Izmir hamma sayyohlar uchun ham ma’qul joy emas. Agar sizning maqsadingiz turli xil street food taomlari, qaynoq tungi hayot, qadimiy obidalar va muzeylar yoki tarixiy Usmonli masjidlari bo’lsa siz yaxshisi Istanbul yoki Bursaga boring. Agar sizga quyosh nuri va go’zal sohilli plyajlar kerak bo’lsa, unda Antaliya yoki Bodrum siz uchun ko’proq mos. Savol: “Izmirda nima bor?”. Izmir Turkiyaning boshqa sayyohlashgan shaharlaridan farqli o’laroq, haqiqiy turk madaniyati va hayot tarzini o’zida aks ettirgan shahar. Shaharda hayot sekin. Bu yerda siz hech qayerga shoshilmaysiz. Sohil bo’yidagi kafelardan biriga o’tirasiz-da, soatlab dengiz tomon qarab, turkcha choyni simirib hayotdan rohatlanasiz. Yoki sohilda baliq ovlayotgan mahalliy aholi bilan gurunglashib, vaqt o’tkazasiz. Mazali kechki ovqatdan so’ng, shahardagi (hayron qolarli darajada ko’p) barlarning birortasida salqin ichimliklardan bahra olib, oilangiz yoki do’stlaringiz bilan uzoq-uzoq suhbat qurasiz. Ta’tildan oyoqlaringiz charchab, behisob taassurotlar bilan emas, aksincha jismonan va ma’nan dam olgan holda qaytasiz.
Arzon Aviabiletlar
✈ O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️
✈ O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️
Aeroport Transferi
ADNAN MENDERES AEROPORTI (ADB)
Poyezd: chipta 7 lira.
Avtobus: chipta 3-11 lira.
Taksi: taxminan $10-20. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Bundan tashqari, ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.
Mashina ijarasi: kuniga o’rtacha $20 dan bron qilishingiz mumkin.
Turar Joylar (1 kecha, 2 kishi)
IZMIR $10 DAN
HOTELLAR $13 DAN
Pul
Izmirda ham xalqaro to’lov kartalaridan bemalol foydalanishingiz mumkin. Pul almashtirish shoxobchalarini aeroportda yoki shahar markazidan topasiz. Amaldagi kurzni xe.com orqali tekshirishingiz mumkin.
Yeb-ichish xarajatlari
Bir kunlik ovqatlanish xarajatingiz o’rtacha $15 ni tashkil qiladi. Numbeo.com da boshqa turdagi xarajatlar haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin.
ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR
Shaharning ushbu rang-barang bozori o’zining antiqa buyumlari va elegant do’konlari bilan mashhur. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar bu erda ko’plab yaxshi dengiz taomlari restoranlarini uchratadilar.
Sohil bo’yida sayr qilish uchun ajoyib nuqta. Atrofda, bar, restoranlar, magazinlar va ijaraga velosiped olishingiz uchun ofislar ham joylashgan.
Tepalikdan Izmir shahrining panoramik manzarasini kuzatasiz. Maslahatim, u yerga yaxshisi quyosh botayotganda boring. Tepalikda restoran va qahvaxonalar ham bor. Shunchaki, qahva ichib atrofingizdagi go’zallikdan bahra olishingiz mumkin.
Agar Izmirga kichkintoy farzandlaringiz bilan tashrif buyurgan bo’lsangiz, ularni albatta Izmir zooparkiga olib boring. Zoopark juda katta va deyarli barcha yovvoyi hayvonlarni uchratasiz. Nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi sayyohlarning ham sevimli joyi.
1901-yilda qurilgan ushbu g’aroyib yodgorlik Izmir shahrining timsoliga aylangan. U Konak maydonini bezatib turadi.
Dunyoninig deyarli barcha mashhur brendlarining do’konlarini topasiz. Restoranlar, fast-food, kinoteatr, bowling va bolalar uchun ham juda ko’p ko’ngil ochar bo’limlar joylashgan.
OLMOS PLYAJI (PRILANTA BEACH)
Izmirning eng mashhur va katta plyaji. Apreldan noyabrga qadar bu plyajda suzib zavqlanishingiz mumkin.
Qachon borgan ma’qul?
Izmirda harorat yil davomida yoqimli va mayin. Faqat avgust oyida, kunlar isib 34°C gacha yetishi mumkin. Qishda qor yog’ish ehtimoli juda kam. Sovuq kunlardan ko’ra ko’proq quyoshli kunlarda ta’tilingizni o’tkazmoqchi bo’lsangiz, unda siz Izmirga mart oyidan to dekabrgacha tashrif buyurishingiz mumkin.
Izmirda bo’lganmisiz? Tajribangiz va rasmlaringizni biz bilan ulashing. Izohlarda bu shahar haqida o’z izohlaringizni qoldirishingiz mumkin.
FOYDALI LINKLAR
Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.
Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.
Kiwi.com: Arzon aviabiletlar
kiwitaxi.com: Arzon aeroport transferlari
Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi
Comment here
You must be logged in to post a comment.