BlogPlyajShahar

LISSABON, PORTUGALIYA $399 DAN

Lissabon – Portugaliyaning poytaxti va eng yirik shahri, shuningdek Yevropadagi eng ko’p turistlar tashrif buyuruvchi shaharlardan biri. O’zining an’anaviy va zamonaviy arxitekturasi, go’zal tabiati va mehmondo’st odamlari bilan sizda juda iliq taassurot qoldiradi. Yil bo’yi mo’tadil iqlim ushbu shaharga istalgan payt dam olish kunlarini o’tkazish uchun kelishga imkoniyat yaratadi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Portugaliyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Portugaliyada yevro () amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Aeroport Transferi

LISSABON HUMBERTO DELGADO AEROPORTI

Metro: €1.5. Biletni metro bekatida joylashgan maxsus avtomatlardan yoki bilet ofislaridan sotib olishingiz mumkin.

Avtobus (Airbus Line 1): €4. Shahar markazidagi istagan bekatda tushib qolishingiz mumkin (masalan, Restauradores bekatidan Pc. Comercio bekatigacha bo’lgan joylar shahar markaziga eng yaqin nuqtalar hisobalanadi).

Avtobus (Airbus Line 2): €4. Lissabonnning moliyaviy markazi tomon harakatlanadi.

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Uber yoki Bolt mobil ilovasidan ham foydalanishingiz mumkin.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €10 dan.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

LISSABON €15 DAN

HOTELLAR €35 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Lissabonni asosan piyoda kezasiz. Jamoat transportlari (avtobus, tramvay, metro) ham juda yaxshi ishlaydi. Maslahatimiz, bir kunlik bilet sotib oling (€7) va stressiz sayohat qiling. Taksi uchun minimalka €4 va har bir km uchun €0.50.

SHAHARLARARO

Lissabondan sayohat qilishda avtobus, poyezd, samolyot yoki mashinadan foydalanasiz. Sayohatingiz rejadagidek o’tishi uchun bilet yoki mashinani oldindan bron qilib borishni tavsiya qilamiz.

Lissabon – Porto: avtobus €6 dan (3 soat)

Lissabon – Madrid: avtobus €10 dan (8 soat), samolyot €20 dan

Lissabon – Sevilla: avtobus €20 dan (6 soat), samolyot €20 dan

Lissabon – Marokash: samolyot €50 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar narxi €8 dan boshlanadi. Savdo markazlarida yoki fast food butkalarida tushlik (taom + ichimlik) uchun o’rtacha €8-10 sarflaysiz. Numbeo.com dan xarajatlar haqida batafsilroq bilib olasiz.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

TRAMVAY 28

geocaching.com

London qizil rangli ikki qavatli avtobuslari bilan, Lissabon esa uzoq tarixga ega tramvaylari bilan mashhur. Ularning ichida 28-tramvay liniyasi Lissabonning eng diqqatga sazovor ko’chalari (masalan, Graça, Baixa, Bairro Alto) va obidalari (masalan, Avliyo Jorj Qal’asi, Alfama) bo’ylab sayohat qilishi bilan turistlar uchun juda sevimli. Ertalab soat 7:30 dan to kechki 21:15 gacha sayyohlar atigi €2.90 ga (bir martalik chipta) Lissabon bo’ylab unutilmas sarguzashtga chiqishlari mumkin.

BELEM

planetware.com

Dengiz bo’yida joylashgan Belem dahasi Lissabonning eng muhim yodgorliklari, muzeylari va mashhur Pasteis de Belém qasri bilan turistlar uchun juda jozibali joy. Bu yerda siz Jeronimos Monastiri, Belem Minorasi, Kashfiyotlar Monumenti, Belem Saroyi (Portugaliya prezidentining rasmiy qarorgohi), Kolechao Berardo Muzeyi va bir nechta manzarali bog’larni uchratasiz. Kashfiyotlar Davrida (XV asr boshlarida) muhim rol o’ynagan kemalar aynan Belem portidan yo’lga chiqishgan. Masalan, Belemdan yo’lga chiqqan avantyuristlar qatoriga Yevropadan Hindistonga birinchi bo’lib suzib kelgan Vasko da Gama, yer sharini kemada birinchi marta muvaffaqqiyatli aylanib chiqqan Ferdinand Magellan kabilarni qo’shishimiz mumkin. Bundan tashqari, Amerikani kashf qilib Ispaniyaga qaytayotgan Kristofer Kolumb ham Belemda to’xtab o’tadi.

ALFAMA

lisbonguide.org

Go’zal va tarixiy Alfama an’aviy do’konlar, restoranlar va eng yaxshi Fado klublar (fado – portugal klassik musiqa-qo’shig’i) bilan to’lib toshgan tor va toshli ko’chalardan iborat daha. Tepalikda joylashgani sabab, ko’pgina turistlar Alfamaga borish uchun 28-tramvaydan foydalanishadi. Lekin piyoda yo’lga chiqish sizga atrofdan yaxshiroq zavq olish imkonini beradi. Avliyo Jorj Qal’asi, Se Sobori, Feira de Ladra kabi mashhur shaharning diqqatga sazovor joylari Alfamada joylashgan.

ELEVADOR DE SANTA JUSTA

orangsmile.com

Parij Eyfeli arxitektori Gustave Eyfel shogirdi Raoul Mesnier du Ponsard tomonidan yaratilgan ushbu qadimiy lift nafaqat sizni 150 metrlik balandlikda joylashgan mashhur Bayro Alto tepaligiga olib chiqadi, balki o’zining tarixiy dizayni bilan sizni hayratga solmasdan qo’ymaydi. 1 asrdan ko’proq xizmat qilayotgan ushbu lift dastlab bug’ yordamida ishlagan va so’ng elektrlashitirlgan. Tepalikka ko’tarilgandan so’ng, Lissabonning ajoyib panoramik manzarasidan bahra olasiz.

SINTRA

culturetrip.com

Lissabon markazidan taxminan 30km shimoliy-g’arbda joylashgan Sintra dahasi go’zalligi haqida hatto ingliz shoiri Lord Bayron va portugal shoiri Luis Vaz de Kamye she’rlarida ko’plab maqtovlar yog’dirilgan. Moviy osmon, yam-yashil tepaliklar, tosh ko’chalar va ertaklardagi kabi rang-barang villalar fotokamerangizdan beto’xtov foydalanishga majbur qiladi. Eng mashhur nuqtalardan biri Qirolicha Mariya II va uning eri uchun qurilgan rang-barang Nacional de Pena saroyi. Bundan tashqari, Nacional de Sintra saroyi, Monserrat saroyi, Moorlar saroyi, Quinta da Regaleira kabi diqqatga sazovor joylar ham Sintrada joylashgan. Shuning uchun ham Sintra to’liqligicha UNESCO Jahon Merosi ro’yxatiga olingan.

AVLIYO JORJ QAL’ASI

portugesecatera.com

Castelo de São Jorge Lissabonning Alfamadagi eng baland nuqtasida joylashgan bo’lib, shaharning ajoyib tarixi va manzarasini taqdim etadi. Qal’a Rimliklar, Visigotlar va Moorlarning qo’rg’oni bo’lib xizmat qilgan. So’ng, Portugaliyaning birinchi qiroli Afonso Xenriqes uni o’z saroyiga aylantirgan. Ushbu diqqatga sazovor hozirgi kungacha juda yaxshi saqlanib kelmoqda. Qal’ada restoran, bog’lar va ba’zan yovvoyi hayvonlarni ham uchratasiz.

TORRE DE BELEM

planetware.com

Tagus daryosining sohilida qurilgan ushbu qal’a minora XVI asrdan beri Belem portini qo’riqlash uchun xizmat qilgan. Kashfiyotlar Davrida oltin qidirib yo’lga chiqqan ko’plab kemalar ayan shu yerdan yo’lga chiqqanlar. Shaharning eng yorqin timsoliga aylangan ushbu arxitektura durdonasi UNESCO himoyasiga olingan. Tashrif buyuruvchilar qal’aning ichiga kirib, uning xonalarini aylanishlari mumkin.

CASCAIS

Cascais sohilbo’yi shahri Lissabonning Cais do Sodré vokzalidan 45 daqiqalik yo’lda joylashgan. 1900-yillarda oddiy baliqchilar qishlog’idan qirollik va boy oilalar uchun dam olish maskaniga aylandi. Hozirda bu yerga butun dunyodan sayyohlar plyajda hordiq chiqarish uchun tashrif buyurishadi. Luxury kurortlar va hotellar bilan to’lib-toshgan Cascaisda Portugaliyaga sayohatingizni yoqimli hordiq bilan yakunlashingiz mumkin. Mashhur plyajlari: Praia da Duquesa, Praia da Rainha, Praia das Moitas, Praia de Santa Marta, Praia do Tamariz, Praia Grande, Guincho

AVLIYO JEROME MONASTIRI

discoverwalks.com

Mosteiro dos Jeronimos yoki Jeronimos monastiri Lissabonning Belem tumanida joylashgan UNESCO Jahon Merosi obyekti hisoblanadi. Monastir XV asr oxirlarida qirol Manuel I davrida, kashfiyotchi Vasko da Gama va uning ekipaji sharafiga qurilgan. Hindistonga mashhur sayohati oldidan ekipaj oxirgi kechani aynan shu qal’ada o’tkazishgan. XVII asrda ushbu bino rohiblar uchun monastir bo’lib xizmat qilgan: ushbu rohiblarning vazifasi dengizchilarga dalda berish va qirol uchun ibodat qilish bo’lgan. So’ngra, 1940-yilgacha maktab va bolalar uyi vazifasini o’tagan.

CAXIAS

pinterest.com

Lissabondan 15km narida yana bir plyaj shahar Caxias sayyohlar uchun quyosh ostida hordiq chiqarish uchun yaxshi joy. O’rta Yer dengizi bo’yida qumli sohilda ta’tilingizni a’lo darajada o’tkazish uchun hotellar, kurortlar, restoran va barlar va suv sportlari uchun imkoniyatlar yetarli.

TROYA YARIM OROLI

Troya yarim oroliga yetish uchun Lissabondan taxminan 2 soatlarcha vaqt sarflashingizga to’g’ri keladi. Bilingki, bu vaqtingizga achinmaysiz. Atlantik okeani bo’ylab eng chiroyli manzara va qumli sohillarni taqdim etuvchi Troyani uzoq vaqt yodingizdan chiqarolmaysiz. Plyajda dam olish yoki cho’milish paytida (agar omadingiz kelsa) delfinlar o’yinidan bahramand bo’lishingiz ham mumkin.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in Lisbon (Lisbon Region ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

Eng Ko’p Bron Qilinadigan Biletlar:

Hop-on Hop-off Boat Lisbon: €20

Hop-on Hop-off Bus Lisbon: €17

Fado Live Music Show: €20

Comment here