Bepoyon cho’l va moviy dengiz bo’yida barpo etilgan bu betakror shahar o’zining osmon’opar binolari, ulkan savdo markazlari, hashamatli hotellari va ajoyib ko’ngil ochar mashg’ulotlari bilan sayyohlar uchun dunyoning eng jozibali shaharlaridan biriga aylandi. 90 foiz aholisi chet elliklar bo’lgan Dubayda dunyoning istalgan oshxonasini topasiz. Shahar hayotidan biroz pauza olish uchun uzoqqa bormaysiz. Bir necha yuz kmga cho’zilgan Dubay sohillarida go’zal plyajlar deyarli yil bo’yi siz uchun ochiqdir.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
O’zbekiston fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklariga, shu jumladan, Dubayga borish uchun viza olishlari shart. BAAga viza olish uchun arizani onlayn topshiringiz mumkin. Viza qanday qilib oson va mustaqil olish mumkinligi haqida web-sahifamizda batafsil qo’llanma ham tayyorlaganmiz.
Pul
Birlashgan Arab Amirliklarida milliy valyuta Dirham amal qiladi. Hozirda 1 dollar 3.5 dirhamga teng. Xalqaro to’lov kartalaridan muammosiz foydalanish mumkin. Pul almashtirish uchun eng yaxshi joy Dubai Xalqaro Aeroporti. Komissiya olinmaydi. Valyuta almashtirish shoxobchalarini savdo markazlarida, yirik hotellarda va shahar markazlarida uchratishingiz mumkin.
Aeroport Transferi
DUBAY AEROPORTI (DXB)
Avtobus: bilet narxi $1 dan boshlanadi.
Metro: bilet narxi $1 dan boshlanadi.
Taksi: hotelga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Taksi uchun Uber mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha $25 dan.
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)
DUBAY $25 DAN
HOTELLAR $30 DAN
Transport
Dubayda asosiy jamoat transportlari bu avtobus, metro va suv taksilari (paromlar). Dubay jamoat transporti sayohat qilish uchun qulay va arzon. Agar Dubayni aylanishda jamoat transportlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, aeroportning o’zidayoq yoki istalgan metro bekatidan bilet sotib olishda kerak bo’ladigan NOL kartasini sotib oling ($7). Chunki chiptalarni naqd pul yoki to’lov karta bilan sotib olish imkonsiz. NOL karta hisobini bekatda joylashgan avtomatlar orqali (naqd pulda yoki to’lov karta bilan) to’ldirasiz va faqat jamoat transportidan foydalansangizgina kartadan bilet haqi yechib olinadi. NOL kartadan foydalanish juda oson. Avtobus yoki metroga chiqqandan so’ng, NOL kartani validatorga tekkizish kifoya. Validator bilet haqini avtomatik yechib oladi.
Dubayda taksilarning barchasi litsenziya bilan ishlaydi va taksometr bilan jihozlangan. Shuning uchun, savdolashishga hojat yo’q. Minimalka taxminan $6 va har bir keyingi km $0.53. Dubayda Uber yoki Careem kabi mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin.
Yeb-ichish Xarajatlari
Fast foodlar (McDonald’s, KFC v.h) o’rtacha $4-8, qimmat bo’lmagan restoranlarda tushlik $8-16 atrofida turadi. Xarajatlarni batafsil numbeo.com portalida tekshirib olishingiz mumkin.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Dunyodagi eng baland bino. Sayyohlar binoning yuqori qavatiga ko’tarilib, shaharning panoramik manzarasidan bahramand bo’lishlari mumkin. Uzun navbatda turmaslik uchun, kirish chiptasini oldindan bron qilib oling.
1200 dan ortiq do’konlari va 150 dan restoranlari bila Dubai Mall dunyodagi eng katta savdo markazi hisoblanadi. U shundoqqina Burj Khalifa yonida joylashgan.
Burj Khalifa yonida joylashgan The Dubai Fountain dunyodagi eng katta xoreografik fontan tizimi hisoblanadi. Shou vaqtida uning suvlari 150 metrgacha ko’tariladi. Shoular tushdan keyin 2 martta (13:00 va 13:30 da), juma kunlari (13:30 va 14:00) va kechki payt quyosh botgandan so’ng soat tungi 23:00 gacha har 30 minutda namoyish etiladi.
Palma daraxti shaklidagi orol dunyodagi inson qo’li bilan barpo etilgan eng katta sun’iy orol hisoblanadi.
Muzeylar, ko’cha bozorlari, restoran va barlar joylashgan. Sayyohalarning sevimli mashg’uloti, abra (qayiq) da sayr qilish. Bilet narxi atigi 1 dirham.
JUMEIRAH BEACH
Plyajda xordiq chiqarmoqchimisiz? Yoki dengizning go’zal manzarasi qarshisida, ovqatlanmoqchimisiz? Shunchaki, Jumeirah plajiga keling.
Osmono’par va hashamatli binolar, restoranlar, fast food butkalari va cafelar joylashgan daha.
Kite plyaji suv sportini yoqtiruvchilar uchun juda yaxshi joy. Albatta, bu yerda shunchaki plyajda xordiq chiqarsangiz va cho’milsangiz bo’ladi.
DUBAI SAFARI
Shahardan atigi 20 daqiqa yo’l narida Dubayning sayyohlar uchun ilk diqqatga sazovor joyi – Arabiston sahrolarini topasiz. Bu yerda sayyohlarning eng yoqtirgan mashg’ulotlari 4×4 off-road jeeplarda sayr qilish, an’anaviy BBQ tayyorlash, tuya ustida sayr v.h. Bunday turni oldindan bron qilishni maslahat beramiz.
Bu yerda Arabistonning qadimiy arxitekturasidan ilhomlanib qurilgan binolar, luxury hotellar, restoranlar, spa va ko’ngil ochar markazlar joylashgan.
28 futbol maydoniga teng hududni egallagan Sarguzashtlar Dunyosi Parki oilaviy dam olish kuni uchun mos joy. Biletni onlayn sotib olish ham mumkin.
Dubay Ramkasi qurilganiga ko’p bo’lishiga qaramay, turistlarning eng sevimli joylaridan biriga aylandi. 150 metr balandlikdan shaharning panoramik manzarasidan zavq olishingiz mumkin. Oyoq ostidagi shaffof shisha pol tanangizga biroz adrenalin quyilishini ham ta’minlaydi. Navbatda turmaslik uchun biletni oldindan bron qiling.
Burj Al Arab hotelida turmasangiz yoki hotel restoranida broningiz bo’lmasa, sizni ichkariga qo’yishmaydi. Lekin bu binoni tashqaridan kuzatish ham katta zavq.
Global Village parkida ko’ngil ochar mashg’ulotlar, restoran va do’konlar joylashgan. Uning jozibadorligi shundaki, u 90 dan ortiq mamlakatning eng mashhur madaniy joylarini o’zida jamlagan.
KRUZDA SAYR
Kun bo’yi yurib charchagan bo’lsangiz, siz uchun eng yaxshi dam dengiz bo’ylab qayiq yoki kruzda sayr. Bunday xizmatlarni Dubay sohillaridan topishingiz mumkin yoki joyni onlayn bron qilsangiz ham bo’ladi.
Plyajda xordiq, sohil bo’ylab sayr yoki shunchaki dengiz bo’yida tushlik qilish uchun ham ajoyib joy.
Taqinchoqlar va aksessuarlarni yoqtirmasangiz ham bu yerdan bir dunyo taassurot olasiz. Agar sizga nimadir yoqqan bo’lsa, savdolashishni unutmang.
Amirliklar poytaxti Abu Dabi Dubaydan mashinada taxminan 1.5 soatlik masofada joylashgan. Poytaxtni ziyorat qilmoqchi bo’lsangiz, Dubdaydan avtobusda ($8, 2.5 soat) yoki taksida yo’lga chiqishingiz mumkin. Yoki turistlar uchun maxsus bir kunlik turlar mavjud. Masalan, Tripadvisordan bunda turlarni $30 dan bron qilish mumkin. Agar boshqa turistlar bilan emas, faqat privat transfer xohlasangiz, bir tomonga taksilarni o’rtacha $70-80 dan bron qilishingiz mumkin.
Qachon borgan ma’qul?
Dubayga turistlar eng ko’p oktabrdan aprelgacha tashrif buyuradilar. Sababi, ob-havo juda issiq bo’lmaydi. Dubaida eng sovuq yanvar oyida ham havo harorari 20°C dan pastga tushmaydi.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi: Arzon aeroport va shaharlaro transferlar
Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi
tiqets.com: Atraktsion biletlari, turlar v.h
Comment here
You must be logged in to post a comment.