BlogPlyajViza talab qilinmaydi

ANTALIYA, TURKIYA $299 DAN

Go’zal plyajlari bilan sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi Turkiyaning mashhur shahri. Yanvar va fevralni hisobga olmaganda, yilning istalgan payti dengizda cho’milish mumkinligi Antaliyani sayyohlar uchun dunyodagi eng jozibador shaharlar qatoriga qo’shgan. Lekin turistlarni bu yerga yetaklovchi faqat dengiz emas. Ta’tilingizni har tomonlama maroqli o’tkazish uchun mazali street foodlar, qaynoq tungi hayot, diqqatga sazovor tarixiy obidalar, go’zal tabiat va o’zgacha dizaynga ega qishloqlar va eng asosiysi, yashash xarajatlarining barcha uchun cho’ntakbopligi sizni bu yerga yana va yana qaytishga undaydi.

Arzon Aviabiletlar

O’zbekiston aeroportlaridan borish-kelish aviabiletlari ❤️

O’zbekiston chegarasiga yaqin qo’shni aeroportlardan ❤️

Aeroport Transferi

Avtobus: aeroport shahar markazidan 12km narida joylashgan. Har 30 daqiqada shahar avtovokzaliga doimiy avtobus qatnaydi. Chipta narxi 12 lira ($2).

Taksi: taxminan $20-30. Taksini oldindan bron qiling. Vaqtingizni tejaysiz va ehtimoliy firibgarlikni oldini olasiz. Bundan tashqari, ishonchli xizmat, arzon narx, bronni istagan payt bekor qilish, karta yoki naqdda to’lash kabi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.

Yoki kuniga $20 dan mashina ijaraga olsangiz bo’ladi. Mashinani bevosita aeroportdan olib ketishingiz mumkin. Ijara haqi arzon bo’lishi uchun mashinani oldindan bron qilishni unutmang.

Turar Joy (1 kecha, 2 kishi)

ANTALIYA $10 DAN

HOTELLAR $11 DAN

Transport

Shaharning asosiy jamoat transport vositasi avtobuslar. Avtobuslarda shaharning deyarli barcha nuqtalariga sayohat qila olasiz. Bir marttalik foydalanish sizga 2 TRY ga tushadi (agar naqd pulda to’lasangiz). Bundan tashqari, shaharda tramvay yoki taksi orqali ham harakatlanishingiz mumkin. Agar shahardan tashqariga ham sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, avtomobilni ijaraga olish sizga ko’proq qulaylik beradi.

Agar erkinroq sayohat qilib, ko’proq joylarni ko’rmoqchi bo’lsangiz, unda mashina ijarasi siz uchun ayni muddao. Bir kunlik ijara haqi o’rtacha $20 dan boshlanadi. Faqat mashinani oldindan bron qilishni unutmang.

Pul

Antaliyada Turkiyaning boshqa shaharlarida bo’lgani kabi, xalqaro to’lov kartalari (Master, Visa v.h) keng qabul qilinadi. Pul almashtirish shoxobchalarini aeroportdan va shahar markazlaridan topishingiz mumkin. Amaldagi kurzni xe.com orqali tekshirib olishingiz mumkin.

Yeb-ichish xarajatlari

Antaliyada ovqatlanishga sarf-xarajat Istanbuldagidan farq qilmaydi. O’rtacha qimmatlikdagi restoranda tushlik 20-25 lira($3.5) ga tushadi. Numbeo.com dan boshqa mahsulotlar va xizmatlar uchun taxminiy xarajatlarni tekshirib olishingiz mumkin.

DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

KALEICHI

flickr.com

Antaliyaning eski shahri. Qadimda Rim imperiyasining tarkibida bo’lgan. Shuning uchun rim uslubidagi tarixiy obidalar, haykallarni ko’p uchratasiz. Antaliyaning eng yaxshi restoranlari va kechki ko’ngil ochar klublari aynan Kaleichida joylashgan. Plyajdan charchagan kezlaringiz eski shahardagi sayldan bahramand bo’lishingiz mumkin.

QUYI DUDEN SHARSHARALARI

shutterstock.com

Duden sharsharalari ikkita alohida betakror tabiiy landshaftni hosil qilishgan: Quyi va Yuqori Duden sharsharalari. Quyi Duden sharsharalari Antaliyaning sayyohlar eng ko’p tashrif buyuruvchi diqqatga sazovor joyidir. Duden daryosining O’rta Yer dengizi bilan birlashish jarayoni va uning atrofidagi go’zal tabiat ajoyib manzarani yaratadi. Sharshalar atrofida cho’milishingiz va suratga olishingiz mumkin.

AKVARIUM

pegasosroyaltour.com

Dunyodagi eng katta tunel akvarium! 40 ta tematik akvariumda siz bilgan va bilmagan kamyob jonzotlarni kashf qilasiz. Bu majmuada yozning issiq kunlarida sizga va farzandlaringizga zavq beruvchi Muz Muzeyi va Qor Dunyosi atraksionlari ham joylashgan. Ko’p qirrali Oceanride XD Cinema orqali dengizning eng betakror manzaralari bo’ylab suzib o’tasiz. Akvarium majmuasi ichida ko’plab kafe va restoranlar kuningizni mazmunli va maroqli o’tkazishingiz uchun xizmatingizda bo’ladi.

KONYAALTI PLYAJI

alppasa.com

Antaliya g’arbida taxminan 7 kmga cho’zilgan va Toros Tog’lari qarshisida joylashgan ushbu plyaj cho’milish va quyoshda toblanish uchun eng yaxshi bepul joydir. Bu yer turistlar va mahalliy aholi orasida juda mashhur. Suvning tozaligi va sohil bo’yidagi mayin qum va atrofdagi manzara sizni bu plyajdan hech ham zeriktirmaydi. Sohilda joylashgan restoranlar va barlarda kun bo’yi mazali taomlar va salqin ichimliklardan bahramand bo’lasiz. Bu plyajga borish uchun shunchaki tramvayga o’tiring va oxirgi bekatda tushib qoling.

ANTALIYA MUZEYI

summerhometurkey.com

Turkiyaning eng boy kolleksiyalariga ega bo’lgan Antaliya arxeologik muzeyi Likiya, Perje, Rim, Vizantiya va boshqa mamlakatlar sivilizatsiyasidan yig’ilgan ajoyib haykallar va artefaktlarga ega. U 13 ko’rgazma zalida (shu jumladan, bolalar uchun alohida bo’lim ham) joylashgan bo’lib, san’at tarixi va arxeologiya ixlosmandlari bu erdan katta taassurot olishlari aniq. Muzeyning eng taniqli to’plamlaridan biri bu “Xudolar zali” ko’rgazmasi bo’lib, unda ikkinchi asr haykallari va Zevs, Afina va Afrodita kabi grek xudolarining byustlari to’plangan.

AN’ANAVIY TURK HAMMOMI

timesofindia.indiatimes.com

Kun bo’yi yurib charchadingizmi? Turk hammomiga boring. Kaleichi (eski shahar) da joylashgan Demirhan Hammomi Antaliya aholisi orasida juda sevimli hisoblanadi. Sauna va bug’li hammomdan so’ng, moyli, koX’pikli yoki loyli massajdan rohat oling.

LARA PLYAJI

seyyahdefteri.com

Agar siz Antaliyadan yuqori darajadagi xizmatlar va komfortga ega plyaj qidirayotgan bo’lsangiz, shahardan 16km janubda joylashgan Lara plyaji siz uchundir. 8km sohil bo’ylab joylashgan luxury hotellar va restoranlar plyajning asosiy qismiga egalik qilsada, u yerda jamoat uchun ochiq, bepul joylar hali ham topiladi. Tilla rang qum va sayoz suv bu yerni farzandlaringiz uchun eng maqbul variantga aylantiradi. Quyoshdan himoya qiluvchi soyabon va boshqa dam olishingiz uchun kerak bo’ladigan barcha anjomlarni ijaraga olishingiz mumkin.

KAPUTAS PLYAJI

businessturkeytoday.com

Nafaqat Antaliyaning, balki dunyoning eng chiroyli plyajlaridan biri. Shahardan taxminan 200km uzoqlikda joylashgani uchun bu plyajga keluvchilar ko’p emas. Shuning uchun, bu yerda shahardagi kabi ko’p restoran va barlar ishlamaydi. Yaxshisi, o’zingiz bilan yegulik va ichimliklar olib keling. Suvning kristall kabi tozaligi va oppoq qum ko’zingizni quvontiradi va kun bo’yi suzib charchamaysiz.

AKVALEND VA DELFINLEND

facebook.com/antalyaaqualand/

Imkon topib, albatta Antaliyadagi akvaparkka tashrif buyuring. Bu yerda siz nafaqat delfinlar va dengiz sherlari ishtirokidagi ko’ngil ochar namoyishdan maza qilasiz. Ayniqsa, kichkintoylar bundan bir dunyo taassurot olishadi. Shou tugaganidan so’ng, delfinlar bilan fotosessiya ham uyushtirishingiz mumkin.

Qachon borgan ma’qul?

Yozning juda issiq (ba’zan 40°C) va quruqligi sizga muammo tug’dirmasa, unda Antalyaga tashrifingizni mart oyidan to noyabr oxirigacha rejalashtirishingiz mumkin. Agar mo’tadil haroratni xohlasangiz, unda mart oyidan to maygacha, va sentabrdan to noyabrgacha siz uchun qulay davr.

Climate and average monthly weather in Antalya (Mediterranean ...

FOYDALI LINKLAR

Google Maps (Google Карты): smartfoningizdagi ushbu bepul yordamchi sayohatingiz davomida sizga juda as qotadi. U nafaqat sizni shahardagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, supermarketlar va boshqa eng kerakli joylarga osongina olib boradi, balki ular haqida yuzlab sayohatchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va baholar bilan sizga bu joylar haqida ko’proq ma’lumot ulashadi. Masala, biror restoranga borishdan oldin uning menusi va taom narxlarini tekshirib olishingiz ham mumkin.

Google Translate (Google Переводчик): Chet tilini bilmaslik sayohat qilishga to’sqinlik qilmasligi kerak. Masalan, yiliga 100 milliondan ortiq xitoyliklar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi va ularning deyarli 99% hech qanday chet tilida so’zlashmaydi. Sayohat davomida imo-ishora va qo’l harakati sizni tushunishlari uchun deyarli kifoya qiladi. To’laqonli muloqot qilmoqchimisiz? Muammosiz. Google Translate ilovasini o’rnatib oling va o’zbekcha gaplarni dunyoning istalgan tiliga o’giring yoki aksincha.

Kiwi.com: Arzon aviabiletlar

kiwitaxi.com: Arzon aeroport transferlari

Rentalcars.com: Arzon avtomobil ijarasi

Comment here