Hujjatlar to’liq tayyor bo’lgandan so’ng, elchixona bilan bog’laning va o’zingiz uchun navbat rezervatsiya qiling.
- Ariza: 2 nusxada ingliz tilida to’ldiring
- Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi
- Turmush o’rtog’ining pasporti va kopiyasi
- 2 ta rasm (3.5 x 4.5)
- Tug’ilganlik guvohnomasi
- Nikoh qayd etilganlik yoki ajrashganlik yoki turmush qurmaganlik haqida ma’lumotnoma
- Bankdan hisobingiz haqida ma’lumotnoma
- Ish faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar. Ishchilar: ish beruvchi bilan shartnoma yoki lavozim, staj va oylik maosh miqdori ko’rsatilgan ma’lumotnoma, 1 yillik oylik maoshingiz/daromadingiz haqida ma’lumotnoma Tadbirkorlar: Litsenziya, soliq organidan soliq to’langanligi haqida tasdiqnoma. Student: o’qiyotganlik to’g’risida ma’lumotnoma, ta’lim dargohining sayohatga qarshi emasligi haqida tasdiqnoma. Nafaqaxo’rlar: Nafaqa olish to’g’risida ma’lumotnoma
- Aviachipta rezervatsiyasi
- Turar joy rezervatsiyasi
- Davlat boji: $50
Comment here
You must be logged in to post a comment.