Gretsiya plyajlari haqida ortiqcha reklama kerak emas. Gretsiyadagi ta’tilidan ko’ngli to’lmagan biror odamni topish amri mahol. Go’zal sohillar, mazzali taomlar, ochiqko’ngil odamlar, ro’yxatni ko’p davom ettirish mumkin. Xullas, Gretsiyaning qaysi shahriga bormang, ajoyib hordiq siz kafolatlanadi.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
O’zbekiston fuqarosi Gretsiyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.
Pul
Gretsiyada yevro (€) amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.
Aeroport Transferi
Taksi: €10-20. Oldindan bron qilish zarur.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €15 dan. Orolni aylanish uchun ham eng qulay transport vositasi.
Turar Joy
Hotellar $25 dan (1 kecha, 2 kishi)
Yeb-ichish Xarajatlari
Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar o’rtacha €16, fast foodlar €7-8 turadi. Numbeo.com da xarajatlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.
Qachon borgan ma’qul?
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari
Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi
tripadvisor.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h
BikesBooking.com: Velosiped, skuter, mototsikl va hokazolarni ijaraga olish
Comment here
You must be logged in to post a comment.