Ukrainada sayohat qilish taassurotlarini boshqa biror joydan ololmaysiz. Bilasizmi nima uchun? Chunki bu erda siz ertaklardagi kabi saroylarlarni, betakror va yoqimli eski shaharlarni va aksincha, bir zamonlar butun SSSR va dunyoni titratgan va hozirgacha huvullab yotgan Chernobilni kashf qilasiz.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Viza
O’zbekiston fuqarosi Ukrainaga vizasiz sayohat qiladi.
Aeroport Transferi
KIYEV BORYSPIL AEROPORTI (KBP)
Poyezd: bilet narxi 80 grivna. Biletni faqat xalqaro to’lov kartasi bilan bekatda joylashgan avtomatlardan sotib olish mumkin. Poyezd kunduzi har 30 daqiqada, tunda esa har 2 soatda bir martta yo’lga chiqadi va sizni shaharda joylashgan Kiyev-Pasajirski vokzaliga eltib qo’yadi.
Avtobus: chipta narxi 100 grivna. Avtobus xizmatini (N322) Sky Bus kompaniyasi amalga oshiradi. Biletni onlayn sotib olish ham mumkin. Avtobus bekati poyezd bekatining orqa tarafida joylashgan.
Taksi: taxminan $25-35. Taksi topish uchun ketadigan vaqtni va ehtimoliy firibgarlikni oldini olish uchun, taksini oldindan bron qiling. Bundan tashqari, ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.
Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)
KIYEV $10 DAN
LVOV $12 DAN
ODESSA $13 DAN
Transport
Ukraina transport tizimi deyarli O’zbekiston bilan bir xil ishlaydi. Shuning uchun xavotir olishga hojat yo’q. Avtobus, trolleybus, tramvay uchun biletni haydovchi yoki konduktordan sotib olasiz. Metroga esa chipta (jeton) stansiyaga kiraverishda sotiladi. Shahar ichida yo’lovchi taksilardan yoki Uber, Yandex kabi mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin. Kiyevdan Lvov, Odessa, Xarkov va boshqa shaharlarga poyezdga chiptalarni mana shu yerdan xarid qilishingiz mumkin. Kiyev aeroportidan Ukrainaning juda ko’p shaharlariga (Odessa, Xarkov v.h) to’g’ridan-to’g’ri avtobuslarni ham topishingiz mumkin. Avtomobil ijaraga olish uchun oldindan bron qilishni unutmang.
Pul
Ukraina milliy pul birligi grivna (гривні). Hozirgi kunda 1 dollar o’rtacha 27 grivnaga teng (xe.com). Xalqaro to’lov kartalaridan (Visa, Master) deyarli muammosiz foydalanasiz. Valyutani bankomatlarda, almashtirish shoxobchalarida, banklarda almashtirishingiz mumkin.
Qachon borgan ma’qul?
DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Kiyev
Kiyevning diqqatga sazovor joylari bir-biriga yaqin joylashgani uchun shaharni piyoda kezsa ham bo’ladi. Kiev xaritasini hotellardan bepul olishingiz mumkin.
- Kiyev-Pechers’ka Lavra (Києво-Печерська Лавра)
- Ona-Vatan xiyoboni (Родина-мать)
- Andreyev cherkovi (Андреевский спуск)
- Sofia ibodatxonasi (Софійський собор)
- Kreshatik ko’chasi (Крещатик)
- Oltin Gumbazli Muqaddas Mixail monastiri (Михайловский Златоверхий монастырь)
- Mustaqillik Maydoni (Площадь Независимости)
- Chernobil Milliy muzeyi (Национальный музей “Чернобыль”)
- Milliy Me’morchilik Muzeyi (Музей национальной архитектуры и быта “Пирогово”)
Chernobil
Falokat sodir bo’lganiga 33 yildan ko’proq vaqt o’tdi. Bu voqea haqida juda ko’p haqiqat va cho’pchaklarni eshitganmiz. U yerda nimalar bo’lgani, odamlar nimalarni boshidan kechirganini bilish doim biz uchun qiziq bo’lgan. Kiyevga tashrifingiz chog’ida imkoniyatdan foydalaning va albatta Chernobilga sayohat qiling. Chernobil Kiyevdan taxminan 1.5 soatlik yo’l va u yerga faqat mahalliy gid bilan borishingiz mumkin. Mustaqil sayohatchilarni qattiq qo’riqlanadigan ushbu hududga o’tkazishmaydi. Bunday gidlarni Kiyev shahrida joylashga sayohat agentliklaridan yoki onlayn topish qiyin emas.
- Bu xavfsizmi? – Mutlaqo. Sizga hech qanday maxsus kiyim ham kerak emas. Faqat gidingiz yo’riqlariga amal qilsangiz bas.
- Tur qanday o’tadi? – Gid sizni hoteldan yoki avvaldan kelishilgan joydan olib ketadi. Ketish vaqti odatda ertalab 8:00. Taxminan 90 daqiqalarda Chernobil o’tkazish punktiga yetib borasiz. U erda politsiya sizning pasportingiz va ruxsatnomangizni tekshiradi. ular sizning pasportingizni va ruxsatnomangizni tekshiradi (ruxsatnomani giddan olasiz). Shundan so’ng, Pripiyat va Chernobil regionlaridagi diqqatga sazovor joylarni ko’rasiz. Albatta, reaktor oldidan ham o’tasiz. Soat 16:00 atrofida yana Kievga qaytasiz.
Rasm va videoga olish mumkinmi? – Hech qanday qarshilik yo’q.
Lvov
Lvov Ukrainaning madaniy markazi, huddiki Rossiyaning Sankt-Peterburgi, Polshaning Krakovi yoki Chexiyaning Pragasi kabi. Bu yerda post-sovet shaharlaridagi kabi kommunizm belgilarini deyarli uchratmaysiz. Lvov sizga ko’proq Yevropaning klassik eski shaharlarini eslatadi. Yevropa atmosferasini ko’p mablag’ sarf qilmasdan his qilmoqchi bo’lsangiz, Lvov siz uchun ideal shahar.
- Eski shahar (Старый город)
- Bozor Maydoni (Площадь Рынок)
- Lvov Markaziy Binosi (Львовская ратуша)
- Lichakiv qabristoni (Лычаковское кладбище)
- Muqaddas Yura ibodatxonasi (Собор святого Юра)
- “Insomnia” vahima xonasi (Комната Страха “Insomnia”)
- Arman ko’chasi (Армянская улица)
Odessa
Quyosh nuri, mayin dengiz shabadasi, mazali taomlar, mehmondo’st va xushchaqchaq insonlar, hayratga soluvchi yodgorliklar, parklar va bog’lar – bularning barchasini Odessadan topasiz. Qora dengizning sokin va go’zal sohillarida maroqli hordiq chiqarishingiz uchun ajoyib joy. Siz bu yerda zerikishga vaqt topolmaysiz: doimiy festival va bayramlar, madaniy hordiq uchun teatr va operalar, qizg’in tungi hayot, erta tonggacha ishlovchi bar va restoranlar v.h.
Asosiy diqqatga sazovor joylari:
- Teatr maydoni (Театральная площадь)
- Deribasovskiy ko’chasi (Дерибасовская улица)
- Primorskiy bulvar (Приморский бульвар)
- Potemkin zinasi (Потёмкинская лестница)
- Passaj (Пассаж)
- Arkadiya regioni (Курортный район Аркадия)
Ukrainada bo’lganmisiz? Ukrainada yana qayerga borishni, nimalar qilishni maslahat berardingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi.com: Arzon aeroport transferlari
Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi
Tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga kirish biletini oldindan sotib olish. Buning qulay jihati shuki, sayohat kunida bilet olish uchun uzoq navbat kutib turishingizni oldini oladi.
Comment here
You must be logged in to post a comment.