BlogPlyajViza talab qilinmaydi

BODRUM, TURKIYA $299 DAN

Kate Moss, Tom Hanks, Uma Turman, Britaniya va Saudiya qirollik oila a’zolari kabi dunyoga taniqli insonlarning o’z ta’tillari uchun aynan Bodrumni tanlashgani bejiz emas. Kristall kabi toza dengiz suvi, go’zal sohillar, eng injiq mehmonning ham barcha talablarini qondira oladigan luxury rezortlar, dengiz bo’yidagi behisob privat apartmanlar va hotellarga ega bu shahar nafaqat boy va mashhur insonlar uchun, balki kamxarj sayyohlar uchun ham sevimli maskanga aylangan.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Aeroport transferi

MILAS – BODRUM AEROPORTI (BJV)

Avtobus: chipta 10 lira ($1.5).

Taksi: taxminan $30-40. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Bundan tashqari, ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.

Mashina ijarasi: kuniga $25 dan bron qilishingiz mumkin. Mashi

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

BODRUM $11 DAN

HOTELLAR $15 DAN

ALL INCLUSIVE $32 DAN

Pul

Xalqaro to’lov kartalari bilan deyarli barcha joyda hisoblashish mumkin. Pul almashtirish shoxobchalarini aeroportdan yoki shahar markazidan topasiz. Amaldagi kurzni xe.com orqali tekshirib olishingiz mumkin.

Yeb-ichish xarajatlari

Arzon restoranda ovqatlar narxi o’rtacha 25 TRY ($3.5), o’rtacha qimmatlikdagi restoranda 40 TRY ($5) dan boshlanadi. Masalan: McDonald’s menu o’rtacha 25 TRY, restoranda pivo 20 TRY, coka-cola 5 TRY. Nambeo.com web-sahifasida narxlarni batafsilroq tekshirib olishingiz mumkin.

ENG DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

BODRUM QAL’ASI

lighttours.com

Atrofi suvlar bilan o’ralgan bu qasr Bodrumdagi eng mashhur sayyohlik maskanidir. 1402-yildan 1437-yilgacha qurilgan bu majmua hozirgacha o’z asl holida saqlanib kelmoqda. Qachonlardir Usmonli imperiyasiga qarshi kurashayotgan Katolik ritserlari tomonidan qurilgan bu joyga albatta tashrifi buyuring.

BITEZ PLYAJI

holidaystobodrum.com

Bodrumdan atigi 6km narida joylashgan Bitez plyaji sohilda dam olish uchun juda yaxshi tanlov. Sohilda juda ko’p soyabonlar, turli xil suv sportlari uchun kerakli anjomlar va ovqatlanish uchun restoranlarni topasiz.

BARDAKCHI PLYAJI

booking.com

Shahardan uncha uzoq bo’lmagan Bardakchi (Bardakci Beach) plyaji Bodrumdagi eng go’zal plyajlardan biridir. Shuning uchun bu yerdagi xizmatlar sifati darajasi ham ancha yuqori. Barlar, restoranlar va boshqa sizning maroqli dam olishingiz uchun kerakli (masalan, suv sporti uchun) barcha narsalar siz uchun muntazir qilingan. Atrofingizda go’zal manzara, mayin sohil qumi va toza dengiz suvidan kun bo’yi bahra olasiz.

YAHSHI PLYAJI

kucukoteller.com.tr

Yahshi (Yahşi) plyaji ham Bodrumning turistlar gavjum joylaridan biri. Atrofda barlar, restoranlar, do’konlar juda ko’p. Qumli sohilda maroqli dam olishingiz uchun barchasi muhayyo qilingan.

DENGIZ BO’YLAB SAYR

getmyboat.com

Bodrumda sayyohlarning eng yoqimli mashg’uloti. Dengizning go’zal manzarasini, Bodrum atrofidagi orollarni kashf qilasiz. Plyajlardagi gavjumlikdan qochib, sokin dengizda cho’milish uchun ajoyib imkoniyat. Sohil bo’yida yoki siz to’xtagan hotelda bunday sayrlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Chipta narxlari o’rtacha $10-15 dan boshlanadi. Maslahatim, bunday turni oldidan bron qilib oling.

BODRUM BOZORI

planetware.com

Bodrum bozorlarida ham milliylik ham zamonaviylik uyg’unlashgan ajoyib atmosferani ko’rasiz. Bu yerda mashhur brend do’konlaridan tortib, turklarning milliy mahsulotlarigacha topasiz. Sohilda suzishdan charchagan paytlaringiz, bozorning salqin ko’chalarida sayr qilib zavq olisiz.

SUVOSTI SAYOHATI

trip101.com

Bodrumda, shuningdek, Turkiyaning eng yaxshi g’ovvoslik (scuba diving) joylari bor. Bodrum bo’yicha 15 dan ortiq punktlarda dengizning yashirin manzaralarini, g’aroyib suv mavjudotlarini kashf qilishingiz mumkin. Bunday sarguzasht professional g’avvoslardan tortib, birinchi martta keluvchilar uchun ham birdek zavq bag’ishlaydi. Masalan, quyidagi punktlarda ancha raqobatdosh narxlar (o’rtacha $20) taklif qilinadi:

Turkuaz Dive Center

Aquapro Dive Centre

Dive Academy Bodrum

TURK HAMMOMI VA SPA

viator.com

Haqiqiy turk hammomiga bir marta bo’lsada borishni istamagan sayohatchi bo’lmasa kerak. O’zining tozalovchi va dam beruvchi protseduralari bilan mashhur bo’lgan turk hammomi qadimgi Rim va Yunonliklarning sauna qilish usullari bilan boyitilgan. Ikki soatlik hammom qilish mobaynida sauna, piling (peeling), ko’pikli va moyli massajlardan rohat olasiz.

TURK TAOMLARI

eskikoyrestoran.tr

Turk taomlari dunyodagi eng sevimli va tansiq taomlardan hisoblanadi. Bodrumda haqiqiy turk taomlarini ta’tib ko’rmoqchi bo’lsangiz, masalan mahalliy aholi o’rtasida juda mashhur Eski Ko’y restoraniga tashrif buyuring. U yerda tayyorlanadigan kebab, shirinliklar, nonushta, sho’rvalar va go’shtdan tayyorlangan boshqa tansiq taomlar shahardagi eng yaxshilaridan biridir. Narxlar cho’ntakbop.

Qachon borgan ma’qul?

Bodrum ob-havosi O’rta Yer dengizi iqlimining uzoq davom etadigan jazirama yoz, mayin bahor va kuz oylaridan, qisqa va yumshoq qishlardan iborat. Eng ko’p sayyohlar Bodrumga asosan iyul oyidan sentabr oyigacha tashrif buyurishadi. Quyidagi grafda ob-havoning oylar bo’yicha o’rtacha harorati aks etgan:

triphobo.com

Bodrumda bo’lganmisiz? Ta’tilingiz qanday o’tgan? Tajribangiz bilan o’rtoqlashing. Bodrum haqida yana nimalarni bilishni xohlardingiz?

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi.com: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi

Comment here