi

JAKARTA, INDONEZIYA $499 DAN

Jakartadagi hayotni ko’p jihatdan Toshkentga taqqoslash mumkin. 10 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan bu megapolis Indoneziyaning asosiy “ish beruvchi” shahridir. Shu sababli, shahar hotellar, restoranlar, barlar, ko’ngil ochar maskanlar, savdo markazlari bilan to’la. Jakarta 18 ming oroldan tashkil topgan Indoneziyaning har bir shahri madaniyati va oshxonasini bir joyda jam qilgan. Bundan tashqari, diqqatga sazovor joylar, go’zal tabiat va dam olish uchun plyajlar bu shaharda yetarlicha topiladi.

theculturetrip.com

Aviachiptalar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

Indoneziya bilan vizasiz rejim o’rnatilgan.

Pul

Xalqaro to’lov kartalarini hamma joyda ham ishlata olmaysiz. Shuning uchun, imkon bo’lishi bilan (masalan, aeroportda yoki shahar markazida) pul almashtirish shoxobchalari orqali yetarlicha rupiya sotib oling. Hozirda 1 dollar taxminan 15.000 Indoneziya rupiyasiga teng. Amaldagi valyuta kursini xe.com da tekshirib olishingiz mumkin.

Aeroport transferi

JAKARTA SOEKARNO HATTA AEROPORTI (CGK)

Avtobus: bilet narxi $3 (50.000 rupiya)

Poyezd: bilet narxi $5. Oxirgi bekat shaharda joylashgan Sudriman Baru vokzali.

Taksi: o’rtacha $15-20. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz, ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. va yana, arzon narx, hotelgacha olib borish va bepul kutib turish kabi qulayliklarga ega bo’lasiz.

Mashina ijarasi: rentalcars.com portalidan bron qilishingiz mumkin.

Turar joy

JAKARTA $5 DAN

HOTELLAR $8 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Shaharning haddan ziyod tirbandligi sababli, minivan taksilar yoki mototsikl taksilar eng qulay transport vositalariga aylangan. Ularni shahar bo’ylab har bir qadamda uchratasiz. Shunday bo’lsa-da, har xil tushunmovchilik yoki kutilmagan qimmat narxlardan holi bo’lish uchun Go-jek mobil ilovasini yuklab oling. Bu ilova orqali taksini osongina istagan manzilingizga chaqirishingiz mumkin. Shaharda albatta avtobus kabi jamoat transportlari faoliyat ko’rsatadi. Chipta narxi taxminan $0,35. Avtomobilni ijaraga olishni faqatgina shahardan tashqariga chiqmoqchi bo’lsangizgina tavsiya qilamiz.

SHAHARLARARO

12GO.asia portali orqali Jakartadan Indoneziyaning istalgan burchagiga avtobus, poyezd va boshqa turdagi transferlarni topa olasiz va onlayn bron qila olasiz.

arupid.id

Yeb-ichish harajatlari

Indoneziya boshqa Janubiy Osiyo mamlakatlariga qaraganda ancha arzon yashash harajatlari bilan ham turistlarni o’ziga jalb qiladi. Jakartada o’rtacha qiymatdagi nonushtaga $1-2, tushlikka $2-4, kechki ovqatga $3-5 atrofida sarflaysiz. Numbeo.com web-sahifasida Jakartada boshqa turdagi xarajatlarni ham taqqoslab ko’rishingiz mumkin.

ritzcarlton.com

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

MONAS MINORASI

tripsavvy.com

Monas Tower Jakartadagi eng mashhur yodgorlikdir. 1945-yilda mustamlakachilik hukmronligidan keyin e’lon qilingan Indoneziyaning mustaqillik ramzi hisoblanadi. Ushbu yodgorlik Indoneziyadagi “erkinlik” degan ma’noni anglatuvchi Merdeka maydonida joylashgan. Bu yerda siz Indoneziyaning qiziqarli tarixi haqida ko’proq ma’lumot olasiz. Lekin eng yodda qoladigan taassurotni minora yuqorisiga sayohatdan olasiz.

SHOPPING

Grand Indoseia Shopping Town, indonesia-holidays.com

Jakartada turistlarning sevimli mashg’ulotlaridan biri shopping. Yuzlab savdo markazlar va bozorlarda siz istagan narsangizni albatta topasiz. Bundan tashqari doimiy va katta chegirmalar sizning e’tiboringizni tortmay qolmaydi. Shahardagi eng katta savdo markazi Grand Indonesia Shopping Town va ko’cha bozorlari joylashgan Menteng shaharchasi eng ko’p tashrif buyuriladigan maskanlardir.

ISTIQLOL MASJIDI

indonesia.travel

Istiqlol masjidi Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta masjid hisoblanadi va bir vaqtning o’zida 120 ming odamni sig’dira oladi. U Monas milliy yodgorligi bilan yonma-yon joylashgan. Shuning uchun sizda ikkala diqqatga sazovor joylarni bir vaqtda ziyorat qilish imkoni bor.

MING OROL

thetravelbrief.com

Pulau Seribu (Ming orol) Jakartaning eng go’zal qismlaridan biri. Plyajda dam olishni xohlaysizmi, qayiqda dengizda suzishnimi, shahar markazidan uzoq bo’lmagan bu yerda siz uchun barchasi muhayyo. Betakror orolchalardan tashkil topgan bu go’zal maskan siz uchun ideal joy.

MINIATURALAR BOG’I

tripadvisor.com

18 ming orolga bo’lingan Indoneziyani to’liq aylanib chiqishning imkoni yo’q. Ammo Jakartada joylashgan ushbu bog’da mamlakatning barcha 27 shahri madaniyati, urf-odati va diqqatga sazovor joylari ifodalangan replikalarni kashf qilasiz. Ajoyib tomoshalar va har bir shaharga xos taomlar tashrif buyuruvchilarga unutilmas taassurot bag’ishlaydi.

ANKOL PLYAJI

sirptrips.com

Jakartaning yana bir plyaj maskanlaridan biri Ancol Beach quyosh ostida rohat olishingiz uchun barcha sharoitlar: dengiz suvi, tilla rangli qum, restoran va barlar, sohil bo’yida joylashgan akvapark va boshqa ko’ngil ochar mashg’ulotlarni sizga taqdim etadi. Garchi bu joy jamoat plyaji bo’lsada, plyajga kirish uchun kichik to’lov qilasiz. Sohilda ijaraga olish uchun soyabonlar va boshqa kerakli barcha narsalarni mavjud.

ESKI SHAHAR

tripadvisor.com

Jakartaning madaniy markazi bo’lgan Eski shaharni albatta ziyorat qiling. Gavjum ko’chalarda kezish mobaynida Indoneziyaga xos bo’lgan juda ko’p qiziqarli jihatlarni kashf qilasiz: tarixiy obidalar, suvenirlar, milliy qo’shiq va raqs namoyishlari, milliy taomlar v.h.

CARITA VA ANYER PLYAJLARI

photo1.jpg - Picture of Carita Beach, Anyer - Tripadvisor
tripadvisor.com

Carita va Anyer plyajlari Jakartaga qo’shni bo’lgan Banten shahridagi mashhur dam olish sohillari hisoblanadi. Bu plyajlar mayin oq qum va moviy dengiz suvi bilan ham jozibalidir. Mashinada 3 soatlik yo’l.

TELUK KILUANI, LAMPUNG SHAHRI

Teluk Kiluan, Surga Tersembunyi Di Ujung Tanah Lampung
nativeindonesia.id

Kiluani ko’rfazi delfinlarni kuzatish uchun mashhur joy. Tashrif buyurish uchun eng yaxshi payt – apreldan sentabrgacha, ya’ni quruq mavsum. Delfinlardan tashqari, sizni go’zal tabiat landshaftlari, kristal dengiz suvi va dam olish uchun chiroyli sohillar o’zida rom etadi.

Qachon borgan ma’qul?

Jakarta ob-havosi Indoneziyaning boshqa shaharlarida bo’lgani kabi issiq va namdir. Tashqarida harorat yil davomida 24-32°C ni tashkil qiladi. Oktabr va may oylari asosan yomg’irli, iyun va sentabr oylarida esa quyoshli kunlar bo’lgan quruq mavsumdir. Shaharning diqqatga sazovor joylarini har qanday mavsumda ham tomosha qilish mumkindir.

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar

Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi

Comment here