BlogViza

ISROILGA VIZA KERAK. QANDAY OLAMIZ?

Isroilga viza TLScontact viza markazi tomonidan qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun, avval onlayn ro’yxatdan o’tasiz (o’z profilingizni yarating) va kerakli shaxsiy ma’lumotlarni to’ldirasiz. Arizani rus yoki ingliz tilida to’ldirishingiz mumkin. So’ng, barcha hujjatlarni shaxsan topshirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan sana va vaqtni tanlang. Hujjatlar ingliz tiliga litsenziyali tarjimon orqali tarjima qilingan holda topshiriladi. Elchixonaga asosiy hujjatlarning original nusxalaridan tashqari, davlat boji to’laganlik haqida kvitansiya, uchrashuv sanasi va vaqti belgilangan e-mailni printerdan chiqarilganini o’zingiz bilan olib keling. Arizani ko’rib chiqish muddati 4 kun. Savolingiz bo’lsa, ikkilanmay elchixona bilan bog’laning. Bundan tashqari, viza markazining kuryer xizmatidan (78 ming so’m), vizaga ariza to’ldirish uchun malakali mutaxassis yordamidan (80 ming so’ng) va shu kabi qo’shimcha xizmatlardan foydalanishi mumkin. Viza bo’yicha eng ko’p savollarni mana shu yerdan o’qishingiz mumkin.

  • Ariza. Onlayn topshiriladi va 3 nusxada printerdan chiqariladi.
  • 2 ta rasm (5.5 x 5.5)
  • Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi
  • Tug’ilganlik guvohnomasi va kopiyasi
  • Nikoh yoki ajrashganlik to’g’risida hujjat. Agar turmush qurmagan bo’lsangiz, arxivdan bu haqida ma’lumotnoma
  • Aviachipta rezervatsiyasi
  • Turar joy rezervatsiyasi
  • Tibbiy sug’urta
  • Bankdan hisobingiz haqida ma’lumot va uning oxirgi 3 oylik harakati (kirim-chiqim)
  • Ish faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar. Ishchilar: ish beruvchi bilan shartnoma yoki lavozim, staj va oylik maosh miqdori ko’rsatilgan ma’lumotnoma, ish beruvchidan ta’tilga/sayohatga ruxsatnoma (rasmiy blankada) Tadbirkorlar: Litsenziya, soliq organidan soliq to’langanligi haqida tasdiqnoma. Student: o’qiyotganlik to’g’risida ma’lumotnoma, ta’lim dargohining sayohatga qarshi emasligi haqida tasdiqnoma. Nafaqaxo’rlar: Nafaqa olish to’g’risida ma’lumotnoma
  • Davlat boji: 200.000 so’m. Onlayn to’lanadi.

Comment here