BlogFoydali

BOOKING.COM: YAXSHI TURAR JOYNI OSON TOPISH QO’LLANMASI

Biz uchun begona shaharga bormoqchi bo’lsak, u yerda tunash uchun qarindosh yoki tanishlar izlashga odatlanib qolganmiz. Buning sababi, afsuski, doim ham pulga borib taqalmaydi. Chunki 5 dollar budjet bilan ham dunyoning deyarli istalgan shaharidan sifatli turar joy topish hozirgi kunda umuman muammo emas. Muammo oddiy: uni qanday qilib mustaqil topish mumkinligidan bexabarmiz. Turar joyni topish va bron qilish uchun qo’limizdagi mobil telefondan 2-3 ta click kifoya qiladi. Bugun sizga dunyodagi eng katta turar joy portali Booking.com dan foydalanish haqida qisqa masterclass o’tamiz.

Booking.com avfzalliklari:

  • Foydalanish juda oson
  • Turar joy haqida mehmonlar tomonidan berilgan baho va qoldirilgan izohlar
  • Arzon narxlar, chegirmalar va doimiy foydalanuvchilar uchun qo’shimcha bonuslar
  • To’lovni oldindan emas, check-in paytida amalga oshirish imkoniyati
  • Rezervatsiyani bepul bekor qilish imkoniyati

1. Booking.com web-sahifasini ochamiz

2. Qidiruv oynasi paydo bo’ladi. Bir xaftalik ta’tilimiz uchun Maltadan arzon turar joy qidirib ko’ramiz. Sana 20-26 iyul va mehmonlar 2 kishi.

Qidiruv oynasidan kerakli kriterialarni tanlaymiz

3. Qidiruv tugmasini bosishimiz bilan portalda “tavsiya etilgan” tartib bo’yicha turar joylar paydo bo’ladi. Bunga e’tibor bermaymiz, chunki tavsiya etilgan turar joylar ko’pincha qimmat bo’ladi. Biz esa arzon lekin sifatli joy qidirmoqdamiz. Belgilangan “Narx (dastlab eng arzoni)” tugmasini bosing.

4. Natijada turar joylar eng arzondan boshlab narx oshib borish tartibida joylashadi. Darhol o’rtadagi farqni ko’ramiz va endi turar joyni 6 kechaga $141 dan rezervatsiya qilishimiz mumkin. Bu kishi boshiga bir kechaga atigi $12 dan degani.

Eng arzon turar joyni topdik. Uni darhol rezervatsiya qilishimiz kerakmi?

Nazariy jihatdan, ha. Buning ustiga hotelning bahosi 9.2 ball. Juda yaxshi baho. Ammo, baho atigi 4 kishi tomonidan qo’yilgan.

Shaxsan mening qoidam: hotel arzon, sifatli va ishonchli bo’lishi uchun eng kamida 70 ta mehmonlar tomonidan minimum 7 balldan yuqori baholangan bo’lishi kerak.

Shaxsiy fikr

Turar joy profilida belgilangan tugmachani bosib qoldirilgan izohlarni o’qib chiqish foydadan holi bo’lmaydi.

5. Shunday qilib, yaxshi baho berilgan turar joylarni filterlaymiz

Chap tomonda turar joylarni xohishga qarab filterlab olsak bo’ladi: masalan, nonushta ichida, sohil bo’yida, hotel yoki apartment, bitta katta karavot yoki ikkita alohida va hokazo. Hozir biz 7 va undan yuqori balli joylarni qidirish uchun mos katakchani bosamiz.

6. Mana endi o’zimizga yoqqan turar joyni tanlasak bo’ladi

Men uchun birinchi eng arzon tanlov Qala shaharchasida joylashgan “Ta Rozina Farmhouse” uy hoteli. Narxi $194.

Lekin bu joy aeroportdan salkam 1.5 soatlik yo’l. U yerga borish uchun yo taksi yoki avtomobil ijaraga olishingiz kerak. Men esa airportga yaqin joyni afzal ko’raman.

Ikkinchi variant – Slima shaharchasida joylashgan “Corner Hostel”. Narxi $265. Kelishimdan 3 kun oldin bepul rezervatsiyani bepul bekor qilish mumkin. Bu istagan paytingiz rejangizni o’zgartirishingiz mumkin degani.

Men uchun eng muhimi, aeroportdan atigi 17 minutlik yo’l. Buning ustiga hostelga avtobusda yetib olsa ham bo’ladi.

7. Turar joyni rezervatsiya qilamiz

Mehmon sonini belgilab rezervatsia tugmasini bosamiz.

8. Va so’ralgan ma’lumotlarni to’ldiramiz.

9. Final qismida to’lov karta ma’lumotlarini to’ldiramiz va HAMMASI TAYYOR. Ba’zi turar joylarni rezervatsiya qilish uchun to’lov karta ma’lumotlari shart bo’lmasligi mumkin.

Agar rejalaringiz o’zgarsa yoki boshqa yaxshiroq variant topganingizda, avval qilgan rezervatsiyangizni bekor qilishni esingizdan chiqarmang. Rezervatsiyani belgilangan “bepul vaqt” o’tgandan keyin bekor qilish yoki bekor qilmasdan turar joyga umuman kelmaslik uchun Booking.com rezervatsiya pulini sizdan qisman yoki to’liq talab qilishi mumkin.

Comment here