Go’zal tabiat, sokin dengiz sohillari va mazali taomlarni o’zida birlashtirgan mehmondo’st Gruziya tashrif buyurmoqchi bo’lgan mamlakatlaringiz ro’yxatida shubhasiz birinchi o’rinlarda bo’lishi kerak.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
Gruziya bilan vizasiz rejim amal qiladi.
Aeroport Transferi
TBILISI AEROPORTI (TBS)
Avtobus: chipta narxi 0.50 lari ($0.15). Avtobuslar ertalab 07:00 dan tungi 22:00 gacha ishlaydi.
Taksi: o’rtacha 30 lari ($10). Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Bundan tashqari, ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.
Mashina ijaraga olish: kuniga $15 dan. Mashinani oldindan bron qilishni unutmang. Joyida qimmat yoki umuman bo’sh mashina bo’lmasligi ham mumkin.
KUTAISI AEROPORTI (KUT)
Avtobus: aeroportdan Kutaisi shahriga ($1.5), shuningdek, Batumi ($5) va Tbilisi ($7) shaharlariga ham to’g’ridan-to’g’ri avtobuslar qatnaydi.
Taksi: o’rtacha 10$. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Bundan tashqari, ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.
Mashina ijaraga olish: kuniga $15 dan. Mashinani oldindan bron qilishni unutmang. Joyida qimmat yoki umuman bo’sh mashina bo’lmasligi ham mumkin.
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)
Transport
Gruziyada bir manzilda ikkinchisiga xuddi O’zbekistondagidek yo’nalishli marshrutkalar, taksilar va avtobuslardan foydalanishingiz mumkin.
Tbilisi, Kutaisi, Kutaisi aeroporti, Batumi va Gudauri shaharlari orasida Gorgianbus web-sahifasi orqali oldindan avtobusga joy rezervatsiya qilishingiz mumkin.
Kuniga $15 dan mashina ijaraga olish mumkin. Yaxshi tomoni shuki, sayohat qilish, qayerga borish va qayerlarda to’xtash masalasida erkinroq bo’lasiz. Avtomobilni bir joydan olib, o’zingizga qulay bo’lgan ikkinchi joyga tashlab ketishingiz ham mumkin.
TripAdvisor da esa siz transport xizmatlaridan tashqari, mahalliy aholi yoki tur firmalar tomonidan taklif qilinayotgan turli xil sayohat ximatlarini ham topishingiz mumkin.
Pul
Gruziyada milliy valyuta Lari da to’laysiz. Xalqaro to’lov kartalar (Visa, Master v.h) deyarli hamma joyda qabul qilinadi. Pul almashtirishda deyarli muammo yo’q, shaharlar markazida pul almashtirish shahobchalarini ko’p uchratasiz. Lekin shahardan chetga chiqmoqchi bo’lsangiz, yaxshisi o’zingiz bilan yetarlicha naqd pul (lari) oling. Amaldagi kursni xe.com orqali tekshirib olishingiz mumkin. Hozir kunda 1 dollar taxminan 3 lariga teng.
Qachon borgan ma’qul?
DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Tbilisi
Shaharning deyarli barcha ko’rishga arzigulik joylari markazda joylashgan. Shuning uchun shaharni “kashf” qilishga sizga 1 kun bemalol yetadi. Diqqatga sazovor joylar:
Funicular – shahar manzarasini yuqoridan ko’rish
Gruziya Onasi (Kartlis Deda)
Kaxeti
Gruziyaning eng mashhur vino regioni. Bu yer nafaqat ajoyib vinolari, balki mazali taomlari bilan ham mashhur. Go’zal manzaralar, bepoyon uzumzorlardan bahra olasiz. U yerda tunab qolishingiz yoki Tbilisidan tashkil qilingan 1 kunlik turlarda qatnashishingiz mumkin.
Kutaisi
Kutaisi – dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. 4 ming yillar davomida insonlar yashab kelayotgan bu shahar Gruziyaning sivilizatsiyasi beshigi hisoblanadi va doim uning madaniy va ma’rifiy markazi bo’lib kelgan. Gruziyaning eng mashhur sayyohlik joylaridan biri. Diqqatga sazovor joylar:
Parklar va bog’lar
Batumi
Yozni dengiz sohilida o’tkazishni yoqtiradiganlar uchun ham Gruziyada joy topiladi. Batumi Qora dengiz yonida joylashgan, ta’tilingiz uchun ajoyib joy. Chiroyli sohillaridan tashqari, Batumi tashrif buyuruvchilarga qaynoq shahar hayoti, tarixiy obidalar, restoran va ko’ngil ochar parklarni taklif qiladi.
Svaneti
Ko’p manbalarda Svaneti Gruziyaning eng tabiati chiroyli regioni sifatida talqin qilinadi. Bu yerda siz tarixiy qishloqlar va uylar, yashil daralar, trekking va chang’i uchish uchun imkoniyatlardan rohatlanasiz.
Armeniya
Tbilisidan Armeniya chegarasigacha taxminan 100km, poytaxt Yerevangacha 275km (taxminan avtomobilda 5 soatlik yo’l). Agar imkon va vaqt topsangiz, bu mamlakatga albatta tashrif buyuring. Tbilisidan Yerevan shahriga avtobus yoki yo’nalishli taksilardan foydalanishingiz mumkin. Yoki Tripadvisor dan individual transferlar yoki 1 kunlik sayohat paketlarini ham ko’rib chiqing.
Gruziyada bo’lganmisiz? Rasmlar va tajribalaringiz bilan bo’lishing. Bu mamlakat haqida yana nimalarni bilishni xohlardingiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi.com: Arzon aeroport transferlari
Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi
Comment here
You must be logged in to post a comment.