Transport
Aeroport shahar markazidan taxminan 16km narida joylashgan. Shaharga borish uchun eng arzon transport avtobus. Avtobus 100E shahar markazigacha boradi va bilet 900 forint ($3) turadi. Avtobus 200E sizni eng yaqin metro bekati (Kőbánya-Kispest) gacha eltib qo’yadi. Shundan so’ng, o’z manzilingiz tomon metroda sayohat qilasiz. Bilet 450 forint ($1.5). Avtobus bekati shundoqqina aeroport chiqish eshigi yonida joylashgan, bilet sotuvchi kioska ham.
Shuttle buslar, ya’ni yo’lovchilarni hotellarigacha eltib qo’yuvchi kichik avtobuslar (MiniBUD) ham ko’proq yuklaringiz bo’lsa siz uchun qulay variant. Bilet narxi taxminan $15 (4.900 forint). Biletni uchib kelish zalida joylashgan MiniBUD kioskasidan sotib olasiz.
Agar taksini afzal ko’rsangiz, albatta rasmiy taksi kompaniyasi (Fotaxi) xizmatidan foydalaning. Uchib kelish zalidan ularning ofisini topasiz. Ular sizning manzilingizga qarab, o’zgarmas narx belgilaydi. Yoki taksini oldindan bron qiling va uchib kelganingizdan so’ng ortiqcha vaqt yo’qotmay manzilingizga yetib oling. Agar siz 2 yoki undan ortiq sheriklar bo’lsangiz, taksi siz uchun eng qulay variant.
Dam olish yoki uxlash
Budapesht aeroporti 24 soat ishlasa-da tunab qolish yoki uzoq transfer vaqtida dam olish uchun qulay joylarga ega emas. Shuning uchun, aeroport yaqinida joylashgan mehmonxonalarning birontasini bron qilganingiz ma’qul: dush, qulay krovat, televizor va boshqa qulay sharoitli xonada yaxshi dam olasiz.
Yeb-ichish
Aeroportning deyarli barcha hududida restoran, fast food va barlar yetarlicha. Lekin ovqatlanish uchun eng yaxshi joy – SkyCourt gastrozali. Sababu u yerda tanlov ko’p: Burger King, Upper Crust, KFC, Costa Coffe, Leroy, Terrace Cafe va hokazo.
Komfort zallar (Lounges)
Budapesht aeroportida jami 6 ta komfort zallar bor. bud:vip lounge faqat a’zolar uchun yoki bir kishi uchun 215 yevrodan. Mastercard Airport Lounge faqat Premium Mastercard egalar uchun. SkyCourt Lounge, Celebi Lounge, Menzies Lounge va LOT Business Lounge komfort zallariga bir marttalik to’lov bilan kirshingiz mumkin.
Wi-Fi va zaryadlash stansiyalari
2 soatgacha bepul internetdan foydalanishingiz mumkin. bud:free Wi-Fi setini toping va ulanish uchun mailingizni kirgizing. Kutish zallarida telefoningiz va boshqa elektronikalarni zaryadlash uchun stansiyalar yetarli. Bunday stansiyalarni SkyCourt gastrozalidan ham topishingiz mumkin.
ATM (Bankomat)
Aeroportda pul yechib olish uchun bankomat o’rnatilgan. Lekin pul yechib olishga shoshilmang. Aeroportda sizga naqd pul deyarli kerak bo’lmaydi. Masahatimiz, imkon bo’lsa, shahar tashqarisidagi bankomatlardan foydalaning. Bank komissiyasi kamroq bo’ladi.
Pul almashtirish
Aeroportda pul almashtirish shahobchasi bor. Lekin kurs doim ancha past bo’lgani sababli, imkon bo’lsa valyutani shaharda almashtiring.
Yuklarni saqlash
SkyCourt gastrozali yonida yuklarni saqlash xizmati joylashgan. 1 soati €4, 3 soati €8, 6 soati €16, 12 soati €27, 24 soati €38.
Comment here
You must be logged in to post a comment.