Odatda sayohat vizasi (B2 Visa) sizga beriladimi yoki yo’qmi, buni siz bilan suhbat o’tkazgan konsul vakili suhbat oxirida aytadi. Agar javob ijobiy bo’lsa, vizani keyingi ish kuni olib ketishingiz mumkin. Juda kam hollarda, arizani ko’rib chiqish cho’zilishi mumkin yoki sizda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
- Ariza. Onlayn to’ldiriladi. So’ngida printerdan chiqarib olishni ham unutmang.
- Xorijga chiqish pasporti
- Rasm (5 x 5). Ariza uchun rasmingiz mos kelishini mana bu yerdan tekshirib oling
- Davlat boji: $160. Dollarda to’lanadi.
- Itinerary (suhbat uchun): har bir kuningiz uchun rejalaringiz haqida qisqacha ma’lumot
- Bankdan hisobingiz haqida ma’lumot va oxirgi 1 yillik hisobingiz harakati (kirim-chiqim)
- Ish faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar. Ishchilar: ish beruvchi bilan shartnoma yoki lavozim, staj va oylik maosh miqdori ko’rsatilgan ma’lumotnoma Tadbirkorlar: Litsenziya va tadbirkorlik boshlangan sana haqida ma’lumot. Student: o’qiyotganlik to’g’risida ma’lumotnoma, ta’lim dargohining sayohatga qarshi emasligi haqida tasdiqnoma. Nafaqaxo’rlar: Nafaqa olish to’g’risida ma’lumotnoma
Hujjatlar tayyor bo’lganda, onlayn navbatga yoziling.
Comment here
You must be logged in to post a comment.