Mashina ijaraga olish kerakmi?

Agar sayohat yoki ta'tilingiz mobaynida bitta joyda qolishni rejalashtirmayotgan bo'lsangiz, mashina ijaraga olishni ham o'ylab ko'ring. Ko'pgina hollarda, bu sizga jamoat transportidan arzonga tushishi mumkin. Odatda sayyohlar mashinani bevosita aeroportdan olib, yana aeroportga qaytaradilar. Lekin siz mashinani bir joydan (bir aeroport yoki shahardan) olib, ikkinchi joyga (boshqa aeroport yoki shaharga) topshirishingiz ham mumkin.

Mashina siz uchun avzalroqmi yo'qmi bilish uchun, shunchaki, sayohatingiz davomida qayerlarga bormoqchisiz, necha kishi sayohat qilyapsiz, mashina uchun 1 kunlik harajatni barchaga bo'lsangiz qanchadan tushadi, siz xohlagan joylarga jamoat transporti bo'lmasligi mumkinmi kabi savollarga javob berish kifoya. Mashina bilan vaqtni tejashingiz va istagan payt istagan tomonga sayohat qilishingiz kabi qulayliklarni eslatishga hojat yo'q.

Mashinani qachon bron qilish kerak?

Odatda mashinani qancha erta bron qilsangiz, shuncha arzonga tushadi. Keyinchalik fikringiz o'zgarib qolsa yoki boshqa yaxshiroq variant topsangiz, bronni bepul bekor qilishingiz mumkin (ijara vaqtidan minimum 48 soat oldin).

Mashinani qanday bron qilaman?

Yuqoridagi qidiruv oynasi orqali dunyodagi eng katta ijara portali Rentalcars.com dan 160 dan ortiq davlatlardagi eng arzon mashinani ijaraga beruvchi kompaniyalarning narxlarini taqqoslab ko'rish mumkin. Shunchaki mashinani olib ketish joyini tanlang - ko'p hollarda bu uchib kelish aeroportingiz bo'ladi. So'ng, mashinani olib ketish va qaytarish vaqtini belgilang. Samolyot sabab, mashinani olishga ertaroq yoki kechroq kelsangiz hech qanday muammo yo'q.

Mashina ijarasi uchun nimalar kerak?

HAYDOVCHINING YOSHI. Ko'pgina ijara kompaniyalari haydovchilardan eng kamida 21 yoshda va minimum 2 yillik haydovchilik tajribasiga ega bo'lishini talab qiladi. Bundan kichik yoshdagi haydovchilar uchun ijara narxi yuqoriroq bo'ladi. Eng arzon narx odatda 26 dan 65 yoshgacha bo'lgan sayyohlar uchun taklif qilinadi, sababi ularning tajribasi yetarli darajada deb qaraladi, shuning uchun ijara kompaniyasiga ular xavfsiz haydovchilar hisoblanishadi.

XALQARO HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI. Bunday guvohnomani olish juda oson. Buning uchun pasport, haydovchilik guvohnomangiz, 2 ta 3x4 rasm kerak bo'ladi, xolos. Xalqaro guvohnomangiz 3 kun ichida tayyor bo'ladi. Bir yillik amal qiluvchi guvohnoma uchun davlat boji taxminan 300 ming so'm. Bunday hujjatni masalan Toshkent shahri, Yakkasaroy ko'chasi, 40-uyda joylashgan offisdan olishingiz mumkin (ofis adresi:ДЕПАРТАМЕНТ МЕЖДУНАРОДНЫХ ВОДИТЕЛЬСКИХ УДОСТОВЕРЕНИЙ).

DEBIT YOKI KREDIT KARTA. Debit karta bu oyligingiz tushadigan va har kuni foydalanidigan oddiy to'lov kartangiz. Lekin bu albatta xalqaro to'lovlarni ham amalga oshirsa bo'ladigan karta (masalan, Visa, Mastercard) bo'lishi zarur. Kredit karta esa, oddiy til bilan tushuntirganda, oylik maoshingiz tushguncha minusga ham foydalanish imkonini beradigan karta. Oylik maoshingiz tushgandan so'ng, bank kredit karta orqali o'tgan oyda sarf qilingan mablag'ni avtomatik tarzda yechib oladi. Bank kredit karta limitini oylik daromadingizga qarab belgilaydi. Shunday qilib, mashina ijaraga olishda aksariyat hollarda kompaniyalar kredit kartangiz bo'lishini talab qiladi. Lekin debit karta kifoya qiladigan kompaniyalar ham oz emas. Qaysi kartadan foydalanish mumkinligini bilib olish uchun mashina bron qilayotganingizda o'sha kompaniyaning ijaraga olish qoidalarini (Условия аренды) ko'rib chiqing.

Debit yoki kredit karta nega kerak? Mashinani olib ketishdan avval har bir ijara kompaniyasi sizning kartangizdan ma'lum bir miqdorda depozit pulini bloklab qo'yadi ($200-300 dan $1000 gacha) va mashinani qaytarganingizdan so'ng, bir necha kunda kartangizga pulni yana qaytarib beradi. Shuning uchun, kartada yetarlicha mablag' bo'lishi kerakligini hisobga oling. Diqqat! Karta sizga tegishli bo'lishi va kartada ism-familiyangiz xatosiz yozilgan bo'lishi shart.

SUG'URTA. Xohlaymizmi yo'qmi, baxtsiz hodisa yoki mashinaga turli xil shikast yetishini doim ham oldini ololmaymiz. Shuning uchun mashinani bron qilayotgan vaqtda sug'urta paketini ham qo'shib bron qilishni maslahat beramiz. Sug'urtani mashinani qabul qilib olayotganda bevosita kompaniyadan ham sotib olishingiz mumkin. Lekin bu sizga ancha qimmatga tushishi mumkin.

Yoqilg'i

Aksariyat kompaniyalarda mashinani to'liq tank bilan olib, to'liq tank bilan qaytarasiz. Mashinaga qanday yoqilg'i (benzin yoki dizel) kerakligini so'rab oling yoki sizga berilgan mashina hujjatlaridan ko'rib oling.

Qo'shimcha to'lovlar

Agar qo'shimcha xizmatlardan foydalanmoqchi bo'lsangiz, albatta buni ham mashina bron qilayotganda qo'shib ketsangiz bo'ladi. Masalan: bolalar uchun avtomobil o'rindig'i, GPS navigator v.h.

Mashinani olishda sizga nima kerak?

  • Mashinani bron qilganingiz haqida tasdiq-vaucher (bu sizga bron qilganingizdan so'ng shaxsiy emailingizga yuboriladi)
  • Kredit/Debit karta
  • Xalqaro haydovchilik guvohnomasi
  • O'zbekiston haydovchilik guvohnomasi
  • Pasport

Barcha shartlari ijaraga olish qoidalarida (Условия аренды) ko'rsatib o'tilgan bo'ladi. Uchib kelganingizda so'ng, ijara kompaniyasining aeroportda joylashgan ofisini topishingiz kerak. Qayerda joylashgani haqida sizga kelgan emailda yoki vaucherda yozilgan bo'ladi. Yoki aeroport ishchilaridan ham so'rasangiz ham bo'ladi.

Mashinani qabul qilib olish

Mashinani qabul qilib olayotganda yaxshilab tekshirib oling: hech qanday tirnalgan yoki shikast yetgan joyi yo'qmi. Agar bo'lsa, ijara hodimi buni mashinani topshirish hujjatida qayd qilib qo'yadi. Iloji bo'lsa, siz ham mashinani barcha tomonidan yaxshilab rasmga olvoling.

Tamom. Endi mashinaga yuklaringizni joylab, ro'lga o'tirib, musiqani baralla yoqib, sayohatingizni boshlashingiz mumkin.

Muammo tug'ilsa

Xavotir olishga hojat yo'q. Ijara kompaniyalari uchun bu odatiy hol va bunga ular doim tayyor turishadi. Mashinani qabul qilib olayotganingizda sizga Yordam Xizmatining raqamini berishadi. Biror muammo tug'ilsa, shu raqamga telefon qilsangiz bas.

Mashinani topshirish

Agar avtomobilni aeroportga topshirish kerak bo'lsa, mashinani aeroportning qaysi joyidan olgan bo'lsangiz, o'sha joyiga olib borishingiz kerak. Bunda sizga ijara kompaniyasi parkovkasi tomon navigatsiya panellari yordam beradi. Mashniani topshirishga 15 daqiqadan q soatgacha vaqt ketishi  mumkin. Shuning uchun samolyotga ulgurish uchun zaxira vaqt bilan keling. Mashinani topshirishdan avval yoqilg'i tankini to'ldirishni unutmang. Mashinani qabul qilishda ijara xodimi mashinani tezda ko'zdan kechirib chiqadi. Mashina kalitini qaytarganingizdan so'ng, chamadonlaringizni olib uchish xonangiz tomon yo'l olishingiz mumkin. Bir necha kun yoki 1 xaftadan so'ng, bloklangan depozitni blokdan chiqaradilar. Agar mashinani shikastlangan holda qaytarsangiz (masalan, oyna singan yoki urilgan), ijara kompaniyasi bloklangan depozitdan kerakli summani ushlab qoladi. Agar mashina bron qilayotganda sug'urta ham sotib olgan bo'lsangiz, unda bu summani Rentalcars.com sizga to'liq to'lab beradi.