Misrning eng mashhur sohilbo’yi shahri Sharm-Ash-Shayx plyajda ta’tilni o’tkazish uchun eng yaxshi joylardan biri. Moviy dengiz, mazzali taomlar va tinchlikdagi hordiqni sevuvchilar bu yerni bir zumda yoqtirib qoladilar. Ayniqsa, oilaviy ta’tilni o’tkazmoqchi bo’lganlar uchun Sharm-Ash-Shayx ideal shahar.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
O’zbekiston fuqarosi Misrga borish uchun viza olishi kerak.
Pul
Misrda misr funti amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 15 funt.
Aeroport Transferi
Taksi: $15-20. Taksini oldindan bron qilish zarur.
Turar Joy
Hotellar €25 dan (1 kecha, 2 kishi uchun)
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari
Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi
Comment here
You must be logged in to post a comment.