AeroportlarBlog

NUR-SULTON AEROPORTI

Transport

Aeroportdan shahar markazigacha taxminan 18km. Shaharga borish uchun eng arzon variant jamoat avtobuslari (N10 va N12). Bilet narxi taxminan 200 tenge ($0.50) va ish vaqti ertalab 6 dan tungi 11 gacha.

Taksilarni aeroport chiqish eshigi yonidan topasiz. Vaqt yo’qotmaslik va firibgarlikni oldini olish uchun taksini oldindan bron qilib qo’ying.

railways.kz

Dam olish yoki uxlash

2018 – yilda aeroportning 1-terminalida hozir trendda bo’lgan yaponcha kapsula xonalar ochildi. Bunday kapsula xonalar ixcham, cho’ntakbop va barcha sharoitlarga ega: smart TV, yukxona, USB-zaryadlash stansiyalari, konditsioner, qulay krovat v.h. Har soati uchun taxminan 1000 tenge to’laysiz. Aeroport hududida klassik hotel ham joylashgan bo’lib, xonani 2 kishi uchun 12 soatga 16 ming tengedan ijaraga olishingiz mumkin (24 soatga 20 mingdan). Pulni xalqaro to’lov kartasi bilan ham to’lasa bo’ladi. Agar kutish vaqtingiz 15 soatda n ko’proq bo’lsa, maslahatimiz, turar joyni aeroport tashqarisidan bron qiling. Sizga ancha arzon tushadi

nn-airport.kz

Yeb-ichish

Aeroportning barcha 3 qavatida ham restoran va barlarni topasiz. Ular non-stop ishlashadi: masalan, Segafredo Zanetti Espresso, Yurt, Barista Coffee Shop, Burger Pasta, Creperie de Paris, Black & Brown v.h.

astanaairport.kz

Wi-Fi va zaryadlash stansiyalari

Aeroport hududida bepul Wi-Fi mavjud. Ulanish uchun telefon nomeringizdan foydalanasiz va kelgan sms kodni kerakli joyga kirgizib, ulanish tugmasini bosasiz.

ATM (Bankomat)

Aeroport hududidan bir nechta banklarning bankomatlarini topishningiz mumkin. Xalqaro to’lov kartalari (Visa, Mastercard) orqali naqd pul yechib olish mumkin.

Pul almashtirish

Pul almashtirish shahobchasi bor va dollar, yevro, rubl, funt-sterling va xitoy yuanini qabul qiladi.

Yuklarni saqlash

Yuklarni saqlash xizmati har ikkala terminalda ham joylashgan. Bir kunga 680 tenge ($2).

astanaairport.kz

Comment here