BlogPlyajShahar

SAUDIA ARABISTONI $499 DAN

Muqaddas Makka va Madina shaharlari bilan Saudia Arabistoni butun islom dunyosiga yaxshi tanishdir. Har yili millionlab ziyoratchilar Haj safarini o’tash uchun bu mamlakatga oshiqadilar. Bundan tashqari, Saudia UNESCO Jahon Merosiga kiritilgan 5 ta yodgorligi, o’ziga xos chiroyli shaharlari, urf-odatlari, bepoyon sahrolari, Asir tog’lari va Qizil Dengiz bo’yidagi go’zal plyajlari bilan ham butun dunyodan sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Viza

O’zbekiston fuqarolari Saudia Arabistoniga viza bilan boradilar. Vizani oson va mustaqil olish uchun nimalar qilish kerakligi haqida avvalroq batafsil yozganmiz.

Pul

Saudia Arabistonida milliy valyuta Riyal. Hozirda 1 dollar taxminan 3.7 riyalga teng. Xalqaro to’lov kartalari hotel va yirik do’konlarda muammosiz ishlasa-da, yoningizda yetarlicha naqd pul olib yurishni tavsiya qilamiz. Valyuta almashitirish shoxobchalarini aeroportdan, shahar yoki savdo markazlaridan topasiz.

Aeroport Transferi

JIDDA KING ABDULAZIZ AEROPORTI (JED)

Jidda xalqaro aeroportidan shahar markazigacha taxminan 17km. Aeroportdan shaharga yetib olish uchun avtobus ($1-3), taksi ($15-19) yoki mobil ilova Uber ($6-9)dan foydalanishingiz mumkin. Avtobus har soatda yo’lga chiqadi va masofani yarim soatda bosib o’tadi. Yoki aeroportdan mashina ijaraga olishingiz ham mumkin.

Turar Joylar (1 kecha, 2 kishi)

JIDDA $23 DAN

MAKKA $23 DAN

MADINA $20 DAN

AR RIYOD $15 DAN

Transport

Shahar ichi jamoat transportlari yaxshi rivojlanmagan. Shuning uchun turistlar uchun eng qulay variantlar – taksi yoki mashina ijaraga olish bo’lib qolmoqda. Taksidan foydalanishning eng qulay va arzon yo’li bu mobil ilovalar Uber yoki Careem. Mashina ijaraga olmoqchi bo’lsangiz, o’zingiz bilan xalqaro xaydovchilik guvohnomasini olishni unutmang.

Shaharlaro ko’chishda avtobuslar eng arzon variant. Avtobus yo’nalish va jadvalini shu yerdan tekshirib olishingiz mumkin. Katta shaharlar orasida (Jidda, Madina, Ar-Riyod v.h) aviaqatnovlar yaxshi yo’lga qo’yilgan. Parvozlar tez-tez, qulay va qimmat emas. Shaharlaro arzon biletlarni Kiwi.com portalidan bron qilishingiz mumkin.

Jidda – Makka. Jidda shahri avtovokzalidan Makka shahriga har soatda doimiy avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan. Chipta narxi taxminan $6 va yo’l vaqti 2 soat. Yaqin kunlardan Careem Bus mobil ilovasi ishga tushdi va siz endi Makka shahriga 13 kishilik marshrutkalarda tezroq va qulayroq sayohat qilishingiz mumkin. Narx deyarli bir xil ($6) va naqd pulda to’laysiz. Taksilar uchun xizmat haqi taxminan $50.

Jidda – Madina. Masofa 400km. Borish va qaytish aviabiletini $99 dan bron qilishingiz mumkin. Eng arzon variant avtobus (avtovokzaldan). Chipta narxi bir tomonga taxminan $15 va yo’lga 6 soatdan ko’p vaqt sarflaysiz.

Makka – Madina. Ikki shahar orasida doimiy avtobus qatnovlari mavjud. Chipta narxi $12.

Haramain Express Poyezdi. 2018-yildan beri Jidda Aeroporti – Makka – Madina o’rtasida tez yurar poyezdi harakatlana boshladi. Hozircha qatnovlar faqat haftaning payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Jidda – Makka yo’nalishida ekonom klass uchun chipta narxi taxminan $10, Makka – Madina yo’nalishi uchun esa $40. Chiptani onlayn sotib olishingiz ham mumkin. Chiptani imkon qadar erta sotib oling. Chunki unga talab yuqori bo’lganidan, bo’sh joylar qolmasligi mumkin.

Yeb-ichish Xarajatlari

Fast foodlar o’rtacha $6 turadi. Qimmat bo’lmagan restoranda 2 kishilik tushlik uchun $25 atrofida sarf qilasiz. Numbeo.com portalida boshqa turdagi xarajatlar ham keltirib o’tilgan.

DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

Makka

Makka yer yuzining deyarli to’rtdan bir qismini tashkil qiluvchi musulmonlar uchun eng muqaddas shahar hisoblanadi. Har yili Makkaga 3 millionga yaqin odamlar tashrif buyuradi va ularning ko’p qismini Haj va Umra ziyoratiga kelganlar tashkil qiladi. Shaharda mehmonlar uchun kamxarjli turar joylardan tortib 5 yulduzli hotellargacha, Osiyodan tortib Amerika oshxonalarigacha yetarlicha topiladi.

MASJID AL HARAM

flickr.com

Musulmon dunyosining eng muqaddas masjidi. Har yili 2 millionga yaqin musulmonlar Haj safari mobaynida ushbu masjidga albatta tashrif buyuradilar. Dastlab, VII as o’rtalarida qurilgan masjid hozirgi kungacha bir necha bor restovratsiyani boshidan kechirdi va kengaydi. Hozirda uning hududi 40 gektardan oshiq va bir vaqtning o’zida 4 millionga yaqin ziyoratchini sig’dira oladi.

KAABA

wikipedia.com

Butun dunyo musulmonlari uchun juda qadrli bo’lgan bu yodgorlik (kubik shaklidagi qora tosh) Al Haram masjidining markazida joylashgan. Dunyo musulmonlari namozlarini aynan Ka’aba joylashgan tomonga qarab ado etadilar. Al Haram masjidi ham dastlab bu muqqaddas joyni o’rash va himoya qilish maqsadida qurilgan. Ka’aba hozirgi kunga yetgunga qadar bir necha restovratsiyadan o’tdi, ammo uning dastlabki shakli o’zgarmadi. Oxirgi katta yangilash ishlari XVII asr boshida qattiq yomg’irli toshqindan so’ng, Usmonli Turk imperiyasi sultoni Murod IV tomonidan amalga oshirilgan.

ABRAJ AL BAIT

wowtravel.com

Hotel Fairmont Makkah Clock Royal Tower (Soat Minorasi) nomi bilan ham tanilgan bu 5 yulduzli hotel Al Haram masjidi yonida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng baland binolardan biridir: 120 qavat, 1542 xona, 9 ta restoran, 56 ta lift. Haj va Umra safariga kelgan ziyoratchilarning sevimli turar joyi. Binoning yuqori qavatlaridan Al Haram masjidi va Makka shahrining go’zal manzarasi sizga yaxshi ko’rinib turadi.

JABAL AL NOOR

world.travel

Nur tog’i” deb ataluvchi ziyoratchilar orasida mashhur joy. Bu tog’da Islomda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan g’or bor. Islom manbalariga ko’ra, bu yerda Muhammad (SAV) ko’p vaqtini o’tkazgan va Xudo tomonidan birinchi vahiyni ham aynan shu g’or ichida Jabroil (a.s) tomonidan qabul qilib olgan.

MASJID E TANEEM

madainproject.com

Bu masjid Makkadan 10 daqiqalik masofada joylashgan bo’lib, asosan umra safariga kelgan chet elliklar orasida mashhur. Yuvinish xonalari, tahorat xonalari va kiyim almashtirish xonalari kabi barcha imkoniyatlarga ega. Makkada Umra ziyoratidan oldin, bu masjidda kiyimlarni almashtirib (Ihram holatiga kirib), so’ng safaringizni boshlaysiz.

MINA

indiatoday.com

Har yili dunyoning turli burchaklaridan Haj safariga kelgan millionlab insonlar istiqomat qiladigan sun’iy shahar. Haj safari vaqtida ziyoratchilarning vaqtincha yashashi uchun 100 mingdan ortiq konditsionerli chodirlardan iborat.

MAKKAH MALL

flickr.com

Makkaning eng katta savdo markazi. Oilaviy dam olish, shopping va xilma-xil taomlardan bahra olish uchun mos joy. Ko’pgina mahalliy va xalqaro brendlar, restoranlar, supermarketlar joylashgan.

Madina

Madina so’zi arabchada shahar ma’nosini anglatadi. Islom dunyosida ikkinchi muqaddas shahar. Shunday bo’lsa-da, Madina Muhammad (SAV) ning amrlariga amal qilgan birinchi shahardir. Payg’ambar qabri ham, eng qadimiy masjidlar ham Madinada joylashgan. Shuning uchun, Saudiaga safar qilgan musulmonlar albatta ushbu shaharni ham ziyorat qilmasdan ketmaydilar. Madinaning diqqatga sazovor joylari:

AL MASJID AN NABAWI

ilovemosques.com

Muhammad (SAV) ning Madinada istiqomat qilgan uyi o’rnida hozirda Al Nabaviy masjidlar kompleksini uchratasiz. Bu kompleks yon atrofida bir paytlar Payg’ambar tomonidan qurdirilgan birinchi masjidlar bo’lganligi aytiladi. Afsuski, u masjidlar bizning davrimizgacha saqlanib qolmagan. Madina markazida joylashgan Al Nabaviy kompleksi o’ziga xos me’morchilik durdonasidir. Har kuni bu yerda dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuzlab ziyoratchilarni uchratasiz.

QUBA MASJIDI

urduplanforum.com

Quba masjidi Madina shahridagi tarixiy ahamiyatga ega 3 masjiddan biridir. Uning joyida bir paytlar Muhammad (SAV) ning Makkadan Madinaga kelib qurdirgan eng birinchi masjidi bo’lgan deb qaraladi. Afsuski, dastlabki masjid saqlanib qolmagan. Yangi masjid juda keng bo’lib, bu yerda Qur’on o’qish uchun kelgan yoki hordiq chiqarayotgan ziyoratchilarni ko’p uchratasiz.

UHUD TOG’I

flickr.com

Bu joy Muhammad (SAV) armiyasi va Makkaliklar o’rtasida bo’lib o’tgan 625-yilgi jang bilan tanilgan. Payg’ambar bu jangda qattiq yaralanadi va amakisidan ayriladi.

MASJID AL QIBLATAN

hajandumraplanner.com

Masjid o’ziga xos nostandard shakli, oppoq devorlari va ko’plab minoralari bilan jozibalidir. Masjid hududi katta. Kompleks ichidagi hovli, palma daraxtlar, tabiiy yog’och bezaklari va hashamatli qandillar e’tiboringizni tortmay qolmaydi.

AL NOOR MALL

tripadvisor.com

Al Noor savdo markazi ham sayyohlarning sevimli joyidir. Savdo markazi dizayni islom madaniyati va zamonaviy me’morchilikning o’ziga xos uyg’unligida yaratilgan. Issiq kunda dam olish, shopping va ovqatlanish uchun mos joy.

Jidda

Saudianing eng katta megapolisi va tijoriy markazidir. Xalqaro parvozlarning ko’pchiligi ayna Jidda orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun bu shahar ko’pchilik tashrif buyuruvchilar uchun Saudiga birinchi qadam vazifasini o’taydi. Saudianing g’arbiy sohilida, Qizil dengiz yonida joylashgan Jidda UNESCO Butun Jahon Meroslari ro’yxatiga kiritilgan. Jidda boy tarixi, madaniyati, go’zal shahar tabiati va chiroyli plyajlari bilan, shubhasiz, sayyohlarning yana bir sevimli manziliga aylangan.

QIROL FAHAD FAVVORASI

jeddahcity.ae

1980-yilda qurilgan, hozirgacha dunyodagi eng baland favvora (312m). Quyosh botish paytida ajoyib manzarani guvohi bo’lasiz. Siz uni shaharninig istagan nuqtasidan ko’ra olasiz.

AL BALAD

thenational.ae

Jiddaning qadimiy shaharchasi. VII asrda tashkil topgan bu shaharchada ko’chalar, uylar deyarli asl holicha saqlangan. Shuning uchun ham bu joy UNESCO ro’yhatiga kiritilgan.

AL RAHMA

twitter.com

Suzayotgan Masjid deb ham ataladi. Dunyoda yagona suv (dengiz) ustida qurilgan masjid. Masjid quyosh botayotganda dengiz bilan birga juda go’zal manzarani hosil qiladi.

FAKIEH AKVARIUMI

tripadvisor.com

Shahar markazida joylashgan akvarium sayyohlar uchun yana bir mashhur joy. Rang-barang baliqlar, marjon qoyalar va dengiz jonzotlari bilan to’lgan kompleksda sizni e’tiboringizni asosan delfinlar shousi tortadi. O’zingiz yoki oilaviy dam olish uchun ham juda yaxshi maskan.

QIZIL DENGIZ SAVDO MARKAZI

twitter.com

Shahardagi eng katta savdo markazi. Shopping, dam olish va ovqatlanish uchun juda yaxshi joy.

SOUQ AL ALAWI

agoda.com

Savdogarlar va xaridorlar bilan to’la Alavi ko’chasida arab qo’l mehnati mahsulotlari, an’anaviy kiyim-kechaklar va aksessuarlar sotiluvchi yuzlab rastalarni topasiz. Yaqinlaringizga suvenir sotib olish uchun juda qulay joy.

GASTRONOMIYA

hungerstation.com

Qovurilgan tovuq, shovurma va falafelni albatta ta’tib ko’ring. Ular sotiladigan restoranlarni deyarli har bir ko’chada uchratasiz. Narxlari ham cho’ntakbop, taxminan $4 atrofida.

DENGIZ

pinterest

Jidda mamlakatning eng chiroyli privat plyajlariga ham ega. Palma daraxtlari, tilla rangli qum va osoyishta moviy dengiz sizning Saudiga sayohatingizning ajoyib yakuni bo’lishi mumkin. Masalan: Silver Sand Beach, South Corniche, Seahorse Resort, OIA Resort. Jidda shahrida jamoat plyajlari deyarli yo’q. Shuning uchun, plyajda dam olish uchun turar joyni aynan plyaj rezortlaridan bron qilishingiz kerak.

DAMMAM

tripadvisor.com

Plyajda dam olishni xohlovchi turistlar orasida mashhur Saudianing sharqiy provinsiyasi. Shahar tarixiy obidalar, ko’ngil ochar parklar va ajoyib gastronomiyasi bilan ham sayohat uchun Saudianing eng yaxshi joylaridan biridir.

Dammamda turar joy $7 dan

Dammamga arzon aviabiletlar $600 dan

Qachon borgan ma’qul?

Eng ko’p sayyohlar Saudiaga havo juda issiq bo’lmagan oktabr oyidan mart oyigacha tashrif buyuradi.

Climate and average monthly weather in Al Kharj (Riyadh Province ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

Rentalcars.com: Arzon mashina ijarasi

Comment here