AeroportlarBlog

CHIMKENT AEROPORTI

Toshkentdan qanday boriladi?

Toshkentdan atigi 130km narida joylashgan Chimkent shahriga Olmozor metrosi yonidan har kuni 3 mahal (07:00, 12:00, 18:00) avtobus yo’lga qo’yilgan. Bilet 40 ming so’m, yo’lga 3-3.5 soat vaqt ketadi.

Toshkentdan Chimkent aeroportiga xususiy taksilar yoki o’z mashinangizda ham borsangiz bo’ladi. Aeroport bepul va pulli qo’riqlanadigan avtoturargohlarga ega.

Transport

Toshkentdan yo’lga chiqqan avtobus sizni Chimkentdagi vokzalga eltib qo’yadi. Vokzaldan aeroportgacha taxminan 10km. Vokzaldan yoki shahar markazidan aeroportga avtobusda (12, 12A, 12B) 70 tengega (1500 so’mga) yetib olasiz. Avtobus ertalab 06:00 dan kechki 07:00 gacha ishlaydi. Tavsiyamiz – Yandex Taxi: qulay va tez. Klassik taksilar uchun shahardan aeroportgacha yoki aeroportdan shaharga narx 500-600 tenge atrofida bo’ladi. Imkon bo’lsa, O’zbekistondan biroz qozoq tengesi (transport uchun) sotib oling. Yoki Chimkent shahri markazida joylashgan valyuta almashtirish shahobchalaridan foydalanishingiz mumkin.

Dam olish yoki uxlab olish

Qisqa transferlarni aeroportda, masalan, aeroportdagi bar yoki kafeda o’tkazishingiz mumkin. Agar kutish vaqtingiz uzoq bo’lsa, aeroportga yaqinroq hotelni bron qilganingiz ma’qul.

Yeb-ichish

Aeroport hudida oshxona, kafe va bar joylashgan.

Yuklarni saqlash

Yuklarni saqlash xizmati ham mavjud.

Comment here