Nafaqat Malayziyaning, balki dunyoining eng go’zal dengiz sohillari joylashgan Langkawi oroli ta’tilingizni o’tkazish uchun ideal maskanlardan biridir. 99 orolni birlashtirgan Langkawi afsonaviy sohillardan tashqari yam-yashil tropik o’rmonlar, tog’lar va albatta qaynoq shahar hayotini ham o’zida jamlagan. Bu orolda, istasangiz luxury rezortlar, yoki cho’ntakbop hotellarda maroqli dam olishingiz mumkin. Shundoqqina plyaj bo’yida joylashgan turar joylarni 2 kishi uchun $10 dan bron qilishingiz mumkin.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
Malayziya bilan vizasiz rejim amal qiladi.
Pul
Malayziya milliy valyutasi Malayziya Ringgiti mamlakat hududida foydalaniladigan yagona pul birligi. Xalqaro to’lov karatalari Visa va Mastercard eng keng qabul qilinadigan kartalardir. Bankomatlardan pul yechib olish umuman muammo emas. Kartalar bilan deyarli barcha joylarda to’lovni amalga oshira olsangizda, har ehtimolga qarshi albatta naqd pul olib yurishni unutmang. Aeroport va shahar markazlarida almashtirish shoxobchalarini osongina topasiz. Hozirda $1 taxminan 4 ringgitga teng.
Aeroport Transferi
LANGKAWI AEROPORTI (LGK)
Taksi: $20-30. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz, ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz va qo’shimcha, arzon narx, hotelgacha olib borish va bepul kutib turish kabi qulayliklarga ega bo’lasiz.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha $25 dan. Oldindan bron qilishni unutmang.
Turar Joylar (1 kecha, 2 kishi)
LANGKAWI $9 DAN
HOTELLAR $12 DAN
Transport
Langkawi kichkina orol bo’lganligi sabab, jamoat transportlari sayohat uchun qulay emas. Eng qulay variant – taksi. 15 minutlik yo’l haqi o’rtacha 18 MR ($4). Taksilarni mobil ilova Grab Taxi orqali ham chaqirishingiz mumkin. Turistlar uchun maxsus tashkil qilinadigan shuttle avtobuslar haqida hotel receptiondan ma’lumot olishingiz mumkin. Avtomobil ijaraga olish yana bir yaxshi tanlov. Istalgan payt istalgan joyga ketaverasiz.
Yeb-ichish xarajatlari
Bir kunlik o’rtacha xarajat $10-15 ni tashkil qiladi. Qimmat bo’lmagan restoranda asosiy ovqatlarga 10 ringgit ($3) atrofida sarflaysiz. Nambeo.com dan batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Qachon borgan ma’qul?
Langkawi orolida yil davomida deyarli o’zgarmaydi. Kunduzi 30°C kechasi 25°C atrofida. Eng ko’p turistlar asosan yanvardan martgacha tashrif buyuradilar. Sababi, havo quruq va yog’ingarchilik minimal bo’ladi. Bahor faslida yomg’irli kunlar ko’p bo’ladi. Umuman, Malayziya tropik iqlimga egaligi sababli, yil davomida yomg’irning tez-tez yog’ishi ajablanarli emas.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
12go.asia: Arzon aeroport transferlari, shaharlararo avtobus, poyezd va boshqa transferlar
Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi
Tiqets.com: atraktsionlar, arzon biletlar, bir kunlik turlar va qiziqarli mashg’ulotlar.
Comment here
You must be logged in to post a comment.