Hujjatlarni to’liq qilganingizdan so’ng, navbatga onlayn yoziling. Hujjatlar ingliz tiliga litsenziyali tarjimon orqali tarjima qilingan holda topshiriladi. Arizani ko’rib chiqish muddati 15 kun.
Ariza. Elektron to’ldirilib, printerdan chiqariladi.
Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi
Avvalgi pasport va vizalar (agar mavjud bo’lsa)
2 ta rasm (3×4)
Hisobingiz haqida bankdan ma’lumot
Tibbiy sug’urta
Aviachipta rezervatsiyasi
Turar joy rezervatsiyasi
Ish faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar. Ishchilar: ish beruvchidan ta’tilga/sayohatga ruxsatnoma (rasmiy blankada), oylik maoshingiz oxirgi 6 oy davomida tushgan hisobingiz to’g’risida bankdan ma’lumotnoma (kirim-chiqim harakati), soliq organidan soliq to’laganligingiz haqida tasdiqnoma (ing. Income Tax Return). Tadbirkorlar: Litsenziya, firmaning 6 oylik bank hisobi harakati (kirim-chiqim), soliq organidan soliq to’langanligi haqida tasdiqnoma. Student: o’qiyotganlik to’g’risida ma’lumotnoma, ta’lim dargohining sayohatga qarshi emasligi haqida tasdiqnoma. Nafaqaxo’rlar: Nafaqa olish to’g’risida ma’lumotnoma
Davlat boji: $75
Comment here
You must be logged in to post a comment.