BlogViza

BUYUK BRITANIYAGA VIZA KERAK. QANDAY OLAMIZ?

STANDARD VISITOR VISA

Standard viza bilan siz Buyuk Britaniyada 6 oygacha qolishingiz mumkin.

Ariza. Onlayn to’ldiriladi.

Rasm: minimum 600 x 700 piksel, hajmi 50k-10MB, formati JPG

Xorijga chiqish pasporti va rangli kopiyasi

Bankdan hisobingiz haqida ma’lumot va oxirgi 6 oylik harakati (kirim-chiqim)

Turar joy rezervatsiyasi

Aviachipta rezervatsiyasi

Itinerary: sayohatingiz har bir kuni uchun qisqacha ma’lumot, qayerlarni ko’rmoqchisiz, nimalar qilmoqchisiz v.h

Boshqa xorijiy mamlakatlarga chiqqanligingizni tasdiqlovchi pasportdagi pechatlar, eski pasportdagi pechatlar yoki boshqa hujjatlar (agar bo’lsa). Agar hujjat bilan isbotlay olmasangiz, shunchaki mamlakat(lar) nomini yozing

Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlarning litsenziyali tarjimon tomonidan tarjima qilingan notarial kopiyasi

Ish faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar. Ishchilar: ish beruvchi bilan shartnoma yoki lavozim, staj va oylik maosh miqdori ko’rsatilgan ma’lumotnoma Tadbirkorlar: Litsenziya va tadbirkorlik boshlangan sana haqida ma’lumot. Student: o’qiyotganlik to’g’risida ma’lumotnoma, ta’lim dargohining sayohatga qarshi emasligi haqida tasdiqnoma. Nafaqaxo’rlar: Nafaqa olish to’g’risida ma’lumotnoma

Davlat boji: 95 funt-sterling

TRANSIT VISA

Agar sayohatingizni qisqaroq qilishning iloji bo’lsa, siz uchun eng maqbuli 48 soatlik tranzit viza. Bu sizga vizani osonroq va tezroq olish imkonini beradi. Yagona talab Britaniya hududini 48 soat ichida tark etishingiz kerak. Masalan, London yoki Liverpul shahrining eng diqqatga sazovor joylarini ko’rish uchun sizga 1 kun ham kifoya qiladi. Talablar:

Onlayn ariza

48 soat ichida boshqa davlatga uchib ketishingizni isbotlovchi aviabilet

Davlat boji: 64 funt sterling ($80)

Comment here