Bu mamlakatning go’zalligini to‘liq hajmda kashf qilishning eng yaxshi usuli – yelkangizga ruksakni osib, piyoda yurish. Mamlakatning sizga taklif qilishi mumkin bo’lgan eng qimmatli narsasi bu uning bepoyon tog’laridir.
Qirg’izistondan ikkita tog’ tizmasi o’tgan. Ularning eng kattasi Tyanshan va kichigi Pomir. Pomir tog’ tizmasida 7 ming metrli turistlar orasida mashhur “Lenin” cho’qqisi joylashgan. Uning mashhurligi shundaki, uni zabt etish uchun professional alpinist bo’lish shart emas. Shunchaki jismoniy tetik bo’lsangiz bas.
Agar sizning maqsadingiz Lenin cho’qqisini zabt etish bo’lmasa, unda siz faqat Tyanshan tog’larini kashf qilganingiz ma’qul.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Qirg’izistonga Yana Qanday Borish Mumkin?
- Shaxsiy avtomobilda
- Avtobusda (Toshkent – Bishkek. Har kuni 18:00 va 19:00. Chipta 130.000 so’m)
- Poyezdda (Batafsil ma’lumotni O’zbekiston Temir Yo’llari web-sahifasidan topasiz)
Transport
Marshrutka va Taksi
Shaharlararo ko’chib o’tishda, bu ikki transport siz uchun optimal variant. Ham vaqtingiz tejaladi, ham kuchingiz. Narxlar O’zbekistondagidan deyarli farq qilmaydi. Masalan, Bishkekdan Qorako’lga (taxminan 400km) yo’nalishli taksilarga bir kishi uchun $10 atrofida to’laysiz.
Trekking (tog’da piyoda yurish)
Qirg’iziston huddiki trekking uchun yaratilgan mamlakat. Bu yerda siz son-sanoqsiz trekking trassalarini topasiz. Faqat yaxshi oyoq kiyim, chodir va yostiq olishni unutmasangiz bo’ldi. Va albatta, telefoningiz uchun qo’shimcha batareya va google kartaga Qirg’iziston hududini ko’chirib olishni ham unutmang.
Doim ham trekking uchun maxsus qurilgan yo’lakchalar uchratmasligingiz mumkin. Ular asosan katta shaharlar yaqinida qurilgan bo’ladi. Aksariyat hollarda, sizga cho’ponning izlari, keng vodiylar va avtoulovlar yordam beradi. Qirg’izlar dastlab ko’chmanchi xalq sifatida hayot kechirgan, shuning uchun tog’larda cho’ponlarni ko’p uchratasiz. Ularning sigir-u qo’ylarini hatto 3 ming metr balandlikda ham uchratishingiz mumkin.
DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Bishkek
Poytaxt Bishkekning o’zi tog’ etagida joylashgan bo’lib, atrofingizda qorli cho’qqilar ko’rinib turadi. Diqqatga sazovor joylar:
- Ala-Archa Darasi
- Osh Bozori
- Panfilov Parki
- Ala-Tu Maydoni
- Bishkek City
- Bishkek Park
- Alamedin Darasi
Qorako’l
Mamlakatdagi eng chiroyli tabiatni ko’raman desangiz, Bishkekdan 400km shimol tarafga, Qorako’l shahriga qarab yuring. Bu ko’plab mashhur trekking trassalari va ekspeditsiyalar uchun boshlang’ich nuqtadir. Shaharning o’zida sizni maftun qiladigan ko’p narsa topmaysiz, lekin tunash uchun yaxshi turar joylar yetarli.
Bundan tashqari, shaharda tog’ sayohatingizga ko’maklashuvchi juda ko’p trekking agentliklarini topasiz. Ular sizga nima kerak bo’lsa, hammasini muhayyo qiladi (tog’ trassalari tushirilgan karta, transport, shaxsiy oshpaz, tent va hokazo). Xohlasangiz, o’zingiz bilan mahalliy gidni ham olishingiz mumkin (kuniga $20-25 dan).
Eng mashhur trekking trassa: Ala-Ko’l ko’li tomon yo’lga chiqish (3.5 ming metr balandlikda)
Issiqko’l
Qirg’izistonga tashrif buyurganingizda, bu mamlakatning yana bir tabiiy marvaridi – Issiqko’lni ko’rmasdan ketolmaysiz. Bu dunyodagi ikkinchi yirik alp ko’li , shuningdek, ikkinchi yirik sho’r suvli ko’l (Kaspiy dengizidan keyin). Agar siz issiq oylarda Qirg’izistonga borsangiz, sohilda dam olayotgan ko’plab o’zbek va qozoq turistlarni uchratasiz. Issiqko’ldagi sharoitlar Yevropadagi dengiz kurortlaridan qolishmaydi. Suv ozgina sho’r, tiniq va atrofi go’zal Tyanshan tog’lari bilan o’ralgan.
Umida qilamizki, Qirg’iziston haqidagi ma’lumotlarimiz sayohatingizni rejalashtirishda oz bo’lsa ham yordam beradi.
Siz Qirg’izistonda bo’lganmisiz? Taassurotlaringiz va fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
Foydali havolalar:
- Bishkekda turar joylar
- Issiqko’lda turar joylar
- Arzon aviachipta (Chimkent – Bishkek)
Comment here
You must be logged in to post a comment.