BlogShaharViza talab qilinmaydi

MOSKVA $199 DAN

Taqdir taqozosi bilan Moskvaga yo’lingiz tushsa, vaqt topib ushbu joylarga albatta tashrif buyuring. Hatto, Moskva aeroportlari orqali boshqa mamlakatlarga uchayotganingizda yoki O’zbekistonga qaytayotganingizda ham tranzit vaqtidan (agar u 8-9 soatdan ortiq bo’lsa) unumli foydalansa bo’ladi. Chamadoningizni yuklarni saqlash xonasiga topshiring-da, avtobus yoki express poyezdda shahar markaziga shoshiling. So’ng, sayohatingizni Moskvaning istalgan nuqtasiga arzon va tez eltuvchi metroda davom ettirishingiz mumkin.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Aeroport transferi

DOMODEDOVO AEROPORTI (DME)

Poyezd: aeroportdan shaharda joylashgan poyezd vokzaligacha (Павелецкий вокзал) Aeroexpress tez yurar poyezdi qatnaydi. Bilet narxi 450 rubl. Biletni oldindan sotib oling. Birinchidan, onlayn biletlar odatda arzonroq bo’ladi, ikkinchidan, kassani qidirish va chipta sotib olish uchun ketgan vaqtni tejaysiz, va eng muhimi siz xohlagan paytda bo’sh joy qolmasligini oldini olasiz.

Taksi: taxminan $30-50. Taksi topish uchun ketadigan vaqtni va ehtimoliy firibgarlikni oldini olish uchun, taksini onlayn bron qiling. Bu sizga ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarni beradi.

SHEREMETOVO AEROPORTI (SVO)

Poyezd: aeroportdan shaharda joylashgan poyezd vokzaligacha (Белорусский вокзал) Aeroexpress tez yurar poyezdi qatnaydi. Bilet narxi 450 rubl. Biletni oldindan sotib oling. Birinchidan, onlayn biletlar odatda arzonroq bo’ladi, ikkinchidan, kassani qidirish va chipta sotib olish uchun ketgan vaqtni tejaysiz, va eng muhimi siz xohlagan paytda bo’sh joy qolmasligini oldini olasiz.

Taksi: taxminan $30-50. Taksi topish uchun ketadigan vaqtni va ehtimoliy firibgarlikni oldini olish uchun, taksini onlayn bron qiling. Bu sizga ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarni beradi.

VNUKOVO AEROPORTI (VKO)

Poyezd: aeroportdan shaharda joylashgan poyezd vokzaligacha (Киевский вокзал) Aeroexpress tez yurar poyezdi qatnaydi. Bilet narxi 450 rubl. Biletni oldindan sotib oling. Birinchidan, onlayn biletlar odatda arzonroq bo’ladi, ikkinchidan, kassani qidirish va chipta sotib olish uchun ketgan vaqtni tejaysiz, va eng muhimi siz xohlagan paytda bo’sh joy qolmasligini oldini olasiz.

Taksi: taxminan $30-50. Taksi topish uchun ketadigan vaqtni va ehtimoliy firibgarlikni oldini olish uchun, taksini onlayn bron qiling. Bu sizga ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarni beradi.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi uchun)

MOSKVA $7 DAN

HOTELLAR $14 DAN

Transport

SHAHAR ICHIDA

Moskva aylanish uchun eng qulay transport bu shubhasiz metro. Turistlar uchun bir kunlik metro chiptasi 210 rubl ($4). Bir martalik chipta 55 rubl. Bundan tashqari, avtobus, tramvay kabi jamoat transportlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Chiptani bevosita haydovchidan sotib olish imkoniyati bor. Mahalliy aholi va turistlar taksi uchun asosan Yandex mobil ilovasidan foydalanishadi.

Agar avtomobilni ijaraga olmoqchi bo’lsangiz, uni oldindan bron qilishni unutmang.

SHAHARLARARO

Poyezd: Moskvadan Rossiyaning boshqa shaharlariga doimiy qatnaydigan poyezdlar jadvalini shu yerdan tekshirib olishingiz mumkin. Biletlarni ham onlayn bron qilishni tavsiya qilamiz. Masalan, Moskvadan Sankt-Peterburgga bir tomonga poyezd uchun biletni o’rtacha 1300 rubl ($15)dan topishingiz mumkin.

Samolyot: Rossiya hududi juda katta. Manzilga tez va qulay yetib olishni istasangiz, uchishni tanlang. Rossiyada ichki qatnovlar yaxshi yo’lga qo’yilgan va cho’ntakbop. Aviabiletni qancha oldin bron qilsangiz, shuncha yutasiz. Masalan, Moskvadan Sankt-Peterburgga borish-kelish aviabiletini sezon bo’lmagan paytlarda $50-60 dan ham topsa bo’ladi.

Pul

Xalqaro to’lov kartalaridan deyarli barcha joyda foydalanishingiz mumkin. Shunday bo’lsada, aeroportda yoki pul almashtirish shoxobchalarida biroz rubl sotib olishni tavsiya qilamiz (chiptalar, fast-food bunkalari v.h uchun). Amaldagi kursni xe.com dan tekshirib olishingiz mumkin.

Yeb-ichish xarajatlari

Bir kunlik xarajatlaringiz minimum 900- 1000 rublni ($15) tashkil qiladi. Qimmat bo’lmagan restoranda tushlik uchun o’rtacha 400 rubl ($5) to’laysiz. Numbeo.com portalidan xarajatlarni batafsilroq tekshirib olish mumkin.

DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

QIZIL MAYDON

shuttorstock.com

Moskvaning shubhasiz eng katta sayyohlik markazi bu Qizil Maydon. Balandligi 17 metrli qal’a devorlari eng uzun gigant Xitoy Devoriga bas kelolmasada, bu yerdagi atmosfera o’zgacha. Sizda uyg’onadagan birinchi taassurot – xavfsizlik, maxfiylik, patriotizm… Huddiki, devorlar ortida hali ham qizg’in lekin yashirin hayot qaynayotgandek. Moskva aholisi dunyodagi eng qimmat shaharladan birida yashashadi. Ular bundan faxrlanishadimi yoki yo’qmi bilmadim, lekin Qizil Maydon dunyo mo’jizalaridan biri ekanligini biladilar va bundan g’ururlanadilar.

KREML

flickr.com

Kreml” qal’a ma’nosini anglatadi. Kreml, kommunizm, sotsializm… Huddiki bu so’zlar bir ma’noni anglatadi. Sotsialistik davrning chinakam hissini tuyish uchun Kreml atrofiga butun dunyodan kuniga minglab sayyohlar to’planishadi. Qal’a ichiga gid bilan sayrda albatta qatnashing (narxi taxminan 700 rubl). Oladigan taassurotingiz butun umr yodingizda qoladi.

LENIN MAQBARASI

novycas.sk

Chor Rossiya va Sovet tuzumi davridan juda ko’plab tarixiy obidalar saqlanib qolgan. Ulardan biri shubhasiz, 1930-yilda qurilgan Vladimir Lenin maqbarasidir. Ushbu qabr bo’ylab sayohat sizdan ko’p vaqt olmaydi. Ammo bu qisqa vaqt ichida etingizni jimirlatuvchi hissiyotlarga tayyor turing. O’ta mukammal shaklda saqlangan o’lik siyosatchi nigohi va qabrni qo’riqlayotgan qo’riqchilarning sizni sinchkovlik bilan kuzatayotgani sizni ancha vaqt tinch qo’ymaydi.

AVLIYO BASIL IBODATXONASI

tripadvisor.com

Qozon xonligining Rossiyaga qo’shilish sharafiga qurilgan yodgorlik. Xuddi ertaklardagidek rang-barang gumbazlardan tashkil topgan bu binoning arxitektori kim bo’lganligi haligacha noma’lum. Lekin minglab sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi bu obida Moskvaning asosiy bezaklaridan biriga aylanib ulgurgan.

GUM

gum.ru

GUM savdo majmuasi birinchi bo’lib XIX asr oxirida, aniqrog’i 1893-yilda ochilgan. Bu o’sha paytda, nafaqat, Rossiya balki butun Yevropada eng katta savdo “passaji” edi. Ikki asr o’tib ham bu tarixiy “yodgorlik”da hayot qaynaydi va bizning davrimizga hech qanday yo’qotishlarsiz yetib keldi.

MOSKVA METROSI

moscowmetro.ru

Dunyodagi eng gavjum metrolardan biri. Ammo sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi narsa boshqa. Moskva metrosi 200 dan ortiq stansiyadan iborat, ularning 44 tasi milliy meros sifatida tan olingan. Har bir metro o’ziga xos rus madaniyatining ko’rgazmasi: bezakli shiftlar, hashamatli lyustralar, haykallar va rasmlar.

BOLSHOY TEATR (KATTA TEATR)

otb.ru

Rossiya madaniy tarixiga “Большой театр” ning qo’shgan hissasi beqiyosdir. Bugungi kungacha o’z vazifasini a’lo darajada bajarib kelayotgan bu madaniy meros 1824-yilda qurib bitkazilgan. Albatta, bir necha marta qisman yoki kapital ta’mirda chiqqan va oxirgi marta 688 million dollarlik renovatsiyadan keyin yana foydalanishga topshirilgan. Petrovka ko’chasida joylashgan ushbu teatrda Chaykovskiyning “Лебединое озеро” baleti birinchi marta ommaga namoyish qilingan.

MUZ HAYKALLARI SAROYI

tripadvisor.com

Muz haykaltaroshligi Rossiyada uzoq tarixga ega. Yaqin vaqtlargacha bunday sanat asarlaridan asosan qishda ochiq maydonlarda yoki muz festivallarida bahramand bo’lish mumkin edi. Endi esa Krasnaya Presnya parkida muz haykallari ko’rgazmasi yil bo’yi sayohatchilar uchun ochiq.

GORKIY PARKI

tripadvisor.ru

Moskvadagi Gorkiy parki poytaxtning eng ko’p tashrif buyuriladigan parkidir. Dam olish kunlarida bu erda 40 ming kishi, ta’til paytlari dam oluvchilar 200 mingdan oshishi mumkin. 1928-yilda tashkil etilgan Gorkiy bog’i deyarli shaharning markazida, Krimskiy Valda, Moskva daryosining qirg’og’ida joylashgan. 119 gektarli park hududida sayr qilish yozning jazirama kunalarida ham, qishning qorli kunlarida ham birdek yoqimli.

QUROL-ASLAHA MUZEYI

tripadvisor.ru

Qurol-yarog’ muzeyi Kreml saroyi majmuasining bir qismidir. U 1851-yilda me’mor Konstantin Ton tomonidan qurilgan binoda joylashgan. Muzey kollektsiyasining asosini asrlar davomida Kreml ustaxonalarida va qirollik xazinasida yoki chet ellik elchilar hadya etgan turli xil qimmatbaho qurollar tashkil etadi.

Qachon borgan ma’qul?

Climate and average monthly weather in Moscow (Moscow region), Russia

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi.com: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi

Tutu.ru: Rossiya bo’ylab avtobus, poyezd va boshqa transportlarni onlayn bron qilish

Tiqets.com: Diqqatga sazovor joylarga kirish biletini oldindan sotib olish. Buning qulay jihati shuki, sayohat kunida bilet olish uchun uzoq navbat kutib turishingizni oldini oladi.

Comment here