BlogShahar

AMSTERDAM, NIDERLANDIYA $399 DAN

XVII asrda amalga oshirilgan 50 yillik proyekt natijasida Amsterdam hududi 4 barobar kengaydi va London, Parijdan keyingi uchinchi eng katta Yevropa shahriga aylandi. Oltin Asr nomini olgan ushbu davrda Amsterdam dunyoning savdo, iqtisodiy va madaniy muhim nuqtasiga aylandi. Rembrand, Van Gog kabi buyuk rassomlar ijod qilgan ushbu shaharda siz bir zum ham zerikish his qilmaysiz. Ko’zni quvontiruvchi tarixiy va zamonaviy arxitektura, toza, tartibli va did bilan qurilgan ko’chalar, betakror muzeylar, an’anaviy bozorlar va savdo markazlari, ko’ngilochar tadbirlar, teatrlar va tungi hayot taassurotlari qalbingizda uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarosi Niderlandiyaga schengen viza bilan boradi. Schengen viza uchun kerakli hujjatlar va uni mustaqil, oson olish yo’llari haqida biroz avval yozib o’tdik.

Pul

Niderlandiyada yevro () amal qiladi. Hozirda 1 dollar taxminan 0.90 yevro.

Aeroport Transferi

AMSTERDAM SCHIPHOL AEROPORTI (AMS)

Avtobus: €7

Shuttle Bus: €17

Poyezd: €6. Bo’sh joy qolmasligini oldini oling va biletni oldindan bron qiling.

Taksi: manzilga yetib olish uchun eng qulay va tez variant. Taksini oldindan bron qiling. Taksi qidirib vaqt yo’qotmaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz.

Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha €30 dan

Turar Joylar (1 kecha, 2 kishi)

AMSTERDAM €39 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Eng diqqatga sazovor joylar shahar markaziga yaqin bo’lgani uchun transportga katta ehtiyojingiz bo’lmaydi. Shunday bo’lsada, Amsterdamda jamoat transporti juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Avtobus, Metro va Tramvayga 1 kunlik chipta taxminan €8. Chiptalarni bekatda joylashgan avtomat yoki chipta ofislaridan sotib olasiz. Bundan tashqari, shahar markazidan o’tuvchi Amstel daryosi bo’ylab jamoat paromlari shaharning turli qismlariga doimiy qatnovlarni amalga oshiradi. Bunday imkoniyatdan sayohatingiz davomida albatta foydalaning.

SHAHARLARARO

Amsterdamdan boshqa shaharlarga sayohat qilishi uchun avtobus, poyezd va albatta samolyotlar asosiy transport vositalararidir. Mashina ijaraga olish Amsterdam ichida sizga ko’p yordam bermasa-da, uzoq masofaga sayohat qilish uchun qulay transport: yo’llar sifatli, deyarli barcha yo’l qoidalariga qattiq rioya qiladi. Misol tariqasida, sizga bir nechta yo’nalishlar bo’yicha transport xarajatlarini keltirib o’tamiz. Maslahatimiz, sayohatingiz uchun transport yoki biletlarni oldindan bron qiling. Kutilmagan vaziyatlarni oldini olasiz.

Amsterdam – Utrext: avtobuslar €8 dan, poyezd €9 dan (0.5 soat)

Amsterdam – Brussel (Belgiya): avtobuslar €11 dan, poyezd €26 dan (3 soat)

Amsterdam – Berlin (Germaniya): avtobuslar €27 dan (12 soat), poyezd €37 dan, samolyot €50 dan

Amsterdam – Frankfurt (Germaniya): avtobuslar €25 dan (8 soat), poyezd €32 dan

Amsterdam – Paris (Fransiya): avtobuslar €19 dan (7 soat), poyezd €35 dan

Yeb-ichish Xarajatlari

Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy taomlar €10 dan boshlanadi. Fast foodlarni €5-7 ga sotib olish mumkin. Espresso €2, mineral suv €2, pivo €2.5 v.h. Numbeo.com portalidan xarajatlarni batafsilroq ko’rib chiqishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

RIJKSMUSEUM

awesomeamsterdam.com

O’rta asrdan to XX asrgacha bo’lgan Niderlandiyaning rivojlanish tarixi haqida hikoya qiluvchi muzey: kemalar, milliy liboslar, Rembrand, Vermeer, Frans Xals asarlari, Osiyo Pavilioni, bog’ v.h. Muzeyga kirish uchun uzoq navbat kutishni istamasangiz, muzeyga iloji boricha ertaroq keling. Eng ko’p turistlar keluvchi pik vaq soat 11:00 dan 15:00 gacha. Kirish €17.5 va ish vaqti 7:00 dan 17:00 gacha. Uzun navbatda turib vaqt yo’qotmaslik uchun biletni oldindan bron qiling.

ANNE FRANK UY MUZEYI

sidewalk.com

Natsist nemislardan qochib Amsterdamga oilasi bilan yashiringan yosh yahudiy qiz Anne Frankni 2 yildan so’ng sotqinlik tufayli natsistlar tutib, qochqinlar lageriga jo’natishadi va u yerda oxir-oqibat halok bo’ladi. Uning o’z ko’rgan-kechirganlari haqida yozib qoldirgan kundaligi (Yosh Qizning Kundaligi) o’limidan so’ng uni butun dunyoga mashhur qildi. Hozirda u yashagan uy muzeyga aylantirilgan. Bu muzey Amsterdamning turistlar orasida eng sevimli bo’lgan joylaridan biri hisoblanadi. Chiptalar cheklangan bo’lib, ularning 80 foizi 2 oy oldin sotuvga chiqariladi va qolgan 20 foizi Anne Frank muzeyi web-sahifasida tashrif buyurish kuni soat 9:00 da onlayn sotuvga qo’yiladi. Shuning uchun kirish chiptasini iloji boricha oldindan bron qilishni maslahat beramiz. Masalan, bunday chiptalarni Tripadvisordan ham topish mumkin. Chipta narxi €9.

VAN GOG MUZEYI

hisour.net

Vinsent Van Gogning eng ko’p asarlari, shu jumladan “Bodom Gullashi“, “Kungaboqar” kabi juda mashhur ishlari jamlangan muzey. Yiliga 2 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilari bilan Van Gog muzeyi nafaqat Amsterdamdagi, balki butun Niderlaniyadagi eng sevimli muzey hisoblanadi. San’atining eng gullagan davrida g’ayrioddiy o’lim topgan (yoki o’ldirilgan) Van Gogning hayoti va 200 dan ortiq asarlari bilan yaqindan tanishish Amsterdamga sayohat qilgan deyarli barcha sayohatchilarning “ro’yxati“dan joy oladi. Biletni onlayn sotib olishingiz ham mumkin.

VONDELPARK

booking.com

116 gektarga cho’zilgan Amsterdamdagi eng katta va eng sevimli yashil park. Shunchaki tabiatdan zavqlanasizmi yoki sevimli insoningiz bilan piknik qilasizmi, bundan yaxshi joy topolmaysiz. Gullar to’la hovuzlar, atirgul bog’i, amfiteatr, bolalar uchun o’yin maydonchasi, kafe va restoranlar bilan kuningizni mazmunli o’tkazasiz. Kirish bepul.

HEINEKEN

amsterdamtourist.info

Eng mashhur pivo brendlaridan biri bo’lgan Heineken vatani Amsterdamda sayyohlar bu ichimlik tarixi, tayyorlash jarayoni bilan tanishish va albatta degustatsiya uchun kompaniyaning 1 asrdan ko’proq tarixga ega zavodiga tashrif buyurishlari mumkin. Biletni onlayn bron qilishni tavsiya etamiz. Zavod tashrif buyuruvchilar uchun har kuni ochiq (dushanba-payshanba ertalab soat 10:30 dan ertalab soat 7:30 gacha va juma-yakshanba kuni ertalab soat 10:30 dan 9.00 gacha).

DAM MAYDONI

fotrune.com

Amsterdam markazida joylashgan Dam maydoniga tashrif buyurmaslik mumkin emas. Sababi, shahardagi barcha yo’lar aynan shu maydonda kesishadi. Bu yerdan Qirollik Saroyi, Nieuwa Kerk, Urush Yodgoriligi kabi diqqatga sazovor joylarni topasiz.

QIZIL CHIROQ DAHASI

lonelyplanet.com

Amsterdam ko’pchilik uchun liberal shahar sifatida yaxshi tanish. Qizil Chiroq (Red Light) dahasi shaharning eng qadimgi qismi bo’lishi bilan birga, bu yerda turistlar marihuana do’konlari, qizil chiroq yongan deraza ortida o’z xizmatini reklama qilayotgan yarim-yalang’och fohishalar kabi faqat Amsterdamga xos hayot tarzining guvohi bo’ladilar. Lekin shuni ta’kidlash joizki, Niderlandiyada marihuana yoki fohishalik xizmatini ko’chada va jamoat joylarida taklif qilish qat’iyan taqiqlanadi. Dahada turistlar eng ko’p tashrif buyurvchi Qizil Chiroq Sirlari muzeyi joylashgan.

JORDAAN DAHASI

culturetrip.com

XVII asrda qurilgan uylar, kafe va restoranlar, tor ko’chalar va shahardan oqib o’tuvchi kanal bo’ylab sayr qilish uchun Jordaan dahasiga keling. Sayyohlar bu yerda asosan Amsterdam taomlaridan bahramand bo’lish, do’konlar aylanish va rasmga tushishni yoqtirishadi.

QAYIQDA SAYR

pinterest.com

Amsterdam o’zining go’zal kanallari bilan ham mashhur. Shahar bo’ylab 165 yo’nalishga tarqalgan kanal yo’llari UNESCO Umumjahon Merosi ro’yxatiga olingan. Shahardan yanada ko’proq zavqlanish uchun kanal bo’ylab velosipedda yoki qayiqda sayr qiling. Shahar kanallari bo’ylab jamoat paromlari doimiy qatnovni amalga oshiradi. Ulardan foydalanish bepul. Sayyohlar orasida eng mashhur yo’nalishlar: Markaziy Vokzaldan NDSM-wharf tomonga (906) yoki Markaziy Vokzaldan Buiksloterwerg tomonga (901 yoki 907). Yoki sayyohar uchun maxsus kruzlarda sayr qilishingiz ham mumkin.

FOODHALLEN

amsterdamsights.com

Amsterdam milliy taomlarimi, street foodmi yoki internatsional oshxonami barchasi Foodhallen binosidan topasiz. 30 dan ortiq restoran va barlarda albatta sizning ta’bingizga mos ovqat va ichimliklar topiladi.

ALBERT CUYP BOZORI

foodlog.com

1 asrdan ko’proq tarixga ega ushbu fresh market Yevropadagi eng katta ochiq bozorladan biridir. Meva, sabzavot, baliq, gullar va kiyim-kechaklar sotadigan 260 dan ortiq rastalar yakshanba kunidan tashqari har kuni ishlaydi. Bundan tashqari, zargarlik buyumlari va suvenirlar sotib olish uchun ham mos joy.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in Amsterdam (Noord-Holland ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Busbud.com: Arzon avtobus biletlari

Trainline.com: Arzon poyezd biletlari

tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga biletlar, mahalliy gidlar va qiziqarli mashg’ulotlar v.h

BikesBooking.com: Velosiped, skuter, mototsikl va hokazolarni ijaraga olish

Comment here