BlogViza talab qilinmaydi

QOZOG’ISTON $29 DAN

Dunyoda territoriyasi bo’yicha 9-o’rinda turuvchi va eng boy qo’shnimiz Qozog’iston ham turistlar uchun ko’p narsalar taklif qila oladi. Vaqt va imkon topib, bu mamlakatga oilangiz yoki do’stlaringiz bilan tashrif buyursangiz, hech ham achinmaysiz.

tripadvisor.com

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Qachon Borgan Ma’qul?

May-Iyun va Sentabr-Oktabr. Ushbu oylar Qozog’istonda sayohat qilish uchun eng mos keladi. Harorat + 30 ° C atrofida, quruq. May oyida yarim cho’l hududlar yashil rangga burkanadi.

Iyul-Avgust. Harorat eng yuqori bo’lgan davr va ba’zi joylarda harorat + 50 ° C gacha ko’tariladi.

Noyabr-Aprel. Harorat sovuqroq va yomg’irli bo’lish ehtimoli yuqori. Dekabr va yanvar oylarida Nur-Sultonda juda sovuq va harorat -30 ° C gacha tushadi.

Xavfsizlik

Qozog’siton O’zbekiston kabi eng xavfsiz mamlakatlardan. Shuning uchun, shahar va qishloqlarni kezganingizda hech narsadan xavotir olishga o’rin yo’q. Tavsiyalarimiz:

  • Politsiya va harbiy obyektlarni suratga olmang
  • Agar eshik oldida taqiq bo’lsa, cherkov va masjidlarni suratga olmang
  • Mahalliy aholini suratga olish uchun avval ruxsat so’rang

Qozog’istonga Qanday Borish Mumkin?

Sizning oldingizda bir nechta variant bor: o’z avtomobilingizda, avtobusda, poyezdda yoki samolyotda.

Avtobus. Toshkentdan har kuni Qozog’istonning bir nechta shahriga avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan.

  • Toshkent – Karaganda – Nur-Sultan (180.000 so’m, 220.000 so’m)
  • Toshkent – Chimkent (40.000 so’m)
  • Toshkent – Olmota (99.000 so’m)
  • Toshkent – Turkiston (50.000 so’m)
  • Boshqa marshrutlar

Poyezd. Qozog’istonning deyarli barcha yirik shaharlariga poyezd orqali sayohat qilishingiz mumkin. Batafsil marshrutni O’zbekiston Temir Yo’llari web-sahifasida tekshirishingiz mumkin.

Samolyot. Toshkentdan Nur-Sulton, Olmota va boshqa shaharlarga bemalol ucha olasiz. Agar chiptaga pulni tejamoqchi bo’lsangiz albatta Qozog’istonning chegaramizga yaqin aeroportidan uching. Masalan, Chimkentdan.

Transport

Havo transporti

Ichki havo qatnovi muntazam, arzon va deyarli barcha viloyatlarga amalga oshiriladi.

Marshrutkalar

Qozog’iston infratuzilmani rivojlantirishga juda katta mablag’ sarflamoqda va yo’llarning sifati Markaziy Osiyoda eng yaxshisidir. Shu sababli, qisqa vaqt ichida ko’p narsani ko’rishga, ko’p joyga borishga ulgurishingiz mumkin. Har bir shahar yoki qishloqda marshrutkalar turadigan joy bor. Marshrutkalar 10 dan 20 o’ringacha mo’ljallangan miniven.

Avtobuslar

Avtobuslarining sifati O’rta Osiyoda eng yuqoridir. Barcha yirik shaharlar juda yaxshi bog’langan va avtovokzallarda ma’lumot topishga qiynalmaysiz. Masalan, 10 soatlik konditsionerli avtobusda yo’l yurish sizga o’rtacha $6 ga tushadi.

Poyezdlar

kazaktravel.kz

Chiptalarni onlayn sotib olish mumkin: http://www.railways.kz/en. Qozog’iston temir yo’llari shaharlar va qo’shni davlatlar bilan yaxshi bog’langan. Masalan, Olmaotadan Moskvaga, Novosibirskka, Toshkentga va xatto Xitoyning Urumchi kabi shaharlariga bora olasiz. Odatda poyezdlarning asosiy qismi uzoq yo’l sabab uxlash uchun moslashgan vagonlarga ega. Poezdlar arzon, lekin chiptani 1-2 hafta oldin bron qilish tavsiya etiladi. Narxlarga kelsak, masalan, Turkistondan Olmotaga bir kishi uchun Ekonom chipta $9 atrofida. Nur-Sulton – Chimkent orasida tezyurar poyezd bo’lib, narxi 16 soatlik yo’lga taxminan $40.

Xulosa qilish uchun: 6 soatgacha bo’lgan masofada marshrutlardan, uzoqroq masofaga kun davomida avtobusdan, tunda esa poyezddan foydalanish sizga ko’proq komfort beradi.

Gastronomiya

kaspiannews.com

Qozog’istonda ham Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida bo’lgani kabi oziq-ovqatda asosan go’sht, asosan mol, qo’y va ot go’shtidan ko’p foydalaniladi.

Eng keng tarqalgan qozoq taomlari: shashlik, qovurdoq, beshbarmoq, manti, qimiz, lag’mon va boshqalar.

Pul

Qozog’istonda milliy pul birlik – Tenge (Tanga) amal qiladi. Agar sizda Visa yoki MasterCard bo’lmasa, sayohat boshlashdan oldin o’zbek so’mini dollarga almashtirib oling. Valyuta almashtirish shahobchalarini shaharlar markazida qiyinchiliksiz topasiz. Plastik kartalardan ko’p joylarda foydalanish mumkin bo’lsada, naqd pul doim yoningizda bo’lsin.

DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

Olmota

almatytravel.com

Mamlakatning sobiq poytaxti va ehtimol butun Qozog’istonning tabiati eng go’zal shahri. Olmotada tashrif buyurishga arziydigan bir nechta joylar:

  • Panfilov Bog’i
  • Mustaqillik Monumenti
  • Kok Tobe
  • Olmota Ko’li
  • Xon-Shatir Ko’ngil Ochar Markazi
  • Shimbuloq Chang’i Rezorti

Oltin Emel Milliy Parki. Park 1996 yilda qurilgan va Qozog’istondagi eng yirik park hisoblanadi. Taxminan 4,600 km2 balandlikda ulkan toshlar, g’aroyib fauna va vulqonlarni uchratasiz. Parkni to’liq aylanib chiqish uchun kamida 3-4 kun vaqt sarflaysiz. Park Olmotadan 260km uzoqlikda joylashgan

tripadvisor.com

Nur-Sulton

tripadvisro.com

Mamlakatning avvalgi poytaxti Olmota o’rnini egallagan shahar. Ko’plab yangi qurilish loyihalari tufayli uni hatto O’rta Osiyoning “Dubay”i deb ham atashadi. Shahar o’zining zamonaviy arxitekturasi, keng ko’chalari, baland binolari, qiziqarli dizayni bilan sizni hayratda qoldiradi. Zamonaviy Nur-Sulton dizayni va qurilishi asosan Buyuk Britaniyalik me’mor Norman Foster tomonidan amalga oshirildi. Nur-Sulton mamlakatning boshqa qismlaridan keskin farq qiladi. Shahar o’zining ekstremal iqlimi bilan ham tanilgan. Yozda + 30 ° C, qishda esa – 30 ° C. Shuningdek, u Qozog‘istondagi eng qimmat shahar hisoblanadi. Nur-Sultonda tashrif buyurishingiz kerak bo’lgan joylar:

  • Boyterak Minorasi
  • Tinchlik va Yarashuv Saroyi
  • Nur-Ostona Masjidi
  • Oq O’rda (Prezident Saroyi)
  • Xon-Shatir Ko’ngil Ochar Markazi
  • Boshqalar

Umida qilamizki, Qozog’siton haqidagi ma’lumotlarimiz va maslahatlarimiz sizga sayohatingiz davomida oz bo’lsa ham yordam beradi.

Qozog’istonda bo’lganmisiz? Yana qayerlarga borishni maslahat bergan bo’lar edingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

Foydali havolalar:

Turar joylar: Nur-Sulton, Olmota, Chimkent

Arzon aviachiptalar: Chimkent – Nur-Sulton, Chimkent – Olmota

Comment here