BlogPlyajShaharViza talab qilinmaydi

MALAYZIYA $399 DAN

Malayziyaga tashrif buyurish uchun sabablar juda ko’p: bepoyon tropik o’rmonlar, go’zallikda beqiyos plyajlar, top zamonaviy shaharlar qatoriga kiruvchi Kuala Lumpur… Yana bir jozibador fakt bu mamlakatda turli xil madaniyat, millat va dinlarning birgalikda gullab-yashnayotganligida. Malayziyaning mo’tadil iqlim havosi bu mamlakatga yilning istagan payti tashrif buyurishga imkon beradi. Tejamkor sayohatchimisiz yoki cho’ntagingiz ancha qalinmi, Malayziya barcha uchun o’zi istagan komfortni taqdim qila oladi. Mamlakat mazali taomlar, behisob street-foodlar va shopping makoni ham hisoblanadi. Xullas, Malayziya tashrif buyurishingiz kerak bo’lgan mamlakatlar orasida, albatta, birinchi qatorda bo’lishi kerak.

Arzon aviachiptalar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

Malayziya bilan vizasiz rejim amal qiladi

Pul

Malayziya milliy valyutasi Malayziya Ringgiti mamlakat hududida foydalaniladigan yagona pul birligi. Xalqaro to’lov karatalari Visa va Mastercard eng keng qabul qilinadigan kartalardir. Bankomatlardan pul yechib olish umuman muammo emas. Kartalar bilan deyarli barcha joylarda to’lovni amalga oshira olsangizda, har ehtimolga qarshi albatta naqd pul olib yurishni unutmang. Aeroport va shahar markazlarida almashtirish shoxobchalarini osongina topasiz. Hozirda $1 taxminan 4 ringgitga teng. Amaldagi kursni xe.com saytidan tekshirib olishingiz mumkin.

Aeroport Transferi

KUALA LUMPUR AEROPORTI

Avtobus: bilet narxi taxminan $3.

Poyezd: bilet narxi $12. Har ehtimolga qarshi, joyni oldindan bron qiling.

Taksi: eng qulay variant, o’rtacha $30. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz, ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz va qo’shimcha, arzon narx, hotelgacha olib borish va bepul kutib turish kabi qulayliklarga ega bo’lasiz. Grab Taxi mobil ilovasi ham taksi chaqirish uchun muqobil variant.

Mashina ijarasi: eng arzon variantlarni rentalcars.com portalidan topishingiz mumkin.

Turar Joylar (1 kecha, 2 kishi)

KUALA LUMPUR $6 DAN

HOTELLAR $8 DAN

culturetrip.com

Transport

SHAHAR ICHIDA

Metro va avtobuslar kabi jamoat transportlari ancha qulay, tez va shaharning deyarli har bir burchagiga qatnaydi. Chipta narxi sayohat vaqtiga qarab $0.25 dan $1.5 gacha va avtobus haydovchisidan sotib olishingiz mumkin. Taksi uchun 1 kmga taxminan $0.70 sarflaysiz. Bilib oling, oq va qizil rangli taksilar ekonom, sariq va ko’k ranglilari esa komfort (qimmatroq) taksilardir. MyTeksi mobil ilovasi ham shahar aholis va tashrif buyuruvchilar orasida keng foydalaniladi. Avtomobilni ijaraga olmoqchi bo’lsangiz, eng arzon takliflarni mana shu yerdan topasiz.

SHAHARLARARO

12GO.asia portalidan Malayziyaning istagan shahriga avtobus, poyezd, parom va boshqa turdagi transferlarni arzon narxda topishingiz va onlayn bron qilishingiz mumkin.

Yeb-ichish xarajatlari

Bir kunlik o’rtacha xarajat $10-15 ni tashkil qiladi. Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy ovqatlarga 10 ringgit ($3) atrofida sarflaysiz. Nambeo.com dan batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin.

magazine.foodpanda.my

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

KUALA LUMPUR

thecrazytourist.com

Malayziyaning zamonaviy va ekzotik poytaxti bo’lgan Kuala Lumpurda sayohatingiz bir necha kunga cho’zilishi mumkin. Shaharda ko’rishga arziydigan joylar va qilish mumkin bo’lgan qiziqarli mashg’ulotlar shu qadar ko’pki, hammasiga ham ulgurish deyarli imkonsiz. Zamonaviylik va tabiat uyg’unlashgan bu go’zal shahar shopping, ko’ngil ochar mashg’ulotlar, bir-biridan mazali restoranlar va barlar bilan to’lib toshgan. Shubhasiz, Kuala Lumpur o’zining madaniy va tarixiy boyliklari bilan ham sizni zeriktirmaydi.

PETRONAS EGIZAK MINORALARI: Poytaxtning turistlar uchun eng mashhur joyi. Dunyodagi eng baland (451 metrli) egizak bino.

KLCC PARKI: Egizak minoralar yaqinida joylashgan 20 gektardan oshiq yashil parkda go’zal tabiat, musiqali favvoralari, yosh bolalar uchun o’yin maydonchasi va hatto musulmonlar uchun masjidni ham topasiz

KUALA LUMPUR MINORASI: 335 metrga cho’zilgan minoradan shaharning eng yuqori qismida joylashgan va shuning uchun atrofning panoramik manzarasidan aynan shu yerda eng ko’p zavq olasiz.

JALAN ALOR KO’CHASI: Ko’chaning ikki chekkasini to’ldirgan restoranlar, barlar asosan kechki ovqat paytida odamlar bilan to’lib toshadi.

CHINATOWN: Bu yerga yaxshisi kech tushgandan keyin tashrif buyuring. Bu yerda juda ko’p do’konlar, restoranlar, suvenirlar va ko’ngil ochar markazlarni topasiz. Xarid vaqtida savdolashishni unutmang.

AKVARIUM: 5000 mingdan oshiq turli xil okean mavjudotlarini kristal tunel orqali yaqindan tomosha qilishingiz mumkin.

QUSHLAR PARKI: 20 gektardan oshiq joyni egallagan tabiiy parkda 3000 dan oshiq turli xil qushlar qo’riqlanadi

PAVILION: shopping markazi

ISLOM SAN’ATI MUZEYI

BB PARK BUKIT BINTANG: tungi klublar, barlar, restoranlar vaqtichog’lik qilish uchun ideal joy.

LANGKAWI OROLI

condenasttravel.com

Go’zal Langkawi oroli haqida alohida maqola tayyorlaganmiz.

MELAKA SHAHRI

tripsavvy.com

Kuala Lumpur mamlakat poytaxtiga aylanishidan oldin Melaka Malayziyaning eng ko’p tashrif buyuriladigan joylaridan biri edi. Eng katta savdo portlari, tarixiy obidalari, eski shaharlari va o’ziga xos mazzali taomlari bilan hali ham turistlar uchun o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR: Krist Cherkovi | Jonker ko’chasi | Avliyo Paul Cherkovi | Baba va Nyonya Uy Muzeyi | Cheng Hoon Teng Ibodatxonasi | Taming Sari Minorasi | Stadthuys | Melaka Sutlonlar Qasri | Selat Masjidi | A Famosa

Melakada turar joylar: $6 dan

Kuala Lumpurdan bir kunlik turlar: $35 dan

Avtobus, poyezd, taksi va boshqa transferlar: 12GO.asia

PENANG OROLI

smartgear.com

Malayziyadagi Penang orollari ajoyib me’morchilik obidalari, milliy bog’lar va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan to’lib toshgan. Penang orollari poytaxti George Town go’zal eski shahri bilan ham turistlarni o’ziga jalb qiladi. Bekorga bu shaharcha to’laligicha UNESCO Umumjahon Merosi ro’yxatiga olinmagan. Penangda siz go’zal sohillar va plyajlardan ham mahrum bo’lmaysiz.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR: Pinang Peranakan Saroyi | Penang Street Art | Kek Lok Si Ibodatxonasi | Penang Cho’qqisi | Cheong Fatt Tze Saroyi | Batu Ferringhi Plajlari | Tropik O’simliklar Bog’i | Khoo Kongsi | Penang Milliy Parki | Chew Jetty

Penang Orollarida turar joy: $7 dan

Kuala Lumpurdan avtobus: $9 dan

Kuala Lumpurdan samalyot: $15 dan

PULAU REDANG OROLI

booking.com

Kristal kabi toza suvli va sohil bo’ylab mayin oq qumli ta’til uchun jannatmakon orol.

Pulau Redang orolida turar joy: $55 dan

Kuala Lumpurdan samolyot: $23 dan

PERHENTIYA OROLLARI

phenomenalglobe.com

Perhentiya orollari – bu mutlaqo ko’rish kerak bo’lgan ikkita tropik joylar. Pulau Besar (Katta orol) va Pulau Kecil (Kichik orol) orollari o’zining juda chiroyli plyajlari bilan mashhur. Besar oroli ko’proq tinchlikni xushlovchilar yoki oilaviy dam oluvchilar uchun mos joy bo’lsa, Kecil party va diskotekalarni yoqtiardiganlar uchun sevimli joy.

Perhentiya orollarida turar joy: $15 dan

Kuala Lumpurdan samolyot: $24 dan

KAMERON TEPALIKLARI

lonelyplanet.com

Cheksiz choy plantatsiyalari va yashil tabiat Kameronni mashhur qilgan asosiy jihatlar hisoblanadi. Kameronning choy yetishtirish uchun ideal joy ekanligini 1900-yildayoq bu yerlarda hukmronlik qilgan inglizlar anglab yetgan. Eng mazzali choy va qulupnoylardan rohatlaning va yashil tepaliklarga sayrdan zavqlaning.

Kamerondan turar joy: $11 dan

Avtobus, taksi, samolyot: 12go.asia

Qachon borgan ma’qul?

Malayziyada havo harorati yil 12 oy deyarli bir xil. Kunduzi 30°C kechasi 23°C atrofida. Turistlar asosan yoz va qish oylarida tashrif buyurishni ma’qul ko’radilar. Sababi, bahor faslida yomg’irli kunlar ko’p bo’ladi. Malayziya tropik iqlimga egaligi sababli yil davomida ham yomg’irli kunlarni ko’p guvohi bo’lasiz.

Climate and average monthly weather in Kuala Lumpur (Kuala Lumpur ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar

Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi

Tiqets.com: atraktsionlar, arzon biletlar, bir kunlik turlar va qiziqarli mashg’ulotlar.

Comment here