BlogPlyajViza talab qilinmaydi

SOCHI $349 DAN

Sochi yaqin yillargacha faqat Rossiyaliklar va MDH fuqarolari uchun dam oluvchi kurort regioni bo’lib keldi. Lekin 2014-yilgi Qishki Olimpiyada Sochini butun dunyoga tanitdi. Olimpiyadaga tayyorgarlik uchun 50 milliard dollardan ortiq pul sarflangan Sochida sayyohlar uchun infrastruktura tubdan yaxshilandi. Kurortlar, hotellar, restoranlar va ko’ngil ochar markazlar ko’paydi. Endi ta’tilni Sochida o’tkazish yanada yoqimli va taassurotlarga boy bo’ladi. Bundan tashqari, Sochi nafaqat Qora Dengiz bo’yidagi go’zal plyajlari bilan, balki yashil tabiati, tarixiy va madaniy boyliklari hamda shahar hayoti bilan ham sizda yaxshi taassurot qoldirishi aniq.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Pul

Hozirda 1 dollar taxminan 75 rublga teng. Sochida Rossiyaning boshqa shaharlarida bo’lgani kabi xalqaro to’lov kartalaridan foydalanish mumkin. Shunday bo’lsa-da, yoningizda yetarlicha naqd pul olib yurishni tavsiya qilamiz. Rubl sotib olish uchun bankomatlardan yoki aeroport va shahar markazida joylashgan valyuta almashtirish shoxobchalaridan foydalanishingiz mumkin.

Aeroport Transferi

SOCHI AEROPORTI (AER)

Avtobus: bilet narxi $1.5

Poyezd: bilet narxi $2.5

Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Taksi uchun Yandex mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha $20 dan

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

SOCHI $4 DAN

SOHIL BO’YIDA $8 DAN

HOTELLAR $7 DAN

KURORT HOTELLAR $24 DAN

Transport

Avtobus, poyezd va marshrutkalar shaharda foydalaniladigan asosiy jamoat transportlari. Ular bilan deyarli shaharning istalgan nuqtasiga yetib olasiz. Chipta narxi 22 rubldan boshlanadi ($0.30). Manzilga tez va qulay yetib olish uchun ba’zan taksidan foydalanishingizga to’g’ri keladi. Shunday bo’lsa, faqat Yandex Taxi dan foydalaning: ishonchli va yo’l haqini oldindan bilib olasiz. Agar imkon bo’lsa, Sochida mashina ijaraga olishni tavsiya qilamiz. Sababi, qimmat emas (kuniga $20 dan). Sochi bo’ylab sayohat qilishda erkin bo’lasiz va vaqtingizni tejaysiz.

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoran yoki kafeda tushlik o’rtacha 400 rubldan boshlanadi ($5). Fast foodlar narxi ham turli xil, o’rtacha 80 rubldan. Masalan, restoranda pizza 500 rubldan 2500 gacha. Pasta 300 rubldan. Choy 30 rubl, sho’rva 100 rubl atrofida. Batafsil xarajatlar bilan mana shu yerda tanishasiz.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

QORA DENGIZ: PLYAJDA XORDIQ

lonelyplanet.com

150km ga cho’zilgan Sochi sohillari bo’ylab hordiq uchun o’zingiza mos joy topish qiyin bo’lmaydi. Jamoat uchun ochiq bo’lgan plyajlar odatda bepul, lekin gavjum. Soyabon va boshqa hordiq uchun kerakli narsalarni ijaraga olishingiz kerak bo’ladi. Agar turar joyni privat plyajlarga ega kurort yoki hotellardan bron qilsangiz, hordiq uchun kerakli buyumlar odatda bepul va plyaj ancha toza va sokin bo’ladi. Eng yaxshi plyajlar joylashgan hudud: Бархатные сезоны, Мориса Тореза, Имеретинский пляж, Взморье, Пляж Ривьера, Пляж Огонёк

PARKLAR

horosho-tam.ru

Sochi o’zining ajoyib ko’ngil ochar parklari bilan ham mashhur. Sayyohlar eng ko’p tashrif buyuradigan parklar: Олимпийский парк, Сочи-парк, парк «Ривьера», Скайпарк, Сочинский дендрарий.

OKEANARIUM

tripadvisor.ru

Rossiyadagi eng katta akvarium, Sochi Discovery World, Adler shaharchasida joylashgan. Unda 29 ta bo’lim, shaffof oynali suvosti tuneli va g’avvoslik qilish uchun maxsus basseyn mavjud. Oilaviy dam olish uchun ajoyib joy.

ROZA XUTOR

tripadvisor.ru

Роза Хутор tog’ kurorti barcha mavsumda tashrif buyurish va dam olish uchun mos joy. Tog’ bo’ylab sayr, turli xil adrenalin mashg’ulotlar, qishki sport bilan shug’ullanish, otda sayr, rafting uchun barcha sharoitlar muhayyo. Kun-u tun ishlaydigan restoran va barlarda, SPA salon, basseynlarda kuningizni maroqli o’takazasiz.

NAVAGINSKAYA

tripadvisor.ru

Навагинская улица shahar markazida joylashgan bo’lib, tropik daraxtlar, restoranlar, do’konlar va haykallar bilan to’la gavjum ko’cha. Kunduzi ham, kechki sayr uchun ham yaxshi joy.

MUZIKALI FAVVORALAR

horosho-tam.ru

Uzoq vaqt davomida Platanovoy xiyobonidagi go’zal favvoralar Sochining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo’lgan. Kunning jaziramasidan berkinish, yoqimli atmosferada hordiq chiqarish uchun juda yaxshi joy.

SOCHI SHARSHARALARI

youtube.com

Sochi sayohatini uning go’zal va behisob sharsharalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ularning eng yaxshilari: 33 водопада, Первый Змейковский водопад, Агурские, Пасть Дракона

QAYIQDA SAYR

horosho-tam.ru

Cho’milishdan yoki shaharda yurib charchagan paytingiz, Qora Dengiz bo’ylab qayiqda sayr sizga yoqimli hordiq beradi. Narxlar sayohat vaqti va turiga qarab 500 rubldan boshlanadi. Bunday sayohatlarni Sochi dengiz portlaridan topasiz. Masalan, yacht-sochi.ru portali ham shu kabi xizmatlarni taklif qiladi.

MOREMALL

tripadvisor.com

350 dan ortiq do’konlar, restoranlar, kafelar, cinema va boshqa ko’ngil ochar bo’limlar yozning issiq kunida vaqtingizni yoqimli atmosferada o’tkazish uchun yaxshi joy.

Qachon borgan ma’qul?

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport va shaharlaro transferlar

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Comment here