Hujjatlarni to’liq qilganingizdan so’ng, navbatga yozilish uchun elchixonaga qo’ng’iroq qiling. Hujjatlar ingliz tiliga litsenziyali tarjimon orqali tarjima qilingan holda topshiriladi. Arizani ko’rib chiqish muddati 15 kun.
- Ariza
- Xoriga chiqish pasporti va kopiyasi
- 2 ta rasm (3.5 x 4.5)
- Aviachipta rezervatsiyasi
- Turar joy rezervatsiyasi
- Tibbiy sug’urta
- Bankdan hisobingiz haqida ma’lumotnoma
- Ish faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar. Ishchilar: ish beruvchi bilan shartnoma yoki lavozim va oylik maosh miqdori ko’rsatilgan ma’lumotnoma, ish beruvchidan ta’tilga/sayohatga ruxsatnoma (rasmiy blankada) Tadbirkorlar: Litsenziya, soliq organidan soliq to’langanligi haqida tasdiqnoma. Student: o’qiyotganlik to’g’risida ma’lumotnoma, ta’lim dargohining sayohatga qarshi emasligi haqida tasdiqnoma. Nafaqaxo’rlar: Nafaqa olish to’g’risida ma’lumotnoma
- Davlat boji: $35
Comment here
You must be logged in to post a comment.