Markaziy Osiyodagi eng kichik mamlakat. Tojikiston hududida Oltoy tog’lari, Pomir va Tyanshan tog’lari joylashgan, shuning uchun mamlakatning 90% dan ko’prog’ini tog’lar tashkil etadi. Quyida sayohatingizni rejalashtirishda yordam berishi mumkin bo’lgan bo’lgan eng muhim ma’lumotlarni siz bilan bo’lishamiz.
Qachon Borgan Ma’qul?
May – Oktabr
Bu Tojikistonga tashrif buyurish uchun eng qulay vaqt, ayniqsa siz Pomirda sayr qilishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz. Ba’zan qalin qor iyun oyining oxiriga qadar saqlanib turadi va tog’larda ba’zi rejalashtirgan manzilingizga yetib olishingizni murakkablashtiradi. Oktabr oyidan boshlab havo yana soviy boshlaydi va qor tufayli tog’larda “trekking” qilish davri tugaydi.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Tojikistonga Yana Qanday Borish Mumkin?
- Shaxsiy avtomobilda
- Avtobusda (Toshkent – Xo’jand, har kuni 10:00, 50.000 so’m, 4.5 soat)
- Poyezdda. Batafsil ma’lumotni O’zbekiston Temir Yo’llari web-sahifasidan olasiz
Transport
Havo Transporti
Ichki aviaqatnov hozircha faqat Dushanbe – Xo’jand yo’nalishi bilan cheklangan. Lekin Dushanbedan Xorug’ shahriga ham reyslarni topish mumkin. Afsuski, chiptani onlayn topa olmaysiz. Chiptalarni Dushanbe aeroportida sotib olish mumkin. Ushbu parvoz taxminan 45 daqiqa davom etadi va sizga Pomir tog’larining unutilmas manzarasini taqdim etadi. Parvozlar, odatda, kuniga ikki marta amalga oshiriladi, lekin ob-havo sharoitlariga ko’ra bekor qilinishi ham mumkin. Chipta narxi taxminan $100 dollarni tashkil etadi. Agar avtomobilda borishni istasangiz, 11 soatdan oshiq vaqt va ba’zan sifatsiz yo’llarni ham hisobga oling.
Taksi va Marshrutkalar
Tojikistonda poyezd va avtobuslarni unuting. Shaharlararo qatnovni asosan marshrutkalar va yo’nalish taksilari amalga oshirishadi. Tojikistonda asfalt yo’llar asosan poytaxtda va asosiy bog’lovchi trassalarda, qisman Pomir magistralida joylashgan.
Xavfsizlik
Tojikiston xavfsiz mamlakat. Lekin mamlakatga kirishda, shuningdek, ba’zi viloyatlardan, masalan, Tog’li Badaxshon Avtonom Viloyatidan o’tishda puxta tekshiruvlarga tayyor bo’ling. Mamlakat bo’ylab sayohat qilayotganda, yuqorida aytib o’tilgan mintaqaviy chegaralardan tashqarida ham hujjat va yuklarni tekshirilishiga tayyor bo’ling.
Gastronomiya
Tojik oshxonasida ham juda ko’p go’sht ishlatiladi. Spirtli ichimliklarni odatda restoran va do’konlardan topish muammo emas.
Tojikistonda eng mashhur taomlar: palov, shashlik, sho’rva, qurtop, borsh va boshqalar
Pul
Mamlakatda to’lovni tojik somoni yoki ko’p hollarda dollar bilan qilishingiz mumkin. Valyuta almashtirish shahobchalarini asosan Dushanbedan topasiz. Visa yoki Mastercardni o’zingiz bilan olishga hojat yo’q. To’lovlar deyarli naqd pulda amalga oshiriladi.
DIQQARGA SAZOVOR JOYLAR
Dushanbe
Tojikiston poytaxti sizni ko’plab ko’kalamzorlar, bog’lar va favvoralar bilan o’ziga maftun etadi. Agar siz Dushanbe shahrida bo’lsangiz, quyidagi joylarga borishni maslahat beraman:
- Rudaki Xiyoboni (kech tushganda)
- Ismoil Somoniy Haykali
- Bayroq (165m)
- G’alaba Maydoni
- Milliy Muzey
- Hisor Qal’asi
Pomir
Pomir – bu dunyoning tomi deb ham ataladi. 7000 dan ortiq cho’qqilarga ega va go’zal, ammo o’zgaruvchan tabiatli tog ‘tizmasi. UNESCO bayonotida Tojikiston hududining 18 foizini tashkil etadigan ko‘p asrlik muzliklar va baland tog‘liklardagi ko‘llari tufayli Tojikiston Pomir Milliy Parki Jahon Merosidan o‘rin olgan.
Umida qilamizki, Tojikiston haqidagi ma’lumotlarimiz va maslahatlarimiz sizga sayohatingiz davomida oz bo’lsa ham yordam beradi.
Tojikistonda bo’lganmisiz? Yana qayerlarga borishni maslahat bergan bo’lardingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.
Foydali havolalar:
Turar joylar: Dushanbe, Xo’jand, Xorug’ (Pomir Tog’lari)
Arzon aviachiptalar: Dushanbe – Toshkent
Comment here
You must be logged in to post a comment.